Sport ishlari vazirligi


Tortib chiziqdan o ‘tkazish


Download 7.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/198
Sana20.07.2023
Hajmi7.97 Mb.
#1661247
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   198
Bog'liq
Milliy va harakatli oyinlar. Usmonxodjayev T.S.

5.8.2. Tortib chiziqdan o ‘tkazish
Oyinning tavsifi.
O'ynovchilar teng ikki komandaga bo'linadilar. 
Ikkala komandaga ham bo'yi va vazni jihatidan taxminan teng 
bo'lgan o'yinchilar kiritiladi. Maydon yoki zal o'rtasidan chiziq 
o'tkaziladi. Komandalar chiziqning ikki tomonidan bir-birlariga
yuzma-yuz saf tortib turadilar. Bo'yi va 
vazni jihati teng o'yinchilar bir-birining 
qarshisiga joylashtirilshi kerak. Har bir 
komanda-dan 4-5 qadam narida ochkolarni 
hisoblab boruvchilar turadi.
O'yin 
rahbarning 
signali 
bilan 
boshlanadi. 
Hap bir komanda boshqa 
komanda 
o'yinchilaridan 
ko'prog'ini 
chiziqdan o'z tomoniga tortib o'tkazishga 
harakat qiladi. Tortib o'tkazilgan o'yinchi 
o'zini 
tortib 
o'tkazgan 
komandaning 
hisobchisi oldiga kelib, kaftini uning kaftiga
165


tegizishi shart. Shundan keyingina u chiziqdan qaytib o‘tishi va 
yana o‘z komandasida o'ynash huquqiga ega bo'ladi. Hisobchilar 
tortib o ‘tkazilgan o‘yinchilarni sanab boradilar. Har bir tortib 
o'tkazilgan o'yinchi uchun komanda bitta ochko oladi. O'yinda 
ko‘proq ochko to‘plagan komanda yutgan hisoblanadi.
О ‘yinning qoidalari.
1. O'yinchini faqat qo‘lidan ushlab tortish 
mumkin. 2. Bittadan, juftlab, biryo‘la bir qancha o'yinchini tortib 
o'tkazish ham mumkin. 3. Ikkala oyog'i chiziqdan o'tkazilgan 
o'yinchigina tortib o ‘tkazilgan hisoblanadi. 4. O'yinchilarning 
kiyimidan, oyog'idan ushlab tortish taqiqlanadi.
Eslatma.
Bu o'yinni tanaflussiz bir daqiqagacha davom ettirish 
mumkin. Shuncha vaqt o'tgandan keyin qisqa tanaffus beriladi va 
o'yin yana bir marta takrorlanadi. Tirnog'i o'sgan bolalar o'yinga 
qatnashtirilmaydi.
O'yinning o'ziga xos harakatlari — qo'l bilan ushlab tortish.

Download 7.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling