Sport ishlari vazirligi
Download 7.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Milliy va harakatli oyinlar. Usmonxodjayev T.S.
4.1.3. 0 ‘yinga rahbarlik qilish
O'yinni o'rganish va o'yin paytida bolalar o'zlarini qanday tutishlari ko'proq rahbarga bog'liqdir. O'yin shartli ishora (buyurish, xushtak yoki qarsak chalish, qo'l yoki bayroqchani silkitish) bilan boshlanadi. O'qituvchi barcha ishtirokchilar o'yin mazmunini tushunib olganiga va qulayroq joyga joylashib olganiga qanoat hosil qilganidan keyin o'yinni boshlaydi. Shartli chegaralar oldindan belgilab qo'yilishi, o'yin uchun zarur anjomlar o'yin qoidalariga muvoflq bo'lib berilgan va joy-joyiga qo'yilgan bo'lishi lozim. Rahbar o'yin boshlanishi bilanoq uning borishini va o'ynovchilarning harakatlarini diqqat bilan kuzatadi hamda boshqarib boradi. Bundan tashqari o'yin davomida ayrim qoida va usullami qo'shimcha ravishda tushuntiradi. Tuzatish, tanbeh va muiohazalami o'yinning borishiga xalaqit bermaydigan yoki uni to'xtatib qo'ymaydigan yo'sinda aytish lozim. Agar o'yinchilarning ko'pchiligi bir xil xatoga yo'l qo'yayotgan bo'Isa, tegishli yo'l-yo'riq berish yoki o'yin qoidalari qanday bajarilishini ko'rsatish uchun o'yinni to'xtatish mumkin. Lekin uni baqirish yoki keskin ishora bilan to'xtatish yaramaydi. Katta maktab yoshidagi bolalami “Diqqat!” degan shartli ishora yoki hushtak chalish bilan to'xtashga o'rgatish lozim. O'qituvchi bolalarni o'yin qoidalarini ongli va aniq bajarishga odatlantirishi kerak. Bu odat ulami intizomga o'rgatishda katta ahamiyatga ega bo'lib, bolalarda o'z burchini sezish va o'z xatti- harakatlari uchun javobgarlik hissini tarbiyalash, o'zini tuta bilish va matonatlilikni o'stirishda yordam beradi. O'qituvchining vazifasi — o'quvchilardan o'yin qoidalarini aniq bajarishni talab qilishdir. Ammo u bolalar o'yinni yomon o'zlashtirayotgani uchun ularni o'yindan chetlashtirmasligi darkor. O'ynovchilar yo'l qo'yadigan xatolar va qo'polliklarning oldini olishga alohida ahamiyat bilan qarash lozim. Qo'pollik qilgan o'yinchini, albatta, jazolash kerak. Bunday hollarda ba’zi ta’sir ko'rsatish choralarini qo'llash, ya’ni vaqtincha o'yindan chiqarib yuborish, jarima ochkolari berish mumkin. О‘yinga rahbarlik qilishda o'quvchilarni faqat erishiladigan natijalarga qiziqtirish bilan cheklanmaslik, balki ularda o'yin jarayonining o'zidan zavq-shavq hosil qilishga, lazzatlanish hissini ] vujudga keltirishga ham jiddiy e’tibor berish lozim. ' Ayniqsa, uncha faollik ko'rsatmaydigan o'yinchilarning j tashabbusini qo‘llab-quwatlash, rag‘batlantirish va bu bilan ularda o ‘z kuchlariga ishonch hosil qilish tavsiya etiladi. O'ynovchilar o'rtasida o'rtoqlarcha, to'g'ri munosabat; o'rnatishga harakat qilish, g'oliblaming kekkayib ketishlari va( yutqazganlaming o'yindan sovishlariga yo‘l qo'ymaslik kerak. A S. Makarenkoning o'g'il yoki qiz bolani o'zining shaxsiy muvaffaqiyati bilangina emas, balki xususan o'z jamoasi yoki tashkilotining muvaffaqiyatlari bilan ham faxrlanish ruhida; tarbiyalash zarurligi haqida aytgan gaplarini hech qachon unutmaslik kerak. Shuningdek, bolalarda har qanday maqtanchoqlikni bartaraf etish, raqib kuchiga hurmat-e’tibomi tarbiyalash, ularga uyushqoqlik, mashq qilish va jamoada intizom bo'lishining ahamiyatini tushuntirish zarur. Nihoyat, bolalarning o'z muvaffaqiyatlari va mag'lubiyatlariga jiddiy munosabatda bo'lishiga erishish kerak. O'quvchilar o'yinni yaxshilab o'zlashtirib olishlari uchun uni bir necha marta qaytarish, bunda ular o'yindan qanchalik mamnun bo'lsalar, uni shunchalik puxta eslab qolishlarini unutmaslik kerak. Download 7.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling