Sport ishlari vazirligi
Download 7.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Milliy va harakatli oyinlar. Usmonxodjayev T.S.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.1.5. Hakamlik qilish
4.1.4. 0 ‘yindagi intizondilik
O'yindagi intizomlilik o'quvchi o'yinning barcha tartib-qoida- larini, o'z zimmasiga yuklangan hamma vazifalarni ongli va vijdonan bajarishini bildiradi. Bunday o'yinchi maqsadga erishish uchun o'z jamoasi bilan birgalikda harakat qiladi. Ongli intizom o'yinni yaxshiroq o'zlashtirishga, o'yinchilar kayfiyatining yaxshilanishiga yordam beradi. Buning natijasida mashg'ulotlar qiziqarli va samarali o'tadi. O'quvchilarni o'yinda o'z xatti-harakatlariga tanqidiy munosabatda bo'lish, bir-birlariga beg'araz yordam berish ruhida tarbiyalash bilan ana shunday intizomga erishish mumkin. Ba’zan o'qituvchi o'yinni mantiqan to'g'ri va aniq tushuntirib bera olmagani sababli, o'yin intizomi buziladi. O'quvchilar o'yin mazmunini yetarli darajada anglab olmagani, tushunmagani uchun ham qoidalarni buzadilar, o'zaro bahslashadilar. O'yinda har xil xatoliklarga yo ‘1 qo'yadilar va bir-birlariga qo'pollik qiladilar. 92 Rahbar bu xatolami o‘quvchilarga yana bir marta o'yinni tushuntirish bilan osongina tuzatishi mumkin. Bolalarning o ‘yin paytidagi intizomi o'yinga to'g'ri rahbarlik qilishga ham bog'liq bo'ladi. Shuning uchun intizom buzilganda o'qituvchi buning sababini birinchi galda o'yinga rahbarlik qilishda yo'l qo'yilgan xatolardan qidirishi lozim. 4.1.5. Hakamlik qilish Har bir o'yin obyektiv va odilona hakamlikni talab qiladi. Agar belgilangan qoidalarning bajarilishini diqqat bilan jiddiy kuzatilmasa, o'yin | o'zining ta’lim-tarbiyaviy qimmatini yo'qotadi. Hakamlikni ko'piricha, o'yin rahbarining o'zi bajaradi. Ammo bu ishni o'ynovchilardan birortasi (bolalarning o'zlari saylagan yoki o'qituvchi tayinlagan o'quvchi) bajargani ma’qulroq. Bu tadbir bola larda tashkilotchilik malakalarini tarbiyalashda yordam beradi. Agar o'yinda bolalardan birortasi hakamlik qilsa, rahbar o'zining fikr- mulohazalarini o'ynovchilarga hakamlik vazifasini bajarayotgan o'quvchi orqali aytadi. Rahbar — hakam o'yinning borishini diqqat bilan kuzatishi va imkoni boricha har bir o'yinchini nazorat qilib turishi lozim. Faqat shundagina o'yinning natijasiga obyektiv baho berish mumkin. Shuni unutmaslik kerakki, xolis turmagan hakamga o'ynovchilar ishonmay, u bilan hisoblashmay qo'yadilar. Bunday hakamning obro'si qolmaydi. Rahbar — hakam jamoalarning kuchi va ulardagi o'yinchilar soni teng bo'lishini, shuningdek, ishtirokchilar uchun bir xil sharoit yaratilishini, ya’ni ular o'ynaladigan joy, asbob-uskunalar va boshqalar bilan bir xil ta’minlanishini hisobga olishi lozim. Hakam o'yinda qo'polliklarga yo'l qo'ymasligi, o'yin usullarining to'g'ri bajarilishini kuzatib turishi, o'yindagi harakatlami takomillashtirishga va chaqqonlikni orttirishga e’tibor berishi kerak. Hakam o'yin jarayonida tarbiyachi rolini ham bajarishi, bolalarga kelgusida zarur bo'ladigan xislatlar va malakalami shakllantirishi hamda mustahkamlashi kerak. Download 7.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling