Sport ishlari vazirligi


О ‘yin harakatlarini m e’yorlash


Download 7.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/198
Sana20.07.2023
Hajmi7.97 Mb.
#1661247
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   198
Bog'liq
Milliy va harakatli oyinlar. Usmonxodjayev T.S.

4.1.6. О ‘yin harakatlarini m e’yorlash
O'yinda bajariladigan harakatlami to'g'ri me’yorlash o'qituv- 
chining muhim vazifasidir. O'yinni o'tkazishga kirishishdan oldin 
qilinadigan ishning rejasi va o'ynovchilaming kayfiyatini hisobgn
93


olish lozim. Agar o‘yin jismoniy yoki aqliy kuch sarflangan, 
darslardan 
(nazorat 
ishini 
yozish 
yoki 
shu 
kabi 
boshqa 
I 
mashg'ulotlardan) keyin o'tkaziladigan bo‘lsa, o'ynovchilar kamroq 
yoki o'rtacha shiddatga ega o'yinlarni tanlashi kerak.
Mashg'ulot 
paytida 
o'yinlarning 
tezligi 
— 
umumiy 
harakatchanligini hisobga olib, ularni o'zaro navbatlashtirib turish 
lozim. Masalan, hamma ishtirokchilar bir vaqtda yuguradigan 
o'yindan keyin to'p irg'itiladigan o'yinni o'tkazish foydalidir.
O'yin sur’atini pasaytirish, ya’ni o'yindagi harakat tezligini 
kamaytirish o'yindagi harakatlami muayyan me’yorda olib borish 
o'yinni boshqarish usullaridan biri hisoblanadi. O'yinda bolalar 
jismoniy mashqlarni bajarishda qattiq hayajonlanib ketadilar. 
Shunitig uchun o'qituvchi ularning kayfiyatiga qarab ish tutmasligi: 
o'quvchilaming yosh xususiyatlarini, tayyorgarligi va salomatligini 
ham hisobga olishi shart. O'qituvchi onaboshilarning holati va 
harakatlarini alohida kuzatib borishi, shifokoming har bir o'quvchi 
haqidagi ma’lumotlarini ham unutmasligi lozim. Qilinadigan 
harakatlaming muayyan me’yori o'yin o'tkaziladigan sharoitlami 
hisobga olib, uni o'tkazish metodikasi bilan belgilanadi.
4.1.7. 0 ‘yin natijalariniyakunlash
O'yinni besabab cho'zib yuborish mumkin emasligi kabi uni 
belgilangan vaqtdan oldin tamomlash maqsadga muvofiq bo'lmaydi. 
Rahbar o'yinni bolalar bir necha marta takrorlagach yoki o'yin 
boshlanganidan ma’lum vaqt o'tgachgina to'xtatishi mumkin.
0
‘yin natijalarini yakunlash katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. 
O'qituvchi o'yin tugagach ayrim o'quvchilaming harakatlarini va 
umuman o'tkazilgan o'yinni baholab, uning natijalarini yakunlaydi. 
Bunda yaxshi o'ynagan va o'yin qoidalariga rioya qilgan bolalarni 
alohida ta’kidlash zarur. O'yinni tahlil qilish uning qoidalarini 
yaxshiroq o'zlashtirishga va o'yin jarayonidagi kelishmovchiliklarni 
bartaraf qilishga yordam beradi, shuningdek, o'qituvchiga bolalar 
o'yinni qanday o'zlashtirganini, ularga nimalar ma’qul bo'lganini va 
kelgusidagi ishlarni aniqlash imkonini beradi.
Harakatli o'yinlar uchun kundalik ish daftarchasi tutish 
foydalidir. 
O'qituvchi 
bu 
daftarchaga 
o'yinlarni 
kuzatishda 
o'yinchilar haqidagi ma’lumotlami yozib boradi va shu yozuvlar 
orqali ularning xatolari va muvaffaqiyatlarini tahlil qiladi. Bu ish 
o'yinlarga o'rgatish metodikasini yaxshilash va uni sharoitlarga 
qarab o'zgartirish imkonini beradi.

Download 7.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling