Sport ishlari vazirligi
b. 88 4.1. 0 ‘qituvchining o'yinga tayyorlanisbi
Download 7.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Milliy va harakatli oyinlar. Usmonxodjayev T.S.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.1.1. 0 ‘yinni o ‘tkazish shart-sharoitlari
66
b. 88 4.1. 0 ‘qituvchining o'yinga tayyorlanisbi O'yinni tanlash. Yaxshi tanlangan o'yin ta ’lim va tarbiya mu- vaffaqiyatining muhim shartidir. O'qituvchi o'yinni o'tkazishga tayyorlanishda o'yinga qatnashuvchilarniiig tarkibini, yosh xususi- yatlarini, shuningdek, jismoniy tayyorgarlijgini hisobga olib, darsning asosiy vazifalarini belgilashi zarur. Ba’zah yaxshi o'yin tanlansada, lekin u yomon o'tishi mumkin. Bunday hollar tanlangan o'yin ishtirokchilarining qiziqishi va havaslariga mos kelmasligi natijasida ro'y beradi va tarbiyaviy vazifalar amalga oshmaydi. O'qituvchi o'yinni tanlashda mashg'ulot qanday shaklda o'tkazilishini (dars tarzida o'tkazilsa, o'yin uning birinchi, ikkinchi yoki yakunlovchi qismida o'tkaziladi) bilishi kerak. O'yin o'tkaziladigan joy (sport zali yoki maydoncha, koridor va h.k.), ob- havo va harorat hisobga olinishi kerak. Agar o'yin qishda o'tkaziladigan bo'lsa, o'quvchilarni faollashtiradigan va jismoniy yuklamalarni bir tekisda taqsimlaydigan serharakatroq o'yinlar tanlanishi kerak. 4.1.1. 0 ‘yinni o ‘tkazish shart-sharoitlari 1. Awalo, kerakli asbob-uskunalar, masalan, arqondan, jundan, lentadan, rezinadan yasalgan koptokchalar (rezina koptokchalar yuqori haroratda tarangligini yo'qotmasligi uchun salqin joyda saqlanadi), voleybol va basketbol to'plari, irg'itish uchun uzunligi 1 m tayoqlar, arqon, belbog'lar, bayroqchalar, taxtachalar, bolg'a, aptechka va boshqalar, ko'z og'rig'i kasalidan saqlanish uchun har bir o'quvchining ko'z boylagichi bo'lishi kerak. 2. O'yin o'tkaziladigan maydoncha, yaylov tekis bo'lishi, tikan, toshlar, shisha siniqlari va boshqa keraksiz narsalardan tozalanib, toza tutilishi lozim. 3. Mashg'ulot o'tkazilayotgan paytda maydonchada begona kishilar bo'lmasligi kerak. Chunki ular bolalarning xayolini bo'ladi va ularni o'yindan chalg'itib, ortiqcha harakatlar bo'lishiga majbur etadi. IV bob. O'YIN RAHBARIGA QO'YILADJGAN TALABLAR 89 4. Maydonchani asbob-uskunalar bilan ta ’minlash, bundan tashqari u yerdagi tabiiy buyum va narsalardan ham foydalanish zarur. 5. 0 ‘yinlarni o‘tkazishda quyidagi gigiyena qoidalariga rioya qilinishi lozim: a) o'yin paytida kiyiladigan kiyim harakatlami qiyinlashtirmay- digan, yengil bo'lishi kerak; b) yozda o'yindan so‘ng yuvinish joyi bo'lish, o'yin boshla- nishidan oldin maydonchaga suv sepilishi lozim. 6 . O'yinlar suvda o'tkazilsa, o'ynovchilar shamollab qolmasligi uchun ulaming suvda bo'ladigan vaqti chegaralanishi kerak. j Download 7.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling