Sport ishlari vazirligi
Sharq allomalari xalq o‘yiniari haqida
Download 7.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Milliy va harakatli oyinlar. Usmonxodjayev T.S.
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAHMUD QOSHG‘ARIY
1.2. Sharq allomalari xalq o‘yiniari haqida
O'zbek xalq o'yinlarining paydo bo'lishi va taraqqiyotini o'rganishda sharqning buyuk mutafakkirlari Abu Ali ibn Sino, Mahmud Qoshg'ariy, Kaykovus, Umar Xayyom, Amir Temur, Alisher Navoiy, Husayn Voiz Koshifiy, Zayniddin Mahmud Vosifiy va boshqa tabarruk zotlar qoldirgan moddiy va ma’naviy meroslarni tadqiq qilish, ularni jismoniy, madaniy nazariyasi hamda amaliyotga tatbiq etish o'z yechimini kutayotgan dolzarb muammodir. Ushbu bobda taniqli allomalarimizning kelgusi avlodlar uchun fan va madaniyat sohasida ibrat boladigan ma’rifiy saboqlari haqida muxtasar hikoya qilamiz. MAHMUD QOSHG‘ARIY Ma’lumki, har bir xalqning ulug' farzandlari o'z xalqining urf- odatlarini, yashash tamoyillarini, tarixini puxta o'rganib, kelajak istiqbollarini ham ko'ra bilganlar. O'zbek xalq o'yinlari tarixida birinchi marta milliy o'yin namunalarining bayon etilishi, ulaming ta’rifi-tavsifi qomusiy allomalardan biri Mahmud Qoshg'ariy qalamiga mansubdir. U 12Н.ХЛзизов. "БелбоглиТуркистонкураши". Тошкент, Укитувчи, 1998, 7-8 бетлар ; 24 bundan 1000 yil burun, 6 yil mobaynida Turkistondan Termizgacha, Xazar va Orol sohillaridan Tangritog‘ etaklarigacha bo'lgan hududda yashagan turkman, o‘g‘iz, chigil, yag'mo, qirg'iz va boshqa turkiyzabon xalqlaming tarixi, o'lkalar jug'rofiyasi, urug‘, qabila, clatlarning til xususiyatlari, yozma va og'zaki adabiyoti, ko'chmanchi tuyakashlar, yilqichilar, cho'ponlar, o'troq dehqonlar, bog'bon va kosiblaming tirikchilik usullari, so‘z talaffuzlari va turli so‘z atamalarini teran o'rganib, ,,Devon-u-lug‘atit turk“, ya’ni „Turkiy so‘zlar devoni“ni tuzib chiqdi. O'z xalqi, vatanini sevgan, uning tili va madaniy-ma’naviy boyliklarini qadrlagan Mahmud Qoshg‘ariy turli qabila-urug'laming bayramlari, tantanalari, urf- odatlari, rasm-rusumlari, kundalik mashg'ulotlari, qo'shiq va o'yinlari, diniy e’tiqodlari bilan astoydil qiziqib, bu benazir qadriyatlarning barchasini kelajak avlodlarga qimmatli meros sifatida yozib qoldirdi. Devonda 150 ga yaqin xalq o'yinlari tilga olinib, shulardan 20 taga yaqin o'yin turiga batafsil ta’rif berilgan. Olim kattalar va bolalarning yosh jihatlariga nisbatan mos bo'lgan o'yin turlariga alohida to'xtalib, musobaqa turlarini bayon qiladi. U o'yinlami diqqat bilan o'rganib, ham jismoniy, ham aqliy mashg'ulotlarga ajratgan. Shundan bilsa bo'ladiki, hozirgi zamonaviy sport o'yinlarining juda ko'pchiligi o'sha davrlardayoq, ya’ni XI asrda ham mavjud bo'lgan ekan. Hozirgi paytda biz „Sport musobaqalari" deb ishlatib yurgan ibora Mahmud Qoshg'ariy devonida ,,bahs“ atamasi bilan berilgan. Bunday ,,bahs“laming turlari ko'p bo'lganligi ham bayon qilingan. Masalan, mexganlikda bahs qilmoq, o'q-yoy otib, qush va hayvonlami ovlamoq, shuningdek, arqon, taxtali sopqonlarda tosh otmoq, balandga ilib qo'yilgan qovoqni mo'ljalga olib otmoq bahsi. Bu „Oltin qovoq" o'yini deb atalgan. Devonda bunday bahslarning qoida va shartlari, usullari, g'oliblarga beriladigan sovrinlar, zaruriy asbob-anjomlar, maxsus atamalar batafsil bayon etilgan. Ma’lumki, chavgon — O'rta Osiyo xalqlarining juda qadimgi hamda sevimli ot sporti o'yinlaridan biri hisoblanadi. Chim ustida xokkey o'yini qadimda yigitlar ot ustida uzun, uchi egri, yapaloq „klushka" bilan o'ynalgan o'yinning hozirgi ko'rinishidir. Mahmud Qoshg'ariy chavgon o'yinining o'ziga xos qoidalari, maydonning o'lchami va chegarasi ta’rifi, darvozalar, koptokning o'lchami, katta-kichikligi, nimadan tayyorlanishi va boshqa xususiyatlarini to'liq bayon qilib beradi. Shuning o'zi ham, chavgon o'yini yigitlaming balog'at yoshiga yetib, otda yurganda 25 o'zini bemalol his qilib, tuta bilish, uning ustida chaqqonlik va bilak kuchi bilan xilma-xil harakatlar qilishga tayyorlaydigan milliy sport turi ekanligini ko'rsatib turibdi. Ayniqsa, chavgon o'yini el-yurt mudofaasida zaruriy jismoniy mashqlardan biri bo‘lganligi uchun ham, o'yin g'olibiga beriladigan sovrinlarning darajasiga alohida to ‘xtalib o ‘tadi. Shuningdek, devonda o‘sha davrda otda poyga chopish, quvlashish, tez yo‘rtib yurish, toqqa chiqish, pastlikka tushish kabi ,,bahs“lar bayoni ham keltirilgan. Suvda o‘tkaziladigan musobaqalar ham alohida diqqatga sazovordir. Suv mashqlaridan biri bo'lgan g'owoslik juda qadimiy kasblardan biri bo'lib, devonda suv bahslarining ikki turi uchraydi: birinchisi — suvda cho'milish, sho‘ng‘ish, suvdan suzib o'tish, suv kechish, suvda quvlashmoq, suvga biron narsani, masalan, suvda cho‘kmaydigan yog'och, biror ashyoni tashlamoq; ikkinchisi — ermak, ko'ngil ochish mashg'ulotlari ma’nosidagi o'yinlardir. Bular: suv yoki sut simirmoq, suv ustida yalpoq toshni kim o'zarga otmoq, ya’ni bahslashmoq. Hozirgi paytda bolalar buni „qaymoq" o'yini deb o'ynashadi. O'yinda toshning suvga necha marta tegib sakrab „qaymoq" hosil qilishini e’tiborga olinadi va kim ko'p „qaymoq" hosil qilsa, o'sha g'olib sanaladi. Devonda bolalar o'yinlarining turi ko'p uchraydi. Ularning ba’zilari yo'l-yo'lakay sanab o'tilgan bo'lsa, ba’zi-bir o'yinlar tafsiloti bilan keltirilgan. Masalan: bolalarning qorong'ida kelib „kurgon" olishlari — „Ko'ragumi" deyilsa, bir to'daning ikkinchi to'dani chaqqonlik bilan asir olishlari „Bandol" deb atalgan. Shuningdek, „Jangli-mangli" degan o'yin turi ham bor. Oshiq o'yini, to'p o'yini, cho'pon bolalar o'yinlari, chillak o'yinlari, qizlarning arg'imchoq o'yinlari ham birma-bir sanab o'tilgan. O'sha davrdagi ko'pgina o'yinlar bolalarning hozirgi davrdagi o'yinlarini eslatadi. Masalan, ,,0'tish-o‘tish" deb atalgan o'yin „Kesak kuydi", „Darra soldi”, „Musht ketdi" o'yinlariga o'xshab ketadi. Amudaryo va Sirdaryo sohillarida, Orol etaklarida, shuningdek, yaqin joylardagi soylar, anhorlar, hovuzlar va ko'l bo'ylarida bolalarning „Muguzmuguz" nomli qadimiy o'yini o'ynalgan. Devonda „Oqsuyak" o'yini misol tariqasida keltiriladi. Alisher Navoiy ham o'zining „Mahbub ul-qulub“ asarida „Oqsuyak" o'yinining ta’rifini beradi. Mahmud Qoshg'ariy devoni XI asrda bitilgan bo'lsa, Alisher Navoiyning „Mahbub ul-qulub“ asari XV asrda yozilgan. Hozirgi paytda ham bolalar „Oqsuyak" o'yinini xuddi o'sha qoida asosida o'ynaydilar. 26 „Oqsuyak" o ‘yini nafaqat O'rta Osiyoda, balki yer kurrasining ko'p joylarida keng tarqalgan. Bu o'yinni Yevropaning Skandinaviya mamlakatlari xalqlari etnografiyasiga oid adabiyotlarda o'qish mumkin. Hattoki, ushbu o'yin Avstraliyada ham uchraydi. Aslida, xalq o'yinlari hech qachon chegara bilmaydi. Aksincha, o'yinlar xalqlar, elatlar orasidagi o'zaro do'stlik, qon-qardoshlik rishtalarini mustahkamlash uchun xizmat qiladi. Download 7.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling