Sport ishlari vazirligi


Download 7.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/198
Sana18.11.2023
Hajmi7.97 Mb.
#1783699
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   198
Bog'liq
Milliy va harakatli oyinlar. Usmonxodjayev T.S.

4.1.2. Yordamchilar tayinlash
O'qituvchi asbob-uskunalami tarqatish va o'igatish, o'yin 
qoidalarining bajarilishini kuzatish va natijalami hisobga olib borish 
uchun o'ziga yordamchilar tanlab olishi mumkin. Yordamchi — 
o'yinning bo'lajak tashkilotchisidir. Yordamchi o'yin ishtirokchilariga 
xolisona munosabatda bo'lishi kerak. Keng joylarda o'ynaladigan 
o'yinlarni o'tkazishda shu o'yinlar bo'yicha tajriba orttirgan 
o'quvchilaming o'qituvchiga yordamchi bo'lishi maqsadga muvofiqdir. 
Sog'ligi yaxshi bo'lmagan va jismoniy tarbiya darsidan ozod etiladigan 
o'quvcMami o'yinda kuchi yetgancha qatnashtirish uchun ham 
yordamchi qiHb tayinlash mumkin. Ba’zan intizomsizroq yoki haddan 
tashqari faol bolalarning xulqini yaxshilash maqsadida ularni ham 
o'qituvchiga yordamchi qilib olish mumkin.
O'yinni bolalar charchashini kutmasdan, harakatlar ularga qan­
chalik ta’sir etayotganiga qarab yakunlash lozim. O'yinning qancha 
vaqt davom etishi ishtirokchilarning soni va yoshiga, o'yinning 
mazmuni va sur’atiga, texnik uskunalaming (asboblaming) miqdori, 
ob-havo sharoiti va hokazolarga bog'liq bo'ladi.
O'ynovchilaming jo'shqin holatlariga qarab o'yinni tartibga 
solish va boshqarish, uning maqsadi, qoidalari va ahamiyatini bilish 
kerak. O'quvchilaming o'yin qoidalariga rioya qilishi doimo 
o'qituvchining diqqat markazida bo'lishi lozim. Chunki o'yin 
qoidalariga rioya qilish katta tarbiyaviy ahamiyatga molikdir. 
O'qituvchi 
odilona 
hakamlik 
namunasini 
ko'rsatishi, 
o'ynovchilaming xatolarini shoshilmasdan va mulohazakorlik bilan 
qayd qilib borishi va har bir o'yinchini umumiy qoidalarga 
bo'ysunishiga majbur qilishi kerak. O'yinda, ayniqsa, guruhli 
o'yinlarda, sharoitni barcha ishtirokchilar uchun bir xil bo'lishini
90


sezgirlik bilan kuzatib borish zarur. Har bir bolaga o'yindagi bosh 
rolda o‘z o ‘quvi va bilimlarini aniqlash imkonini berish maqsadida 
onaboshilarning almashinuvini belgilab qo'yish tavsiya etiladi. O'yin 
muvaffaqiyatli o'tishining eng muhim sharti — intizom va unga 
qat’iy amal qilinishi bilan bog'liqdir.

Download 7.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling