Sport ishlari vazirligi


Download 7.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/198
Sana18.11.2023
Hajmi7.97 Mb.
#1783699
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   198
Bog'liq
Milliy va harakatli oyinlar. Usmonxodjayev T.S.

4.1.4. 0 ‘yindagi intizondilik
O'yindagi intizomlilik o'quvchi o'yinning barcha tartib-qoida- 
larini, o'z zimmasiga yuklangan hamma vazifalarni ongli va 
vijdonan bajarishini bildiradi. Bunday o'yinchi maqsadga erishish 
uchun o'z jamoasi bilan birgalikda harakat qiladi. Ongli intizom 
o'yinni 
yaxshiroq 
o'zlashtirishga, 
o'yinchilar 
kayfiyatining 
yaxshilanishiga yordam beradi. Buning natijasida mashg'ulotlar 
qiziqarli va samarali o'tadi.
O'quvchilarni 
o'yinda 
o'z 
xatti-harakatlariga 
tanqidiy 
munosabatda bo'lish, bir-birlariga beg'araz yordam berish ruhida 
tarbiyalash bilan ana shunday intizomga erishish mumkin. Ba’zan 
o'qituvchi o'yinni mantiqan to'g'ri va aniq tushuntirib bera 
olmagani sababli, o'yin intizomi buziladi. O'quvchilar o'yin 
mazmunini yetarli darajada anglab olmagani, tushunmagani uchun 
ham qoidalarni buzadilar, o'zaro bahslashadilar. O'yinda har xil 
xatoliklarga yo
‘1
qo'yadilar va bir-birlariga qo'pollik qiladilar.
92


Rahbar bu xatolami o‘quvchilarga yana bir marta o'yinni 
tushuntirish bilan osongina tuzatishi mumkin.
Bolalarning o ‘yin paytidagi intizomi o'yinga to'g'ri rahbarlik 
qilishga ham bog'liq bo'ladi. Shuning uchun intizom buzilganda 
o'qituvchi buning sababini birinchi galda o'yinga rahbarlik qilishda 
yo'l qo'yilgan xatolardan qidirishi lozim.
4.1.5. Hakamlik qilish
Har bir o'yin obyektiv va odilona hakamlikni talab qiladi. Agar 
belgilangan qoidalarning bajarilishini diqqat bilan jiddiy kuzatilmasa, 
o'yin | o'zining ta’lim-tarbiyaviy qimmatini yo'qotadi. Hakamlikni 
ko'piricha, o'yin rahbarining o'zi bajaradi. Ammo bu ishni 
o'ynovchilardan 
birortasi 
(bolalarning 
o'zlari 
saylagan yoki 
o'qituvchi tayinlagan o'quvchi) bajargani ma’qulroq. Bu tadbir bola­
larda tashkilotchilik malakalarini tarbiyalashda yordam beradi. Agar 
o'yinda bolalardan birortasi hakamlik qilsa, rahbar o'zining fikr- 
mulohazalarini o'ynovchilarga hakamlik vazifasini bajarayotgan 
o'quvchi orqali aytadi.
Rahbar — hakam o'yinning borishini diqqat bilan kuzatishi va 
imkoni boricha har bir o'yinchini nazorat qilib turishi lozim. Faqat 
shundagina o'yinning natijasiga obyektiv baho berish mumkin. 
Shuni unutmaslik kerakki, xolis turmagan hakamga o'ynovchilar 
ishonmay, u bilan hisoblashmay qo'yadilar. Bunday hakamning 
obro'si qolmaydi.
Rahbar — hakam jamoalarning kuchi va ulardagi o'yinchilar 
soni teng bo'lishini, shuningdek, ishtirokchilar uchun bir xil sharoit 
yaratilishini, ya’ni ular o'ynaladigan joy, asbob-uskunalar va 
boshqalar bilan bir xil ta’minlanishini hisobga olishi lozim.
Hakam 
o'yinda 
qo'polliklarga 
yo'l 
qo'ymasligi, 
o'yin 
usullarining 
to'g'ri 
bajarilishini 
kuzatib 
turishi, 
o'yindagi 
harakatlami takomillashtirishga va chaqqonlikni orttirishga e’tibor 
berishi kerak. Hakam o'yin jarayonida tarbiyachi rolini ham 
bajarishi, 
bolalarga kelgusida zarur bo'ladigan xislatlar va 
malakalami shakllantirishi hamda mustahkamlashi kerak.

Download 7.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling