Sport ishlari vazirligi


4.2. Darsdan tashqari vaqtda o'tkaziladigan harakatli o'yinlar


Download 7.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/198
Sana18.11.2023
Hajmi7.97 Mb.
#1783699
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   198
Bog'liq
Milliy va harakatli oyinlar. Usmonxodjayev T.S.

94


4.2. Darsdan tashqari vaqtda o'tkaziladigan harakatli o'yinlar
4.2.1. Tanaffus vaqtlarida о ‘tkazttadigan o ‘yinlar
Tanaffus vaqtlarida o'yinlar o'tkazish tarbiyaviy va gigiyenik 
jihatdan katta ahamiyatga ega.
O'quvchilar yozda maktab maydonchasida, qishda esa sport zali 
va koridorlarda o'ynashni yaxshi ko'radilar. Tanaffus vaqtlarida 
ko'pincha boshlang'ich sinf o'quvchilarinint o'zlari har xil o'yinlami 
o'tkazadilar. Ana shunday paytlarda yetakchilar yoki yuqori sinf 
o'quvchilari ularga yordam fcjerishlari kerak.
Agar o'tkaziladigan o'yin bolalarga tanish bo'Isa, tanaffus 
paytida yanada qiziqarliroq o'tadi. Lekin bu o'yinlaming mazmuni 
va qoidalari juda murakkab bo'lmasliga bilan birga turli yoshdagi 
o'quvchilarning qo'lidan keladigan bo'lishi kerak. O'quvchilar o'yin 
jarayonida o'zlarini erkin tutishlari, ortiqcha kuch sarflamasliklari va 
hayajonlanmasliklari lozim. Masalan, kichik maktab yoshidagi 
o'quvchilarga “Pat”, “Pr-r-r...”, “Mushuk va sichqon”, “Bo'sh joy” 
singari o'yinlar, V-VII va VIII-IX sinf o'quvchilariga esa “Aylanma 
darra”, “Tegizsang-minasan” kabi o'yinlar juda mosdir.
Tanaffuslardagi o'yinlarni dars boshlanishiga 2-3 daqiqa 
qolganda tamomlash kerak. Ana shunda o'quv mashg'uloti 
boshlanishidan oldin bolalarning diqqati bir yerga to'planadi.
4.2.2. Maktab kechalari va bayramlarda о ‘tkazttadigan o ‘yinlar
Maktab sport kechalari va bayramlari o'quvchilarda sog'lom va 
quvnoqlik kayfiyatini yaratishning eng ta’sirli omilidir. Maktabdagi 
bunday tadbirlarga kiritiladigan o'yinlar faol dam olish vositasigina 
emas, balki maktab jamoasining jismoniy tarbiya sohasidagi barcha 
ishlarini yakunlovchi ko'rsatkichi hamdir. Bundan tashqari, turli 
o'yinlar va sportchilarning chiqishlari o'quvchilarni jismoniy tarbiya 
va sport mashg'ulotlariga yanada ko'proq qiziqtiradi.
Kecha va bayramlami samarali o'tkazishga puxta tayyorlanish — 
o'yin o'tkaziladigan joyni, asbob-uskunalar va turli anjomlami 
tayyorlab qo'yish lozim.
Bunday marosimlarda ko'proq o'quvchilar ishtirok etishini ham 
hisobga olish kerak. Shuning uchun “Oq terakmi, ko'k terak”, 
“Pat”, “Pr-r-r...”, “Aylanma darra”, “Musiqa jo'rligida yurish” 
singari ommaviy o'yinlarni musiqa sadolari ostida o'tkazish, ya’ni 
musiqa yordamida o'yinni yanada jonlantirish va ta’sirchanroq


qilishga erishish lozim. “Lentani tort”, “O'rtaga tort”, “Kim kuchli 
va chaqqon" kabi o ‘yinlar orqali yuqori sinf о‘quvchilarming 
yakkama-yakka bellashuvlarini epchillik va tez yugurish bo'yicha 
musobaqalarini uyushtirish mumkin.

Download 7.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling