Sport ishlari vazirligi
О ‘yin harakatlarini m e’yorlash
Download 7.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Milliy va harakatli oyinlar. Usmonxodjayev T.S.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.1.7. 0 ‘yin natijalariniyakunlash
4.1.6. О ‘yin harakatlarini m e’yorlash
O'yinda bajariladigan harakatlami to'g'ri me’yorlash o'qituv- chining muhim vazifasidir. O'yinni o'tkazishga kirishishdan oldin qilinadigan ishning rejasi va o'ynovchilaming kayfiyatini hisobgn 93 olish lozim. Agar o‘yin jismoniy yoki aqliy kuch sarflangan, darslardan (nazorat ishini yozish yoki shu kabi boshqa I mashg'ulotlardan) keyin o'tkaziladigan bo‘lsa, o'ynovchilar kamroq yoki o'rtacha shiddatga ega o'yinlarni tanlashi kerak. Mashg'ulot paytida o'yinlarning tezligi — umumiy harakatchanligini hisobga olib, ularni o'zaro navbatlashtirib turish lozim. Masalan, hamma ishtirokchilar bir vaqtda yuguradigan o'yindan keyin to'p irg'itiladigan o'yinni o'tkazish foydalidir. O'yin sur’atini pasaytirish, ya’ni o'yindagi harakat tezligini kamaytirish o'yindagi harakatlami muayyan me’yorda olib borish o'yinni boshqarish usullaridan biri hisoblanadi. O'yinda bolalar jismoniy mashqlarni bajarishda qattiq hayajonlanib ketadilar. Shunitig uchun o'qituvchi ularning kayfiyatiga qarab ish tutmasligi: o'quvchilaming yosh xususiyatlarini, tayyorgarligi va salomatligini ham hisobga olishi shart. O'qituvchi onaboshilarning holati va harakatlarini alohida kuzatib borishi, shifokoming har bir o'quvchi haqidagi ma’lumotlarini ham unutmasligi lozim. Qilinadigan harakatlaming muayyan me’yori o'yin o'tkaziladigan sharoitlami hisobga olib, uni o'tkazish metodikasi bilan belgilanadi. 4.1.7. 0 ‘yin natijalariniyakunlash O'yinni besabab cho'zib yuborish mumkin emasligi kabi uni belgilangan vaqtdan oldin tamomlash maqsadga muvofiq bo'lmaydi. Rahbar o'yinni bolalar bir necha marta takrorlagach yoki o'yin boshlanganidan ma’lum vaqt o'tgachgina to'xtatishi mumkin. 0 ‘yin natijalarini yakunlash katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. O'qituvchi o'yin tugagach ayrim o'quvchilaming harakatlarini va umuman o'tkazilgan o'yinni baholab, uning natijalarini yakunlaydi. Bunda yaxshi o'ynagan va o'yin qoidalariga rioya qilgan bolalarni alohida ta’kidlash zarur. O'yinni tahlil qilish uning qoidalarini yaxshiroq o'zlashtirishga va o'yin jarayonidagi kelishmovchiliklarni bartaraf qilishga yordam beradi, shuningdek, o'qituvchiga bolalar o'yinni qanday o'zlashtirganini, ularga nimalar ma’qul bo'lganini va kelgusidagi ishlarni aniqlash imkonini beradi. Harakatli o'yinlar uchun kundalik ish daftarchasi tutish foydalidir. O'qituvchi bu daftarchaga o'yinlarni kuzatishda o'yinchilar haqidagi ma’lumotlami yozib boradi va shu yozuvlar orqali ularning xatolari va muvaffaqiyatlarini tahlil qiladi. Bu ish o'yinlarga o'rgatish metodikasini yaxshilash va uni sharoitlarga qarab o'zgartirish imkonini beradi. Download 7.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling