Sport ishlari vazirligi


Download 7.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/198
Sana18.11.2023
Hajmi7.97 Mb.
#1783699
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   198
Bog'liq
Milliy va harakatli oyinlar. Usmonxodjayev T.S.

4.1.3. 0 ‘yinga rahbarlik qilish
O'yinni o'rganish va o'yin paytida bolalar o'zlarini qanday 
tutishlari ko'proq rahbarga bog'liqdir. O'yin shartli ishora (buyurish, 
xushtak yoki qarsak chalish, qo'l yoki bayroqchani silkitish) bilan 
boshlanadi. O'qituvchi barcha ishtirokchilar o'yin mazmunini 
tushunib olganiga va qulayroq joyga joylashib olganiga qanoat hosil 
qilganidan keyin o'yinni boshlaydi. Shartli chegaralar oldindan 
belgilab qo'yilishi, o'yin uchun zarur anjomlar o'yin qoidalariga 
muvoflq bo'lib berilgan va joy-joyiga qo'yilgan bo'lishi lozim. 
Rahbar 
o'yin 
boshlanishi 
bilanoq 
uning 
borishini 
va 
o'ynovchilarning harakatlarini diqqat bilan kuzatadi hamda 
boshqarib boradi. Bundan tashqari o'yin davomida ayrim qoida va 
usullami qo'shimcha ravishda tushuntiradi. Tuzatish, tanbeh va 
muiohazalami o'yinning borishiga xalaqit bermaydigan yoki uni 
to'xtatib qo'ymaydigan yo'sinda aytish lozim. Agar o'yinchilarning 
ko'pchiligi bir xil xatoga yo'l qo'yayotgan bo'Isa, tegishli yo'l-yo'riq 
berish yoki o'yin qoidalari qanday bajarilishini ko'rsatish uchun 
o'yinni to'xtatish mumkin. Lekin uni baqirish yoki keskin ishora 
bilan to'xtatish yaramaydi. Katta maktab yoshidagi bolalami 
“Diqqat!” degan shartli ishora yoki hushtak chalish bilan to'xtashga 
o'rgatish lozim.
O'qituvchi bolalarni o'yin qoidalarini ongli va aniq bajarishga 
odatlantirishi kerak. Bu odat ulami intizomga o'rgatishda katta 
ahamiyatga ega bo'lib, bolalarda o'z burchini sezish va o'z xatti- 
harakatlari uchun javobgarlik hissini tarbiyalash, o'zini tuta bilish va 
matonatlilikni o'stirishda yordam beradi.
O'qituvchining vazifasi — o'quvchilardan o'yin qoidalarini aniq 
bajarishni talab qilishdir. Ammo u bolalar o'yinni yomon 
o'zlashtirayotgani uchun ularni o'yindan chetlashtirmasligi darkor.
O'ynovchilar yo'l qo'yadigan xatolar va qo'polliklarning oldini 
olishga alohida ahamiyat bilan qarash lozim. Qo'pollik qilgan 
o'yinchini, albatta, jazolash kerak. Bunday hollarda ba’zi ta’sir 
ko'rsatish choralarini qo'llash, ya’ni vaqtincha o'yindan chiqarib 
yuborish, jarima ochkolari berish mumkin.


О‘yinga rahbarlik qilishda o'quvchilarni faqat erishiladigan 
natijalarga qiziqtirish bilan cheklanmaslik, balki ularda o'yin 
jarayonining o'zidan zavq-shavq hosil qilishga, lazzatlanish hissini ] 
vujudga keltirishga ham jiddiy e’tibor berish lozim. 
'
Ayniqsa, 
uncha 
faollik 
ko'rsatmaydigan 
o'yinchilarning 

tashabbusini qo‘llab-quwatlash, rag‘batlantirish va bu bilan ularda 
o ‘z kuchlariga ishonch hosil qilish tavsiya etiladi.
O'ynovchilar 
o'rtasida 
o'rtoqlarcha, 
to'g'ri 
munosabat; 
o'rnatishga harakat qilish, g'oliblaming kekkayib ketishlari va( 
yutqazganlaming o'yindan sovishlariga yo‘l qo'ymaslik kerak.
A S. Makarenkoning o'g'il yoki qiz bolani o'zining shaxsiy 
muvaffaqiyati bilangina emas, balki xususan o'z jamoasi yoki 
tashkilotining 
muvaffaqiyatlari bilan 
ham 
faxrlanish 
ruhida; 
tarbiyalash 
zarurligi haqida aytgan gaplarini 
hech qachon 
unutmaslik 
kerak. 
Shuningdek, 
bolalarda 
har 
qanday 
maqtanchoqlikni bartaraf etish, raqib kuchiga hurmat-e’tibomi 
tarbiyalash, ularga uyushqoqlik, mashq qilish va jamoada intizom 
bo'lishining ahamiyatini tushuntirish zarur. Nihoyat, bolalarning o'z 
muvaffaqiyatlari va mag'lubiyatlariga jiddiy munosabatda bo'lishiga 
erishish kerak.
O'quvchilar o'yinni yaxshilab o'zlashtirib olishlari uchun uni bir 
necha marta qaytarish, bunda ular o'yindan qanchalik mamnun 
bo'lsalar, uni shunchalik puxta eslab qolishlarini unutmaslik kerak.

Download 7.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling