Sport ishlari vazirligi


Download 7.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/198
Sana18.11.2023
Hajmi7.97 Mb.
#1783699
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   198
Bog'liq
Milliy va harakatli oyinlar. Usmonxodjayev T.S.

Eslatma.
Sakraladigan joy hammaga yaxshi ko'rinib turishi uchun 
o'yinchilami doirachalarning ikki tomoniga saf torttirish mumkin, ana 
shunda navbatdagi o'yinchilar sakrashni boshlash uchun chiziq yoniga 
oldinroq kelib navbat kutib turadi, yugurib qaytib kelgan o'yinchi esa 
qatorda o'zi uchun qoldirilgan bo'sh joyga borib turadi. Rahbar 
sakrashni kuzatish maqsadida har bir jamoa uchun o'ziga bittadan 
yordamchi ajratadi.
Bu o'yinning turli variantlarini tanlab, jamoalar oldidagi 
uchastkaga aylanachalar emas, balki ko'ndalang chiziqlar o'tkazish 
bilan uni 4 ta ayrim-ayrim bo'laklarga bo'lish mumkin. Bu 
bo'laklaming eni birinchisidan to oxirigacha kengayib boradi 
(yaqindagi, ya’ni birinchi bo'lakning eni bir yarim qadam, eng 
kcyingisiniki, ya’ni uzoqdagasiniki esa 3 qadam bo'ladi). O'ynovchilar
ill


birin-ketin hamma bo‘laklardan hatlab o'tadilar. Orqaga qaytib 
yugurishda bo‘laklardan sakralmaydi.
O'yinning o'ziga xos harakatlari bir joydan ikkinchi joyga bir 
oyoqlab va ikki oyoqlab hatlab o'tishdir. O'quvchilar oldiga sakrab 
belgilangan joyga tushish va tez sakrash vazifalarini qo'yish bilan 
hatlab 
o'tish 
mashqlari murakkablashtiriladi. 
Aylanachalaming 
shaxmat 
tartibida 
joylashtirilishi 
o'ynovchilami 
birin-ketin- 
bajariladigan sakrashlarning yo'nalishmi o'zgartirishga majbur etadi. 
Aylanachalarda, 
burilishlarda turganda 
o'yinchilar qo'shimcha- 
ravishda sakrab-sakrab, gavda va qo'llami harakatlantirib, o'z; 
tanasining 
inersiyasini 
yengish, 
o'z 
harakatlarini 
o'zaro' 
muvofiqlashtirish va birlashtirishga yordam beradigan bir qancha 
qo'shimcha mashqlarni ham bajaradilar.
5.2.6. Qarama-qarshi sakrab yugurish estafetasi

Download 7.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling