Sport ishlari vazirligi


Download 7.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/198
Sana18.11.2023
Hajmi7.97 Mb.
#1783699
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   198
Bog'liq
Milliy va harakatli oyinlar. Usmonxodjayev T.S.

5.6. Og'ir atletika
5.6.1. To ‘rt tomonga to ‘p irg ‘itish
О yinga tayyorlanish.
O'ynovchilar 4 jamoaga bo'linadilar. Har 
bir jamoa o'zi uchun onaboshi tayinlab, kvadrat chizig'i orqasida 
turadi. Kvadratning o'rtasida diametri 2-3 metrli aylana chiziladi. 
To'rtala onaboshi ana shu aylana ichida turadi. Onaboshilarga 
bittadan voleybol to'pi yoki to'ldirma to'p beriladi.
О yinning tavsifi.
O'qituvchi signal berishi bilan onaboshilar 
qo‘llaridagi to'pni bir qatorga saflangan o'z jamoalarining boshidagi 
o'yinchiga uzatadilar. Bu o'yinchilar to'pni ilib olib, yana qaytarib 
onaboshiga irg'itadilar. Shundan keyin onaboshilar to'pni o‘z 
jamoalarida ikkinchi bo'lib turgan o'ynovchilarga uzatadilar va 
hokazo. Qator oxiridagi o'ynovchi to'pni olishi bilanoq yugurib 
borib onaboshi bo'lib turadi. Ilgarigi onaboshi esa o'z qatorining 
oldiga kelib turadi. Bunda qatordagilar chap tomonga bir qndnm 
suriladilar. Hamma o'ynovchilar navbatma-navbat onaboshi bo'lib
145


turishlari lozim. Dastlabki onaboshi yana qaytib doiraga kelgach
о ‘yin tugaydi. 0 ‘yinni oldin tamomlagan jamoa yutgan hisoblanadi.
Oyiinning qoidalari.
1. Qatoming chap qanotidagi o‘ynovchi 
to‘pni ilib olganidan keyingana doiraga yuguradi. 2. Qatordagi o‘ynov- 
chilar chiziqdan o ‘tmasliklari lozim. 3. Agar onaboshi yoki qatorda 
turgan o‘ynovchi to‘pni ushlab ololmasa, to‘p qaytadan uzatiladi.
5.6.2. Arqon talashish
O yinga tayyorlanish.
Maydonchaning qarama-qarshi tomonla­
riga o ‘zaro parallel ikki cfyiziq o'tkaziladi. Hamma o ‘ynovchilar 
kuch jihatdan baravar ikki jamoaga bo'linadilar va chiziqlar orqasiga 
o'tib turadilar. Ikki chiziq oralig'iga — maydonchaning o'rtasiga 
sertugun qilib o ‘ralgan arqon qo'yiladi. Arqonning qoq o'rtasiga 
rangli latta bog‘lab qo‘yilgan bo'ladi.

Download 7.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling