Sport ishlari vazirligi


Download 7.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/198
Sana18.11.2023
Hajmi7.97 Mb.
#1783699
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   198
Bog'liq
Milliy va harakatli oyinlar. Usmonxodjayev T.S.

О ‘yinning qoidalari.
1. O'yin rahbari signal berishi bilan qarshi 
jamoa tomonga cho'qqayib o'tirgan holdagina sakrab-sakrab kelish , 
mumkin. 2. O'yinchilar o'z tomoniga tortishda bir-biriga yordatn 
berishi mumkin. 3. Bir-bixini tortish vaqtida o'rindan turish mumkin 
emas. O'yin jamoalaming biri ikkinchi jamoa o'yinchilarining 
ko'pchiligini o'z tomoniga tortib o'tkazgach, to'xtatiladi.
Metodik ко ‘rsatmalar.
Bu o'yin V-YIII sinf o'quvchilari uchun 
tavsiya qilinadi. O'yindagi asosiy harakat cho'qqayib o'tirgan holda 
sakrab-sakrab yurishdir. O'yinda qarshilik ko'rsatish, kurashish 
paytlari ham bo'lishi kerak. O'yinda muvaffaqiyat qozonish 
o'quvchilaming o'z harakatlarini moslashtirishlariga bog'liq bo'ladi. 
O'zi asirga tushmay, asir olishga erishish uchun yaxshi o'ylab, 
chaqqon harakat qilish kerak. O'yin, ayniqsa, baqalardan ko'proq 
kuch sarflashni talab qiladi. Bu o'yinni ochiq havoda, o'tloq joyda 
o'tkazish lozim.
5.6.5. O yiab top
O'ynovchilar soni cheklab qo'yilmaydi. Ular qancha ko'p 
bo'lsa, shuncha yaxshi bo'ladi. O'yin sport maydonchasida, o'tloq 
joyda yoki dalada o'tkaziladi.
О ‘yinning tavsifi.
O'yinni boshlashdan oldin ikkita onaboshi 
saylanadi. 
Qolgan 
o'yinchilar 
bab-baravar 
ikkita 
jamoaga 
bo'linadilar. Jamoa o'yinchilari bir-birlaridan 40-50 qadam oraliqda, 
onaboshilar esa maydon o'rtasida turadilar. Har bir jamoa 
o'yinchilari orasidan bittadan javob beruvchi tayinlanadi. Shundan 
keyin onaboshilar biron sonni o'ylaydilar va navbatma-navbat bu 
sonni topishni o'yinchilardan so'raydilar. O'ylangan sonni qaysi 
jamoa o'yinchisi topsa, o'sha jamoaning onaboshisi baland ovoz 
bilan “Marsh!” — deydi. Ana shu jamoa o'yinchilari qarshi 
jamoaning oldiga yugurib keladilar va uning o'yinchilari ularni o'z 
joylarigacha opichib olib borib qo'yadilar.
Jamoa onaboshilari yana boshqa sonni o'ylaydilar va o'yin shu 
tarzda davom etadi.

Download 7.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling