Sport ishlari vazirligi


Download 7.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/198
Sana18.11.2023
Hajmi7.97 Mb.
#1783699
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   198
Bog'liq
Milliy va harakatli oyinlar. Usmonxodjayev T.S.

О yinga tayyorlanish.
Hamma o'yinchilar bir metrdan oraliqda 
tizilib aylana hosil qiladilar. 3-4 ta onaboshi tayinlanadi va ular 
o'rtaga tushadilar. O'ynovchilar oyoqlari oldiga chiziq o'tkazish 
mumkin. O'ynovchilarga to'p beriladi.
O'yinning tavsifi.
O'ynovchilar to'pni onaboshilar qo'lini tegiza 
olmaydigan ilib bir-birlariga irg'itib yoki yerdan dumalatib 
uzatadilar. Onaboshilar o'rtada yugurib yurib, uchib borayotgan, 
yerda dumalab ketayotgan yoki o'ynovchilardan birontasining 
qo'lida turgan to'pga qo'l tegizishiga harakat qiladilar. Agar 
onaboshilardan birontasi to'pga qo'l tegiza olsa, yutgan hisoblanadi 
va yutqazgan o'yinchi uning o'miga onaboshi bo'ladi. Onaboshi 
o'rtaga tushgan o'yinchining o'miga turadi.
O'yinning qoidalari.
1. To'pni uloqtirib va yerdan dumalatib 
uzatish mumkin. 2. Agar to'p doiradan tashqariga chiqib ketsa, 
o'ynovchilar uni iloji boricha tezroq borib olishlari va o'z joylariga 
qaytib kelib, o'yinni davom ettirishlari kerak. 3. Onaboshi
122


o'ynovchilar qo'lidagi, havodagi yoki yerdagi to'pni, shuningdek, 
doiradan tashqariga chiqqan to'pni ushlash huquqiga ega.
Oyinning t a ’lim-tarbiyaviy ahamiyati.
Bu o'yin o'quvchilarda 
to'pni uloqtirish va ilib olish malakalarini takomillashtiradi hamda 
ulami basketbol va qo'l to'pi o'yinlariga tayyorlaydigan mashqlardan 
biri hisoblanadi. Ana shu o'yin jarayonida o'quvchilarda ziyraklik
diqqat, merganlik xislatlari rivojlanadi.
Raqib bilan to'qnashish paytida to'pni uloqtirish va ilib olish bu 
o'yindagi asosiy harakatlardir.
Metodik к о ‘rsatmalar.
“To'pni oldirma” o'yini o'quvchilami 
basketbol va qo'l to'pi o'yiniga tayyorlashga yordam beradi. U 
to'pni o'ynashning maxsus usullarini bilishni talab qilmaydi, lekin 
o'yinchilarda raqib bilan to'qnashganda to'pni egallash malakalarini 
takomillashtiradi. Shu munosabat bilan o'ynovchilaming diqqatini 
o'yindagi barcha vaziyatlarga, onaboshilarni kuzatish va ularning 
harakatlarini hisobga olib, to'p o'ynashga jalb etish zarur. 
Shuningdek, ularga o'rtoqlari bilan kelishib, birgalikda harakat 
qilishni va to'pni bir-biriga aniq uzatishni o'rgatish lozim.
O'quvchilar to'p o'ynashni ancha yaxshi o'rganib olganlaridan 
(to'pni 
kamroq 
tushirib 
yuboradigan 
va 
aniq 
uzatadigan 
bo'lganlaridan) keyin bu o'yin qoidalarini murakkablashtirish tavsiya 
etiladi. Masalan, to'pni qo'ldan tushirib yuborishni man qilish yoki 
to'pni onaboshilaming yuqoriga ko'tarilgan qo'llari tepasidan oshirib 
uloqtirishni o'yin qoidalariga kiritish mumkin.
O'yinni 
yana 
quyidagicha 
murakkablashtirsa 
bo'ladi. 
O'ynovchilar doiyra bo'ylab yurish yoki yugurib bir-birlariga to'p 
uzatadilar. Bunda qo'lida to'p ushlagan o'yinchi ко'pi bilan ikki 
qadam bosib turib, uni o'z o'rtoqlaridan biriga uloqtirib yuborishi 
kerak. To'pni qo'lida ushlab ikki qadamdan ortiq yurgan o'yinchi 
qoidani buzgan hisoblanadi va onaboshi bo'ladi.
O'yinning bu variantidan yuqori sinf o'quvchilari bilan 
o'tkaziladigan mashg'ulotlarda foydalaniladi va u o'quvchilami 
basketbol o'yiniga tayyorlaydigan variant hisoblanadi.
“To'pni oldirma” o'yinini o'quvchilarga III sinfdan boshlab 
o'rgatish tavsiya etiladi, chunki bu yoshdagi o'quvchilar uchun 
to'pni irg'itish va ilib olish texnikasini egallash uncha qiyin 
bo'lmaydi.

Download 7.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling