Sport ishlari vazirligi


Download 7.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/198
Sana18.11.2023
Hajmi7.97 Mb.
#1783699
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   198
Bog'liq
Milliy va harakatli oyinlar. Usmonxodjayev T.S.

Oyinning tavsifi.
O'qituvchi “Tayyorlan!”, “Marsh!” — deb 
ko'rsatma berishi bilan qatorlar boshida turgan o'yinchilar to'pni bir 
qo'llab yerga urib-urib oldinga yuguradilar. Ular o'z g'o'lachalarini 
aylanib o'tib, savat yoki halqa yaqiniga keladilar, to'pni savat yoki 
halqa ichiga tashlab, yana ilib oladilar. Keyin to'pni yerga qattiq
124


uradilar va bunda to'p yerdan ko'tarilib, ikkinchi o'yinchiga, ya’ni 
o'z jamoasida navbat kutib turgan sherigiga uchib borishi kerak. 
Navbatdagi o'yinchi ham to'pni ilib olishi bilanoq uni yerga urib- 
urib oldinga yugurib ketadi va birinchi o'yinchining harakatlarini 
takrorlaydi. Yugurishni tamomlagan o'yinchilar qator oxiriga o'tib 
turadilar. To'p bilan yugurishni (hamma harakatlami bajargan 
holda) oldin tamomlagan jamoa g'olib hisoblanadi.
O'yinning qoidalari.
1. To'pni qo'ldan chiqarib yuborgan o'yin­
chi uni olib kelishi va shu joydan yugurishni davom ettirishi lozim.
2. To'pni olib ketayotgan o'yinchi g'o'lachani qulatib yuborsa, uni 
joyiga turg'azib, o'yinni davom ettiradi va shundan keyingina to'pni 
olib ketishi kerak. 3. Navbat kutib turgan o'yinchilar to'pni qabul 
qilib olayotganlarida start chizig'idan o'tmasliklari lozim. 4. 
O'yinning natijasini hisoblashda to'p savatga tushgan-tushmaganligi 
nazarda tutiladi.
Metodik к о ‘rsatmalar.
Bu estafetani murakkabiashtirish ham 
mumkin. Masalan, har bir jamoa o'yinchilari qatorda ikkitadan bo'­
lib turadilar. Signal berilishi bilan qator boshida turgan ikki o'yinchi 
baravar yugura boshlaydi. Ular to'pni bir-biriga uzatib boradilar, 
taxtaga yaqinlashganda to'pni savat yoki halqaga tashlaydilar va ilib 
olgan to'plarni navbatdagi o'yinchilarga irg'itadilar.
S.3.
7. 
Kartoshka ekish

Download 7.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling