Sport ishlari vazirligi


Download 7.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/198
Sana18.11.2023
Hajmi7.97 Mb.
#1783699
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   198
Bog'liq
Milliy va harakatli oyinlar. Usmonxodjayev T.S.

Yiqolmasang bizga bergin navbatni,
Juda keldi Barchiyorningg‘ayrati,
Ushlaganda k o ‘kka otmay ne bo‘pti?
Yiqolmasang, to‘ra, navbat tilayin!
Xusayn Voiz Koshifiy ham kurashning ikki turi haqida 
to'xtaladi: “...ikki xil turi bor, deb aytgil, birinchisi — qabz, ya’ni 
bilak ushlash, ikkinchisi — istiror, ya’ni ixtiyorsiz holda olishish. 
Agar bulaming har biri qaysi yurtlarda qo'llanadi, deb so'rasalar, 
aytgil, qo'l ushlab kurash tushish (qabz usuli) Xuroson va Iroq 
aholisiga xos, uni shahriyoar ham deb ataydilar. Iztiror usulida 
kurash tushish (erkin kurash) Gilon, Shirvon va Ozarbayjonning 
ba’zi joylarida tarqalgan va uni daylamor ham deydilar”. U kurash 
tushish san’at ekanligini e’tirof etib ...kurash tushish san’atning 
ilmiki, bu ilmning mashhur usullari juda ko'p, ular uch yuz tugun 
va bandlar (usul va tadbirlardan iboratdir va ularning har biri tag'in 
bir necha usulga ajraladi. Yana ushbu usullarni daf etish (ya’ni, 
qarshi usullar) yo'llapi ham bor. Agar bulaming barchasi yig'ilsa, bir 
ming sakkiz yuz usul kelib chiqadi...” .11
Respublikamiz pahlavonlari azaldan qo'shni davlat pahlavonlari 
bilan bellashib, xalqimizning sharafmi himoya qilganlar.
“Bundan ancha ilgari, 1895-yili mashhur nemis polvoni Rippel 
Toshkentga kelib, sirkda o'z kuchi, mahorati bilan hamma 
tomoshabinlami qoyil qoldirgan. Og'irligi sakkiz yarim pud (136 kg) 
bo'lgan cho'yanni ikki qo'li bilan, 16 pudli cho'yanni kifti bilan 
ko'tarib, tomosha ko'rsatgan edi.
иХусайн Воиз Кошифий. Футувватномайи султоний ёхуд жавонмардлик тарикати. Т., 
А.Кодирий номидаги “Халк мероси” нашриёти, 1994, 84-6.
23


O'sha vaqtlari Toshkentning Beshyog'och daha, 
Chaqar 
mahallasida yashagan Ahmad polvon Tolibboy o ‘g‘lining O'rta 
Osiyoda kurashib, yiqitmagan polvoni qolmagan edi. Mehmon 
Ahmad polvorming dovrug'ini eshitib qolib, u bilan kurashmoqqa 
jazm qilibdi... 0 ‘sha kuni, ya’ni 1895-yil 25-iyunda sirkka odam 
sig'may ketgan ekan.
28 yoshli Ahmad polvon egnida oq yaxtak, beliga belbog‘ 
bog'lab o'rtaga chiqadi... Bir ozdan so‘ng ichkaridan mushaklarini 
o‘ynatib, savlat to'kib, Rippel chiqib keladi. Uning belida tasma 
belbog‘ yarqirab turardi.
Ikki zabardast polvon o'rtada bel tutib aylana boshlaydi. 
Tomoshabinlarning dami ichida, yuragini hovuchlab, jim bo‘lib 
qolishgan. Sirkda shunday sukunat hukm surardiki, pashsha uchsa 
bilinardi. Faqat onda-sonda polvonlaming “ih-ih” deb qo‘ygan 
tovushlari eshitilib qolar edi. Oradan bir necha daqiqa o ‘tar-o‘tmas 
Ahmad polvonning “Yorab” degan nidosi eshitilib qoladi. Shu dam 
yer larzaga kelib ketgandek bo‘lib tuyuladi. Qarsak ustiga qarsak
Rippel yerda uzala tushib yotardi”.12

Download 7.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling