Sport mahoratini oshirish


-mavzu. Yengil atletikada umumiy va maxsus tayyorgarlik mashqlari


Download 0.9 Mb.
bet29/59
Sana16.11.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1777721
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   59
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta (1)

5-mavzu. Yengil atletikada umumiy va maxsus tayyorgarlik mashqlari
bo‘yicha mahoratini oshirish.


Reja:

  1. Umumiy jismoniy tayyorgarlik bo’yicha mahoratni oshirish.

  2. Yengil atletikada maxsus tayyorgarlik bo’yicha mahoratni oshirish.

Umumiy jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish vazifasi kuzgi-qishki bosqichning ikkinchi yarmidagiga o’xshab hal etiladi.


Tayyorlov davrining bahorgi bosqichida mashg’ulotlar ko’proq maydonchalar, tog’, xiyobon, stadiondagi yumshoq va elastik yerda o’tkaziladi. Maxsus yugurish mashqlari ko’proq oldinga siljish bilan kichik hajmda bajariladi. Ko’proq 30-60 m va 150-200 m ga takror yugurish bajariladi. Yugurish tayyorgarligidan tashqari mashg’ulotga maxsus sakrash mashqlari va uzunlikka sakrash qo’shiladi. Yugurib kelishni depsinish bilan qo’shib takomillashtirish uchun, shuningdek, kuchli va tez depsinadigan bo’lish uchun katta tezlikda yugurib kelib sakrashni ko’paytirish kerak; buning uchun esa nishab yo’lkadan yugurib kelish qo’llanadi.
Bu bosqichda umumiy jismoniy tayyorgarlikni oshirish uchun kross yuguriladi, kuch oshiradigan va boshqa mashqlar qo’llaniladi.
Yengil atletikada maxsus tayyorgarlik bo’yicha mahoratni oshirish.
Yengil atletikaning ko’pchilik turlari (yugurish, uzunlikka, balandlikka sakrash, o’quv granatini uloqtirish va boshqalar) shunchalik tabiiyki, ularni hatto endi boshlayotgan sportchilar ham texnikani qiyinchiliksiz bajara olishi mumkin. Lekin yengil atletikaning har qanday turida bu mashqlarni bajarish uchun maxsus ishlab chiqilgan vazifalar ketma-ketligi asosida texnikani shug’ullanuvchilarga o’rgatish birmuncha oson kechadi. Avvalo, “Sport texnikasi deganda nima tushuniladi?”, “Texnikaning o’zi nima?”, degan savolga javob berish o’rinli.
Texnika” – grekcha so’zdan olingan bo’lib, sportda ma’lum bir harakatni “bajara olish san’ati” deb tushuniladi. Jismoniy mashq texnikasi doimiy ravishda o’zgarib turadi va takomillashib boradi. Takomillashgan harakat texnikasi yuqori natija ko’rsatish imkonini beradi. Unda sportchining mashg’ulotlarda uzluksiz ishtirok etishi natijasida jismoniy tayyorgarligi ortishi, unng tana tuzilishida o’zgarishlar sodir bo’lishi, mushak guruhlarining shakllanishi ifodalanadi.

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling