Sport mashgʻulotlarining asosiy tamoyillari reja


Mashgʻulot jarayonining siklligi


Download 229.73 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana19.02.2023
Hajmi229.73 Kb.
#1214989
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2. SN= 3 Kurs-(V)-2

 
Mashgʻulot jarayonining siklligi Sikllilik, ya’ni 
ma’lum mashgʻulotlarning, bosqichlarning, nisbatan toʻla takrorlanib turishi 
mashgʻulot jarayonining butun strukturasi uchun harakterlidir. Mashgʻulotning katta 
(jumladan, yillik va yarim yillik) hamda kichik (mikrosikl) sikllari boʻladi.
Mikrosikllar bir necha kun, koʻpincha bir hafta davom etadi. Ularning 
strukturasiga ta’sir etadigan juda koʻp shart-sharoitlardan eng muhimlarini koʻrsatib 
oʻtamiz. Bulardan birinchisi yuklamalar dinamikasining kichik «toʻlqin» larini. hosil 
qiladigan omillarning oʻzidir.
Ikkinchidan, oʻzaro optimal aloqada boʻlgan turli yoʻna-lishdagi mashqlarni 
takror tadbiq etish zaruriyatidir. Mashgʻulotda nimagadir ortiqroq qaratilgan turli 
mashqlar bir qancha mashqlardan foydalaniladi, bunda ularning mashgʻulotlarda 
qanday toʻplangani va bir-biri bilan qanday tartibda almashinib turishiga ham aslo 
befarq qarab boʻlmaydi. Masalan, tezkorlik mashqlarini koʻp hollarda chidamlilik 
mashqlari bilan bir mashgʻulotda bajarish toʻgʻri boʻlmaydi. Ular turli 
mashgʻulotlarda toʻplangan boʻlsa, tezkorlikni rivojlantirishga moʻljallangan 
mashqlar bajariladigan mashgʻulotlar asosan chidamlilikka ahamiyat beriladigan 
mashgʻulotlardan oldin boʻlsa, eng yaxshi samara beradi. Boshqa mashgʻulotlarga 
nisbatan ham shu kabi ma’lum navbat tartibi saqlanishi kerak. Bular bari 
mikrosikllar strukturasida oʻz ifodasini topadi.
Uchinchidan, mehnat va oʻquv faoliyatining umumiy rejimi gʻoyat
muhim 
ta’sir koʻrsatadi. Shuning uchun mashgʻulot mikrosikllarining koʻpincha bir haftalik 
boʻlishi ham tasodifiy emas. Bu mashgʻulot jarayonini optimal tashkil etish 
talablariga hamisha ham javob bermasada, mehnat va oʻquv haftasining ritmiga 
osonroq mos tushadi.
Nihoyat, mashgʻulotning struktura va mazmuni umuman muntazam suratda 
oʻzgarib turgani uchun, mikrosikllar mashgʻulot jarayonining bosqich va davrlari 
xususiyatlariga qarab qayta tuzilib turadi. Mikrosikllar, aslini olganda, mashgʻulot 
strukturasining eng variativ elementidir. Murabbiy bilan sportchi mikrosikllarning 
mazmuni va strukturasiga zarur oʻzgarishlar kiritish bilan (ya’ni mashqlar 
kompleksini, mashgʻulotlarni hamda dam olish kunlari miqdorini, ularni almashtirib 
turish tartibini, yuklamalar kattaligini, ular hajmi hamda intensivligining 
dinamikasini va xokazolarni oʻzgartirish bilan) mashq koʻrganlikni taraqqiy 
ettirishga halaqit berishi mumkin boʻlgan xilma-xil tashqi ta’sirlarga barham beradi 
va shu yoʻl bilan mashgʻulot jarayonining umumiy tendensiyasini ta’min etadi.
Sport mashgʻulotining katta sikllari mazkur bobning ke-yingi boʻlimida qarab 
chiqiladi. Bu erda esa, faqat ularning sport formasini rivojlantirishning sikllari bilan 
bogʻliq ekanligini hamda mazkur jarayonning turli bosqichlarida sport formasi 


taraqqiyotini boshqarish xususiyatlarini ifoda etuvchi davrlardan tashkil topishini 
aytib oʻtamiz. Navbatdagi har bir sikl oʻzidan oldingisini shunchaki takrorlab 
qolmay, balki yangi asosga, shu jumladan, mashgʻulot vosita va metodlarini qisman 
yangilash asosiga qoʻriladi hamda odatda mashgʻulot yuklama-larining yuksakroq 
darajasida oʻtadi (yuklamani koʻpaytirish yosh xususiyatiga qarab mashgʻulotlar 
yuklamasining umumiy hajmi stabillashib, keyinchalik esa pasaya borishi hollariga 
taalluqli emas.
Sikllilik sport mashgʻulotining asosiy qonuniyatlaridan biri sifatida tizimlilik 
va ilgarilab borish tamoyilaridan foydalanishga bevosita aloqadordir. Bu qonuniyat 
mashgʻulotlarning ketma-ketligini belgilashda ham, yuklama va dam olish tizimini 
tuzishda ham va mashgʻulot jarayonlari tuzilishiga aloqador boshqa barcha 
muammolarni hal etishda ham muntazam ravishda hisobga olib borilishi kerak.
Shunday qilib, sport mashgʻuloti murabbiy va sportchi faoliyatining natijalari 
belgilaydigan oʻziga xos spetsifik qonuniyatlarga ega ekan. Faqat ana shu 
qonuniyatlarni bilib olgandagina hamda ulardan ta’lim va tarbiyaning umumiy 
tamoyillari bilan birgalikda mahorat bilan foydalanilgandagina sport taraqqiyotining 
choʻqqilari sari ishonch bilan borish mumkin.

Download 229.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling