Sport mashgʻulotlarining asosiy tamoyillari reja


Mashgʻulot yuklamalarining toʻlqinsimon oʻzgarishi


Download 229.73 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana19.02.2023
Hajmi229.73 Kb.
#1214989
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2. SN= 3 Kurs-(V)-2

 


Mashgʻulot yuklamalarining toʻlqinsimon oʻzgarishi
Aslida yuklamalarni asta-sekin oshira borish toʻgʻri chiziqli, bosqichli yoki 
toʻlqinsimon boʻlishi mumkin. Sport mashgʻuloti uchun koʻproq toʻlqinsimon 
dinamika harakterli hisoblanadi. Bunga sabab avvalo sportchi organizmining 
funksional va adaptatsion imkoniyatlariga qoʻyiladigan talablarning nihoyat 
darajada yuksakligidir.
Sport mashgʻulotining mazkur xususiyatiga faqat keyingi oʻn yilliklardagina 
jiddiy e’tibor beriladigan boʻldi (V.M.Dyachkov, L.P.Matveyev, L.Prokop, V.D. 
Shaposhnikov va boshqalar). Shunga qaramay, hozirning oʻzida yuklamalarning 
mashgʻulot jarayoni turli boʻlaklaridagi umumiy tendensiyasiga xos taxminiy 
sxemani tasavvur etish mumkin. Mazkur sxemaga muvofiq quyidagicha 
masshtablardagi «toʻlqinlar» ajralib turadi:
a) turli hollarda ikki kundan etti kungacha va undan koʻproq vaqtni oʻz 
ichiga
oladigan mikrosikllardagi yuklamalar dinamikasini ifodalovchi kichik «toʻlqin»lar:
b) mashgʻulot bosqichlari doirasida bir nechta kichik «toʻlqin»lar 
(masalan, 3-6) yuklamasining umumiy tendensiyasini ifoda etuvi oʻrtacha 
«toʻlqin»lar.
v) mashgʻulot davrlaridagi oʻrta «toʻlqin»larning umumiy tendeniyasini
harakterlovchi katta «toʻlqin»lar.
Sport mashgʻulotini tashkil etish san’ati koʻp jihatdan ana shu «toʻlqin»larning 
barchasini bir-biriga mutanosib qila bilishga bogʻliq, ya’ni mikrosikllardagi 
yuklamalar dinamikasi bilan u yoki bu bosqichlar va davrlar uchun harakterli 
boʻlgan mashgʻulot jarayonining eng umumiy tendensiyalari oʻrtasidagi zarur 
muvofiqlikni ta’minlashdan iborat.
Toʻlqinsimon tebranishlar yuklamalarning hajmi dinamika-siga ham, 
intensivligi dinamikasiga ham xos, lekin hajm dinami-kasi tebranishlari bilan 
intensivlik tebranishlari parametrla-rining maksimal qiymati odatda bir-biriga mos 
kelmaydi. Oʻrtacha va ayniqsa, katta «toʻlqin»larda dastlab hajm koʻrsatkichlari (bir 
hafta va bir oy ichidagi mashgʻulot ishlarining umumiy miqdori) apogeyga etadi, 
keyin hajm stabillashadi va kamaya boradi, ana shu fondda esa, intensivlikning har 
xil koʻrsatkichlari (mashgʻulotlarning harakterli zichligi, harakatlarning tezkorlik va 
kuch-quvvat harakteristikasi va boshqalar) eng yuqori qiymatga etadi.
Kichik «toʻlqin»larda odatda buning aksini koʻramiz: dastlab tezkorlik - kuch 
harakteridagi (ya’ni intensivrok) mashgʻulotlar, keyinroq esa hajmi koʻproq 
mashgʻulotlar oʻtkaziladi. Bu umumiy tendensiyalar mashgʻulot jarayonidagi u yoki 
bu mashqlarning oʻrni va roliga qarab turlicha namoyon boʻladi.
Sport mashgʻulotidagi yuklamaning toʻlqinsimon oʻzgarishining sabablari 
ilgari jismoniy tarbiyaning umumiy prinsip-larining bayon etilishi munosabati bilan 
qisman tushuntirib oʻtilgan edi. Bunda kichik «toʻlqin» lar avvalo charchash va 
kuch-quvvatni tiklash jarayonlarining oʻzaro aloqasi natijasida paydo boʻlishini 
hisobga olish kerak. Bu jarayonlar sportchi organizmida mashgʻulot ta’siri ostida 
hosil boʻladi va mikrosikllarda yuklama hamda dam olishni almashtirib turish, 


shuningdek, yuklama miqdori va harakterini oʻzgartira borish zaruratini koʻrsatadi. 
Shu bilan bir qatorda hayot va faoliyatning umumiy rejimi, fiziologik jarayonlarning 
tabiiy ritmi tufayli organizm funksional holati vaqti-vaqti bilan oʻzgarib turishi ham 
muhim rol oʻynaydi.
Katta va kichik «toʻlqin» lar avvalo kechikib sodir boʻladigan transformatsiya 
qonuniyatlari tufayli paydo boʻladi. Organizmdagi turli organlar va sistemalarning 
moslashuv oʻzgarishlari mashgʻulot yuklamalari dinamikasidan orqada qolib 
ketayotgandek yuz beradi. Shuning uchun organizm funksional imkoniyatlarini 
mutanosib orttirish maqsidada yuklamalarni sistematik oʻzgartirib turish zarur boʻlib 
qoladi. Kechikib sodir boʻladigan transformatsiyani, jumladan, yuklamaning oylik 
hajmlari dinamikasi bilan sport natijalari dinamikasini solishtirib, rasmda 
keltirilgandek tashqi koʻrinishda kuzatish mumkin. Natijalarning eng koʻp yuksala 
borishi yuklama hajmining eng koʻpaygan davriga mos kelmaydi - qilingan ish hajmi 
sport natijalarini yuksaltirishga oʻtishga qadar anchagina vaqt oʻtishi talab etiladi. 
Shu misolning oʻzida yuklamalar intensivligining dinamikasi sport natijalari 
dinamikasi bilan koʻproq bevosita aloqador ekani ham koʻrinib turibdi: natijaning 
oʻzgarishi deyarli shu zahoti intensivlikning xuddi shu yoʻnalishda oʻzgarishini aks 
ettiradi. Biroq bundan yuklama hajmi kamroq rol oʻynaydi, degan xulosa 
chiqmasligi kerak. Sport natijasi pirovardida hajmga ham, intensivlikka ham birdek, 
lekin turlicha nisbatda bogʻliqdir. Yuklamalar hajmining oʻsib borishi keyingi 
yutuqlar uchun poydevor yaratishda koʻproq rol oʻynaydi, intensivlikning oʻsib 
borishi esa, oʻzlashtirilgan hajm-lar bazasida spot yutuqlarini amalga oshirish ishida 
etakchi rol oʻynaydi.
Mashgʻulot yuklamalarining toʻlqinsimon oʻzgarishi ular hajmi bilan 
intensivligi oʻrtasidagi qarama-qarshilikni eng yaxshi hal etish imkonini beradi. 
Bunday dinamika hajmi «toʻlqini» apogeyi bilan intensivlik «toʻlqini» apogeyini 
vaqt jihatidan bir-biridan ajratib, yuklama barcha predmetlarining qiymati eng katta 
boʻlishiga erishish imkonini beradi. Shu bilan birga bunday dinamika mashgʻulot 
talablarini haddan tashqari jamlab yuborishga monelik qiladi, chunki yuklamani 
nisbatan kamaytirib turishni sistematik oʻz ichiga oladi va shu bilan ish qobiliyatini 
toʻliq tiklab olish uchun hamda mashq koʻrganlik toʻxtovsiz oʻsa borishi uchun zarur 
shart-sharoitni ta’min etadi.
Amalda yuklamalar dinamikasidan u yoki bu «toʻlqin» larning «tushib qolish» 
xodisasini kuzatish mumkin. Buni barcha hollarda mashgʻulot qonuniyatlaridan 
chekinish, deb boʻlmaydi. Mashgʻulot jarayonining ba’zi bir boʻlaklarida kichik va 
oʻrta «toʻlqin»larni yuklamalar dinamikasining boshqa shakllari «bosqichli»,
«toʻgʻri chiziqli» bilan almashtirilishi ham mumkin. Biroq bunga faqat ay-rim hol 
sifatida yoʻl qoʻyiladi. Umumiy tendensiyada esa, yuklamalar dinamikasi, albatta, 
toʻlqinsimon yoki shunga oʻxshash shaklga kiradi, «toʻlqin» larning turli elementlari 
orasidagi nisbat esa, mashgʻulotning bosqich va davrlariga qarab oʻzgarib turadi.
Mashgʻulot yuklamalari dinamikasining toʻlqinsimon harakteri sport trener 
mashgʻulotining yuqorida koʻrib chiqilgan boshqa qonuniyatlari bilan, ularning oliy 
koʻrsatkichlarga yoʻnaltirilganligi, mashgʻulot talablarining asta-sekin va ayni 


vaqtda maksimal orta borishi, yuklamalar uzluksizligi va dam olish bilan ratsional 
suratda almashinib turishi bilan bevosita aloqadordir. Mana shu qonuniyatlarning 
barchasi sport mashgʻulotini tashkil etishning eng muhim asosi sifatida, ayniqsa, 
sistematiklik hamda rivojlana borish tamoyillari munosabati bilan doimo xisobga 
olib turilishi turilishi kerak.

Download 229.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling