Sport mashgʻulotlarining asosiy tamoyillari reja


Mashgʻulot jarayonining uzluksizligi, yuklama va dam olishning


Download 229.73 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana19.02.2023
Hajmi229.73 Kb.
#1214989
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2. SN= 3 Kurs-(V)-2

 
Mashgʻulot jarayonining uzluksizligi, yuklama va dam olishning
zichlangan rejimi  
Sport mashgʻuloti jarayonining uzluksizligi quyidagi asosiy jarayonlar bilan 
harakterlanadi:
1. 
Mashgʻulot jarayoni tanlangan sport turida kamolotga erishish 
maqsadida yil davomida va koʻp yillar tayyorgarlik jarayonida surunkasiga davom 
etadi:


2. 
Navbatdagi har bir mashgʻulotning ta’siri bundan ilgarigisining «izi» 
ustiga boradi:
3. 
Mashgʻulotlar oʻrtasidagi dam olish intervali ish qobili-yatini tiklash va 
oʻstirishning umumiy tendensiyasini kafolatlaydigan darajada boʻlib, goho ish 
qobiliyati qisman tiklanib etmay turib mashgʻulot oʻtkazishga ham yoʻl qoʻyiladi.
Soʻnggi ikki moment ayrim ma’noda baxsli boʻlib, shuning uchun izoh talab 
qiladi. Navbatdagi har bir mashgʻulotning ta’siri ilgarigisining «izi» ustiga 
qoʻshilishi haqida gapirilganda «iz» soʻzini organizmda mashgʻulotlar natijasida 
yuzaga keladigan va oqibat natijada sportchi organizmining ish qobiliyati 
yuksalishida, uning fazilatlari, malakalari va mahoratlarining rivojlanishida oʻz 
ifodasini topadigan ijobiy oʻzgarishlar (fiziologik, bioximik va morfologik 
oʻzgarishlar) deb umumiylashgan ma’noda tushunish kerak. Demak, ikkinchi 
momentning ma’nosi mashgʻulotlar orasidagi intervallarning haddan tashqari 
oʻzaytirib yuborilishiga yoʻl qoʻymaslikdan, ilgarigi ta’sir etishlar natijasi saqlana 
borishini ta’min etishdan va shu yoʻl bilan sport faoliyatida uzluksiz yuksalish uchun 
shart-sharoit yaratishdan iboratdir.
Uchinchi jarayonning ahamiyati yuqorida sistemalilikning umumiy prinsipi 
tahlil etilishi munosabati bilan yoʻlakay tushuntirib oʻtilgan edi. Bunda sport 
mashgʻulotlari vaqtida yukla-ma bilan dam olishni almashtirib turish sistemasining 
oʻziga xos tomonlarini ta’kidlab oʻtish kerak. Gap shundaki, sportchining 
mashgʻulotlari hamma vaqt faqat ish qobiliyati toʻla tiklangan va «oʻta tiklangan» 
sharoitda oʻtkazilavermaydi. Vaqt-vaqti bilan ish qobiliyati hali toʻla tiklanmagan 
sharoitda bir necha mashgʻulotlar samarasini jamlashga yoʻl qoʻyiladi. Buning 
ma’nosi oranizmga alohida yuksak talab qoʻyish va natijada navbatdagi dam olish 
vaqtida ish qobiliyatini juda yuksak darajaga koʻtarishdir. Keyingi yillardagi sport 
amaliyotida va eksperimental ma’lumotlar mashgʻulot yuklamalarining bunday 
rejimi ma’lum sharoitlarda ratsional hisoblanish mumkin ekanligidan dalolat beradi 
(L.I. Abrosimova, I.G.Ogolsov va boshqalar). Bunda charchoqni tamomila qoldirish 
uchun etarli dam olish, sportchining oldindan mashq koʻrganligining yuqori boʻlishi, 
puxta tibbiy-pedagogik nazorati albatta shartdir.
Shunday qilib, umumiy qoida - navbatdagi har bir mashgʻulotda sportchini ish 
qobiliyatini toʻla tiklab va «oʻta tiklab» boʻlgandan keyin boshlash - sport 
mashgʻulotida maxsus xususiyatga ega boʻladi. Bu erda mazkur qoida har bir 
mashgʻulotga alohida tadbiq etilishi shart boʻlmay, balki bir necha mashgʻulotlardan 
iborat mashgʻulotlar seriyasiga tadbiq etiladi. Bunda ana shu seriyalar jamlangan 
ulkan bitta yuklama hisoblanadi. Bu seriyadagi mashgʻulotlarning miqdori va ular 
oʻrtasidagi intervallarning kattaligi koʻpgina shart-sharoitlarga, jumladan
mashgʻulotning davr va bosqichlariga bogʻliqdir.
Mashgʻulot jarayonining bunday zichlanishi tufayli mashgʻu-lotlarning 
umumiy miqdori anchagina ortib, ayrim vaqtlarda (etarli darajada yuksak malakali 
sportchilarda) haftasiga 6 ta va undan ortiq martaga etadi, albatta. Bunda barcha 
mashgʻulotlar asosiy emas va yuklama jihatidan teng boʻlmaydi. Ularning ba’zi-lari 
olgʻa tomon odimlashga, ya’ni sportchilarning yangi marralarni egallashlariga 


xizmat qilib, ularga eng yuksak mashgʻulot talablari qoʻyiladi. Birinchi sport 
razryadi boʻyicha natija koʻrsatgan yosh sportchilar bilan har kuni bir martalik 
mashgʻulot oʻtkazilsa (haftalik mikrosikllar juda ham kam holda 1-2 marta 
oʻtkaziladi. Yuqori malakali sportchilarda bunday rejim oldingi natijani ushlab 
turishi mumkin. Shuning uchun ular bilan har kuni 2-4 mash-gʻulot oʻtkazilsa, 
haftada 4-7 mashgʻulot katta yuklama bilan oʻtkaz-ilishi kerak. Boshqa ba’zi 
mashgʻulotlar esa qoʻshimcha ahamiyatga ega boʻladi. Boshqa ba’zi mashgʻulotlar 
esa qoʻshimcha ahamiyatga ega boʻladi. Asosiy mashqlar agar ular chidamlilikni 
tarbiyalashga koʻproq qaratilgan boʻlmasa, odatda umumiy ish qobiliyati tiklangan 
va ortgan sharoitda olib boriladi. Qoʻshimcha mashgʻulotlar esa gʻoyat xilma-xil 
sharoitlara oʻtkazilishi mumkin, chunki ularning ma’lum qismidan hatto dam 
olishning faol formasi sifatida ham foydalaniladi.

Download 229.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling