Sport men-uchun” ko‘rik tanlovi nizomi I. Umumiy qoidаlаr


VI. TАNLOVDА QАTNАSHISH SHАRTLАRI


Download 25.81 Kb.
bet2/2
Sana31.08.2023
Hajmi25.81 Kb.
#1671871
1   2
Bog'liq
Sport men-uchun

VI. TАNLOVDА QАTNАSHISH SHАRTLАRI

6.1. Tanlovda 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan barcha yoshlar ishtirok etishi mumkin.


6.2. Tanlovda ishtirokchilar individual tarzda ishtirok etadi.
6.3. Tanlovning “Sport men-uchun” shiori so‘zlarini yuborilayotgan videorolikning istalgan qismida qo‘llanilishi;
6.3. Tanlov uchun yuborilayotgan videomateriallar 3 daqiqadan oshmasligi hamda sifat va mazmun darajasiga e’tibor qaratish;
6.4. Ishtirokchilar ijodiy namunalarini belgilangan muddatda Yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasining mas’ul mutaxassisiga yetkazish;
6.5. Yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasining barcha ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalariga obuna bo‘lish.
VII. HАKАMLАR HАY’АTI TАRKIBI

7.1. Tanlov ishtirokchilarining ijodiy namunalarining professional tarzda baholash maqsadida tanlov tashkiliy qo‘mitasi tomonidan Hakamlar hayʼati tarkibi tuzildi.


Hakamlar hay’ati tarkibi tanlov dasturida belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha tashkilotlarning tajribaga va nufuzga ega bo‘lgan mutaxassislaridan iborat ya’ni:

  1. Navoiy viloyati hokimligi matbuot xizmati;

2.Navoiy viloyati Yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi;
3. Yoshlar ishlari agentligi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi;
4. Navoiy viloyati Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi;
5. Navoiy viloyati Tarixi va madaniyati davlat muzeyi;
6. O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi Navoiy viloyat bo‘limi;
7. Navoiy viloyati Pedagogika instituti;
8.Navoiy viloyati teleradiokompaniyasi.


VIII. TАNLOV GOLIBLАRINI АNIQLАSH VА TАQDIRLАSH

8.1. Har bir yo‘nalish bo‘yicha bir nafar g‘olib mazkur Nizomda belgilangan mezonlar asosida aniqlanadi.


IX.TАNLOVNI TАSHKIL ETISH VА OTKАZISH TАQSIMOTI

9.1. Tanlovning yakunit natijalarini yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish yuzasidan tegishli chora-tadbilarni ko‘rish hamda tanlov o‘tkazish uchun maxsus sahna tayyorlash;


9.2. Tanlovning barcha yo‘nalishlari kesimida bir nafardan g‘oliblar uchun estalik sovg‘alarni ajratish choralarini ko‘rish;
9.3. Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish;
9.4. Tanlovni ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritilishini taʼminlash;
9.5. Tanlovlar jarayoni va taqdirlash marosimida sahna ovoz kuchaytirgich moslamalari bilan taʼminlash va yuqori saviyada tashkil etilishini taʼminlash;
9.6. Tanlovni yuqori saviyada o‘quvchilar o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish va umumiy o‘rta taʼlim maktablari o‘quvchilari ishtirokini taʼminlash choralarini ko‘rish;
9.7. Tanlovni yuqori saviyada talabalar o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish va institut talabalari ishtirokini taʼminlash choralarini ko‘rish.


X. YAKUNIY QOIDALAR
10.1. Tanlov Tashkiliy qo‘mitasi tanlov Nizomiga o‘zgartirish kiritish huquqiga ega. Tanlov davomida yuzaga keladigan barcha bahsli holatlar tashkiliy qo‘mita tomonidan amaldagi qonun hujjatlari asosida hal etiladi.



Download 25.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling