Sport o‘yinlari va uni o‘qitish metodikasi
T o` p n i t o r t i b o l i sh. Agar himoyachi to`pni
Download 1.04 Mb. Pdf ko'rish
|
Спорт ўйинлари ва уни ўқитиш методикаси qo\'llanma ТАЙЙЁР Copy
3.2.T o` p n i t o r t i b o l i sh. Agar himoyachi to`pni
ushlab olishga erishsa, unga, eng avvalo, uni raqibning qo`lidan tortib olishga harakat qilish kerak. Buning uchun, iloji boricha, ikki qo`l bilan to`pni chuqqurroq (kattaroq) ushlash lozim, so`ng bir vaqtning o`zida gavda bilan burilib, keskin o`ziga siltab tortish kerak. To`pni raqibning qarshiligini yengishi yengillashtiradigan yotiq chiziq o`qi atrofida aylantirish lozim. T o` p n i u r i b ch i q a r i sh. Hozirgi vaqtda to`pni urib chiqarish himoya usullarining maqsadga muvofiqligi va samaradorligi, shu usullarni bajarish paytida bir vaqtning o`zida himoyachi qo`lining to`p bilan – hujumchining qo`li bilan to`qnashish (tegishi)ga yo`l qo`yadigan o`yin qoidalarining ayrim nuqtalarini yangi izohlanishi ancha o`sdi. To`p yerga urib yurilayotganda, uni urib chiqarish uchun himoyachi hujumchining yonida to`p bilan tengma-teng tezlikda harakat qila boshlaydi va so`ngra payt poylab, raqibga nisbatan yaqin joylashgan oyog`i bilan u tomonga qadamlaydi. Shu vaqtning o`zida maydon yuzasidan sapchiyotgan to`pni urib chiqaradi va uni egallaydi. T o` p n i o l i b q o` y i sh. Bu harakatni bajarish uchun o`zaro to`p uzatayotgan basketbolchilarning harakatlarini diqqat bilan kuzatish, to`pning yo`nalish tomonini oldindan aniqlash va to`g`ri joylashish holatini tanlash zarur. Himoyadagi basketbolchi to`p uzatish vaqtida uni olib qo`yish maqsadida o`zi to`sib turgan hujumchining oldidan to`pga qarshi chiqish uchun turgan joydan keskin qo`zg`alishi lozim. Bunda oxirgi qadamning katta qo`yilishi, gavda va qo`llar to`pga qaratilgan bo`lishi kerak. 36 T o` p n i t o` s i sh savatga to`p otishga qarshilik ko`rsatishda qo`llaniladi. Himoyachi to`pni savatga otayotgan basketbolchining old yoki yon tomonidan juda yuqoriga sakrab, qo`lini biroz to`g`rilaydi va keng ochilgan panjasini to`p ustiga qo`yadi. Boshqa paytlarda to`p uchishning har xil fazalarida, ko`pincha, boshlang`ich fazasida to`siladi. Bunda basketbolchi panjasi yoki barmoqlari bilan to`pni urib, uning yo`nalishini o`zgartiradi. Ch a l g` i t i sh l a r. Himoyachi tomonidan hujumchining ma’lum bir harakatlarini bajarishga majbur qilish maqsadida qo`llaniladi. Buning davomida himoyachi to`pni egallashga harakat qiladi. Bunday chalg`itishlar to`pni egallashga qaratilgan usulning yasama harakat yordamida bajariladi. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling