Sport o‘yinlari va uni o‘qitish metodikasi


  o’yinchi orqali” va “markaziy o’yinchisiz”.  Markaziy o’yinchi orqali hujum qilish sistemasi


Download 1.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/36
Sana05.11.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1749655
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   36
Bog'liq
Спорт ўйинлари ва уни ўқитиш методикаси qo\'llanma ТАЙЙЁР Copy

47 
o’yinchi orqali” va “markaziy o’yinchisiz”. 
Markaziy o’yinchi orqali hujum qilish sistemasi, ayniqsa, 
(hammadan ko’ra) maqsadga muvofiqdir. Buni (sistemani) 
qo’llayotgan jamoaning harakatlari, istalgan daqiqada to’pni olish 
imkoniyatiga ega bo’lish uchun odatda shchitda shchitga orqasi bilan 
o’zining sheriklariga yuzi bilan turgan markaziy o’yinchining 
etakchilik roliga (asoslanadi) tayanadi. Markaziy o’yinchi hujum 
tayo’rgarligining huddi o’zagidek hisoblanadi. Hamma kelgan 
sheriklari, unga faol kelishilgan harakatlari bilan qullab quvvatlab, 
qulayroq vaziyatga unga to’pni oshirib berishga harakat qiladilar (4-
rasm). Qulay vaziyatda to’pni olgan markaziy o’yinchi: 
- uni savatga otishga urinib ko’rishi; 
- uni ta’qib qilayotgan himoyachini yakka olishishda aldab 
o’tishi, shchit oldiga chiqishi va to’pni savatga otishi; 
- to’pni sheriklardan birortasiga uzatishi; 
- uch ochkoli otish uchun to’pni uzoqga maydon ichida uzatishi 
mumkin.
4-rasm. Ikki markaziy hujumchining o’zaro harakatlari. 
Markaziy o’yinchi orqali hujum qilish sistemasining asosiy 
variantlari – bitta markaziy o’yinchi orqali va ikkita markaziy 
o’yinchi orqalidir. Hozirgi zamon sport amaliyotida uchta markaziy 
o’yinchi orqali hujum qilish juda kam qo’llaniladi. 


48 
Markaziy o’yinchilarning va ularning sheriklarining shaxsiy 
imkoniyatlariga shuningdek jamoaning umumiy taktik maqsadlariga 
qarab musobaqalarda boshlang’ich joylashishning har xil 
sistemalarini (pozitsiyalarini) qo’llashadi. 
To’pni markaziy o’yinchiga uzatgandan keyin shchit tomonga 
to’g’ri chiziq bo’ylab chiqishdan tashqari, hujum qilayotgan jamoa, 
pozitsion hujum uchun jamoaning asosiy boshlang’ich joylanishi 
bilan ikki yoki uch o’yinchilarning ma’lum bo’lgan o‘zaro 
harakatlarining birin-ketin qo’shilib ketishiga asoslangan, ilgaridan 
o’rganilgan taktik kombinatsiyalardan foydalanishi kerak. 
Kombinatsiyada deyarli har doim jamoaning hamma o’yinchilari 
qatnashishadi, ba’zi birlari asosiy hujum qiluvchi harakatlarni amalga 
oshirishadi, boshqalari – ozod qiluvchi yoki chalg’ituvchi, 
uchinchilari – orqa xavfsizligini ta’minlaydigan harakatlarni amalga 
oshirishadi. 


Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling