Sport o‘yinlari va uni o‘qitish metodikasi
4.6. Jamoa harakatlari
Download 1.04 Mb. Pdf ko'rish
|
Спорт ўйинлари ва уни ўқитиш методикаси qo\'llanma ТАЙЙЁР Copy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jadal hujum Tez yorib o’tish
44
4.6. Jamoa harakatlari Basketbolda hujum muvaffaqiyatining asosi rasiyonal yo’llar bilan va iloji boricha tezroq o’yinchilardan biriga savatga hujum qilish uchun qulay sharoit yaratishga yo’naltirilgan jamoa harakatlardir. Butun jamoa maqsadlariga shaxsiy harakatlarning boysinishini, bir-birini tushunishni, aniq tashkily formulalarni talab qiladigan jamoa harakatlarisiz, hujumda to’laqonli o’yin bo’lishi mumkin emas. Juda kuchli, lekin sheriklari bilan birgalikda to’g’ri (oqilona) harakat qila olmaydigan o’yinchilardan tuzilgan hujum qiluvchi jamoa, malakali raqib ustidan kamdan-kam g’alabaga erishishi mumkin. Jadal hujum Tez yorib o’tish. Bu – raqib ustidan jismoniy va texnik tayyorgarlikdagi ustunlikdan foydalanishga imkon beradigan, hujumning juda samarali sistemasidir. Uning mohiyati shundaki, to’pni egallagan o’yinchilar har gal qarshi hujumga o’tishadi, raqib shchitgacha bo’lgan masofani qisqa vaqt ichida engishga, son jihatdan ustunlikka erishishga va bundan foydalanib, yaqin masofadan savatga hujum qilishga harakat qilishadi. Tez yorib o’tishga hammadan ko’proq, agar jamoa to’pni raqibdan olib qo’ysa yoki o’zining shchitidan sapchib qaytgan to’p uchun kurash paytida unga ega bo’lganda amalga oshiriladi. Biroq, to’pni yo’n yoki en chiziqdan o’yinga kiritilishi zahoti, shuningek, agar raqiblar qarshi hujumga o’tgan o’yinchilarga tez oshirib berishga faol qarshi harakat qila olmasalar, baxs va boshlang’ch to’pni o’yinga tashlash paytida son jihatdan ustunlikka erishish mumkin. Son jihatdan o’yinchilar barobar bo’lgan paytda (1x1 yoki 2x2) jasurona va qatyi yakka kurashish uchun imkoniyat borligini ham hisobga olish kerak. Tez yo’rib o’tishni uch qismga bo’lish mumkin: boshlanish, rivojlanish va yakunlash. Birinchi qismning muvaffaqiyati, oldinga keskin chiqishning tezligi bilan, har bir qatnashchining oldinga chiqishga harakat qilishi, to’pni birinchi uzatishning (ortiqcha harakatlarsiz) o’z vaqtida uzatilganligi bilan aniqlanadi. Agar, 45 albatta, to’pni sherigi egallashiga ishonch bo’lsa, u to’pni egallashga tayyorlanayotganda, oldinga harakat qilishni boshlashi bilanoq, o’yinchilar raqiblardan uzoqlashadi. Odatda, yo’rib o’tishda, himoyaning birinchi chizig’ida joylashgan 2-3 o’yinchi faol qatnashadilar, to’rtinchi o’yinchi ularga ko’mak beradi, beshinchi o’yinchi esa orqa tomonni straxovka qilishni ta’minlaydi. Bu o’yinchilarning harakat yo’nalishi ularning maydonda joylashganiga va jamoa to’pni egallay olgan joyiga bog’liq. To’psiz o’yinchilar keskin yugirgan vaqtda, ularning to’p egallagan sherigi raqibdan oldinda paydo bo’lgan o’yinchiga to’pni tezda uzatishi kerak (3- rasm). Jamoa o’yinda tez yo’rib o’tishdan foydalanishga harakat qilsa, u buning uchun kerakli zamin yaratishi kerak. Gap to’pli o’yinchiga qarshi himoyada doim faol ta’sir qilish to’g’risida, o’zining shchiti va oldida sapchigan to’p uchun yaxshi tashkil qilingan kurash to’g’risida, to’pni olib qo’yish uchun bo’ladigan harakatchanlik to’g’risida ketyapti. Tez yo’rib o’tishning ikkinchi qismi – rivojlanish, o’yinchilar keyingi to’g’ri yo’l bo’ylab harakat qilishlarini, to’pni urib yurishni va maydonning o’rta qismini tezroq o’tish uchun hujumchilar o’rtasidagi to’pni bir-ikki uzatishni o’z ichiga oladi. Vaqt bo’yicha bu qism 2-3 soniyagacha cho’ziladi. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling