Sport o‘yinlari va uni o‘qitish metodikasi


   4.6. Jamoa harakatlari


Download 1.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/36
Sana05.11.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1749655
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   36
Bog'liq
Спорт ўйинлари ва уни ўқитиш методикаси qo\'llanma ТАЙЙЁР Copy

44 
 4.6. Jamoa harakatlari 
Basketbolda hujum muvaffaqiyatining asosi rasiyonal yo’llar 
bilan va iloji boricha tezroq o’yinchilardan biriga savatga hujum 
qilish uchun qulay sharoit yaratishga yo’naltirilgan jamoa 
harakatlardir. Butun jamoa maqsadlariga shaxsiy harakatlarning 
boysinishini, bir-birini tushunishni, aniq tashkily formulalarni talab 
qiladigan jamoa harakatlarisiz, hujumda to’laqonli o’yin bo’lishi 
mumkin emas. Juda kuchli, lekin sheriklari bilan birgalikda to’g’ri 
(oqilona) harakat qila olmaydigan o’yinchilardan tuzilgan hujum 
qiluvchi jamoa, malakali raqib ustidan kamdan-kam g’alabaga 
erishishi mumkin.
Jadal hujum 
Tez yorib o’tish. Bu – raqib ustidan jismoniy va texnik 
tayyorgarlikdagi ustunlikdan foydalanishga imkon beradigan, 
hujumning juda samarali sistemasidir. Uning mohiyati shundaki, 
to’pni egallagan o’yinchilar har gal qarshi hujumga o’tishadi, raqib 
shchitgacha bo’lgan masofani qisqa vaqt ichida engishga, son 
jihatdan ustunlikka erishishga va bundan foydalanib, yaqin 
masofadan savatga hujum qilishga harakat qilishadi. 
Tez yorib o’tishga hammadan ko’proq, agar jamoa to’pni 
raqibdan olib qo’ysa yoki o’zining shchitidan sapchib qaytgan to’p 
uchun kurash paytida unga ega bo’lganda amalga oshiriladi. Biroq, 
to’pni yo’n yoki en chiziqdan o’yinga kiritilishi zahoti, shuningek, 
agar raqiblar qarshi hujumga o’tgan o’yinchilarga tez oshirib 
berishga faol qarshi harakat qila olmasalar, baxs va boshlang’ch 
to’pni o’yinga tashlash paytida son jihatdan ustunlikka erishish 
mumkin. Son jihatdan o’yinchilar barobar bo’lgan paytda (1x1 yoki 
2x2) jasurona va qatyi yakka kurashish uchun imkoniyat borligini 
ham hisobga olish kerak. 
Tez yo’rib o’tishni uch qismga bo’lish mumkin: boshlanish, 
rivojlanish va yakunlash. Birinchi qismning muvaffaqiyati, oldinga 
keskin chiqishning tezligi bilan, har bir qatnashchining oldinga 
chiqishga harakat qilishi, to’pni birinchi uzatishning (ortiqcha 
harakatlarsiz) o’z vaqtida uzatilganligi bilan aniqlanadi. Agar, 


45 
albatta, to’pni sherigi egallashiga ishonch bo’lsa, u to’pni egallashga 
tayyorlanayotganda, oldinga harakat qilishni boshlashi bilanoq
o’yinchilar raqiblardan uzoqlashadi. Odatda, yo’rib o’tishda, 
himoyaning birinchi chizig’ida joylashgan 2-3 o’yinchi faol 
qatnashadilar, to’rtinchi o’yinchi ularga ko’mak beradi, beshinchi 
o’yinchi esa orqa tomonni straxovka qilishni ta’minlaydi. Bu 
o’yinchilarning harakat yo’nalishi ularning maydonda joylashganiga 
va jamoa to’pni egallay olgan joyiga bog’liq. To’psiz o’yinchilar 
keskin yugirgan vaqtda, ularning to’p egallagan sherigi raqibdan 
oldinda paydo bo’lgan o’yinchiga to’pni tezda uzatishi kerak (3-
rasm). 
Jamoa o’yinda tez yo’rib o’tishdan foydalanishga harakat qilsa, u 
buning uchun kerakli zamin yaratishi kerak. Gap to’pli o’yinchiga 
qarshi himoyada doim faol ta’sir qilish to’g’risida, o’zining shchiti va 
oldida sapchigan to’p uchun yaxshi tashkil qilingan kurash 
to’g’risida, to’pni olib qo’yish uchun bo’ladigan harakatchanlik 
to’g’risida ketyapti. 
Tez yo’rib o’tishning ikkinchi qismi – rivojlanish, o’yinchilar 
keyingi to’g’ri yo’l bo’ylab harakat qilishlarini, to’pni urib yurishni 
va maydonning o’rta qismini tezroq o’tish uchun hujumchilar 
o’rtasidagi to’pni bir-ikki uzatishni o’z ichiga oladi. Vaqt bo’yicha 
bu qism 2-3 soniyagacha cho’ziladi. 

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling