Sport o‘yinlari va uni o‘qitish metodikasi


  bo’lsa, himoyachi uning oldida to’pni uzatishiga halaqit berish uchun  turadi.  To’pli hujumchiga qarshi harakatlar


Download 1.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/36
Sana05.11.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1749655
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36
Bog'liq
Спорт ўйинлари ва уни ўқитиш методикаси qo\'llanma ТАЙЙЁР Copy

51 
bo’lsa, himoyachi uning oldida to’pni uzatishiga halaqit berish uchun 
turadi. 
To’pli hujumchiga qarshi harakatlar. To’pli hujumchiga 
qarshi kurashda himoyachi: 
a) raqibga to’pni savatga aniq otishda yo’l qo’ymaslik; 
b) raqibning shchit tomonga o’tishiga (ayniqsa kuchli, odatda, 
o’ng tomondan); 
v) to’pni xavfli yo’nalishda uzatilishiga (ayniqsa, jamoa lideri 
yoki markaziy o’yinchisiga, aniq otuvchi (snayperga) merganga 
halaqit berish); 
g) to’pni egallab olishga yo’l qo’ymaslik; 
d) raqibning oldindan tayyorlangan o’zaro harakatlanishiga yoki 
kombinatsiyalariga o’tkazish uchun qilayotgan harakatlarga halaqit 
berishishga erishish uchun harakat qilishi kerak. 
O’zining raqibini ta’qib qilayotgan vaqtda maydondagi umumiy 
vaziyatni ham kuzatib turishi shart. Bu esa o’zgarib borayotgan 
holatni o’z vaqtida baholash va o’z sheriklari bilan muvaffaqiyatli 
o’zaro harakat qilish imkonini beradi. 
4.10. Guruh harakatlari 
Himoyadagi guruh harakatlari deganda o’yin vaziyatida 
hujumchilarga qarshi harakat uchun yo’nalgan ikki yoki uch 
o’yinchining o’zaro harakati ko’zda tutiladi. Ikki o’yinchining o’zaro 
harakati usullariga straxovka qilish, o’yinchi almashish, sirg’anib 
o’tish, chekinish (sherigiga yo’l berish); uch o’yinchining o’zaro 
harakat usullariga maxsus tashkil etilgan ikki o’yinchiga 
to’qnashtirishga qarshi qaratilgan, ikki basketbolchi qo’ygan to’siqqa 
qarshi harakatlar, “uchlik”, “kichik sakkizlik”, “kesib chiqish”ga 
qarshi o’zaro harakatlar kiradi. Shchitdan sapchigan to’p uchun 
qarshi taktika masalasi alohida ko’riladi. 
Ikki o’yinchining o’zaro harakati. Himoyachilarning o’zaro 
yordam usullaridan biri – straxovka qilish. O’yinchilar doim bir-
biriga yordam berishga hamda himoyachini aldab o’tish, savatga 
xavf solayotgan hujumchini ta’qib qilishga tayyor turishlari kerak. 


52 
Straxovka qilish to’pni savatga aniq ota oladigan, tez o’tib keta 
oladigan, har xil chalg’ituvchi harakatlarni qullay biladigan, tezkor 
hujumchilarga qarshi qo’llaniladi. 
Huddi shunga o’xshash raqibning yaqindagi baland bo’yli 
markaziy o’yinchisi to’pni egallab olmasligi uchun ta’qib etib yurgan 
himoyachiga ham yordam beriladi. 
Agar to’p markaziy o’yinchiga tekkan taqdirda straxovka 
qilayotgan o’yinchi to’pni uning qo’lidan urib chiqarishga yoki to’p 
bilan oldinga o’tishga, to’pni savatga otishga halaqit berishga urinib 
ko’rishi kerak. Odatda straxovkani savatga xavf solaolmaydigan 
masofada turgan o’yinchini ta’qib qilishni bo’shashtiriboq yoki 
raqibning savatga juda kam va beqaror xavf solayotgan kamroq 
ta’qib etish bilan amalga oshiriladi. 

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling