Sport o‘yinlari va uni o‘qitish metodikasi


Uch o’yinchining o’zaro harakati


Download 1.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/36
Sana05.11.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1749655
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   36
Bog'liq
Спорт ўйинлари ва уни ўқитиш методикаси qo\'llanma ТАЙЙЁР Copy

Uch o’yinchining o’zaro harakati. Uch o’yinchining 
himoyadagi o’zaro harakati “uchlik”, “sakkizlik”, “kichik sakkiz” 
ikki basketbolchi qoyadigan juft to’siq, ikki o’yinchiga 
to’qnashtirishni bartaraf qilishning konkret usuli. 
Buning uchun yaxshi tashkil etilgan, himoyachilarni hamjihat 
kuchlari zarur. 
“Kichik sakkizlik”ka (ayniqsa markaziy o’yinchi atrofida 
o’tkazilayotgan bo’lsa), va almashish yo’rdamida ikki basketbolchiga 
to’qnashtirishga qarshilik ko’rsatish har qachon ham samarali 
bo’lavermaydi. Shuning uchun bunday o’zaro harakatga qarshi 
kurashda hujumchilarni shaxsiy ta’qib qilishdan voz kechish va 
onda-sonda himoyachilarning zona prinspini qo’llash maqsadga 
muvofiq. 
Himoyachilar (uch kishi) to’rt kishi hujumiga qarshi harakat 
qilayotgan paytda, ular jarima otish maydonchasiga muntazam 
chekinib, zona prinspiga asoslanib uchburchak hosil qilib mudofaa 
tashkil etadi.
Shchitdan sapchigan to’p uchun kurash. O’zining shchiti 
oldida sapchib qaytgan to’p uchun kurash musobaqaning o’tishi va 
uning natijasiga kuchli ta’sir etuvchi muhim holdir. Bu kurashning 


54 
muvaffaqiyati raqibning shchitga boradigan yo’lini kesib qo’yishga 
urinib jarima otissh maydonchasida “shchitdan sapchigan to’p uchun 
kurash uchburchagi”ni tashkil qilgan uch himoyachining o’zaro 
harakatiga bo’g’liq. Bundan tashqari to’rtinchi himoyachi to’pning 
shchitdan uzoqga sapchib ketishi holatiga qo’shimcha straxovkani 
ta’minlaydi.
4.11. Jamoa harakatlari 
Jamoa butun tarkibi bilan taktik maqsadga muvofiq jamoa 
harakatlari orqali mohirlik bilan himoyalanayotganda, eng qiyin 
masalani ham muvaffaqiyatli echishning yetarlicha imkoniyatiga ega 
bo’ladi. Jamoa harakatlari u yoki bu asosiy vazifani echishga 
qaratilgan mo’ljaliga qarab himoyaning ikkita turiga bbo’linadi: 
zichlashtirilgan va tarqoq himoya. 

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling