Sport o‘yinlari va uni o‘qitish metodikasi


Shaxsiy pressing himoyaning eng faol sistemasidir


Download 1.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/36
Sana05.11.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1749655
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
Спорт ўйинлари ва уни ўқитиш методикаси qo\'llanma ТАЙЙЁР Copy

Shaxsiy pressing himoyaning eng faol sistemasidir. Buning 
mohiyati 
shuki, 
to’p 
raqibning 
qo’liga 
o’tishi 
bilan 
himoyalanayotgan jamoaning har bir o’yinchisi “o’zini” 
hujumchisini butun maydon bo’ylab unga erkin harakat qilishga yo’l 
bermay, to’pni olish va o’zi xohlagan yo’nalishda uzatishga yo’l 
qo’ymay ta’qib qila boshlaydi. Pressing yo’rdamida hujumkor o’yin 


56 
olib boorish sur’atni ko’tarish, raqibni o’yinini olib boorish uchun 
mo’ljallangan rejadan voz kechishga majbur qilish mumkin.
Agar hujum qilayotgan jamoa pressinga qarshi hujumni jarima 
otish maydonchasining yarim doyrasiga chiqarilgan markaziy 
o’yinchi orqali o’tkazishga harakat qilsa, markaziy o’yinchini to’p 
olishiga yo’l qo’ymay, uni orqa – yo’n tomondan ta’qib qila boshlash 
kerak. Himoyachi tepasidan hujumchiga yuqoridan uzatilgan to’pga 
qarshi straxovkani shu paytda to’pdan ancha uzoqdagi o’yinchini 
ta’qib etib yurgan o’yinchi amalga oshirishi kerak. 
Zonali pressing. Buning mohiyati shundaki, to’p bilan bo’lgan 
o’yinchini doim ikki kishi bo’lib hujum qilib, to’pni uzatishi mumkin 
bo’lgan yo’nalishlarni tosib, zona prinspi asosida asosan raqib 
maydonida jamoaviy faol himoya tashkil etadi. To’pli hujumchilar 
III yoki IV mintaqada kirib kelganda zona pressingi vaqtincha 
birmuncha oldinga surilgan 3-2 zona himoyasi xarakterini qabul 
qiladi. Bu holda biron-bir hujumchining zonali himoya orqasiga yoki 
jarima otish maydonchasiga xavfli kirib kelganda, himoyalanayotgan 
jamoa bu hujumchini vaqtincha shaxsiy ta’qib qiladi. Maydon 
burchaklarida to’pli hujumchiga guruh bo’lib to’pni olish uchun 
hujum qilinadi.
Zonali pressingning afzalligiga qo’yidagilarni kiritish mumkin: 
a) raqib uchun kutilmaganlik; 
b) raqib jamoaning to’pni juda yaxshi olib yuruvchi etakchi 
o’yinchilariga butun maydon bo’ylab qarshi harakat imkoniyati; 
v) o’yinchiga ta’sir etib to’pni noto’g’ri uzatish, qoida buzishga 
olib keluvchi, to’pni guruh bo’lib olib qo’yishni muntazam qo’llash; 
g) bir-birini straxovka qilishni yengillashtiruvchi va to’pni olib 
qo’yishga chiqqanda tavakkalga yo’l qo’yuvchi butun maydon bo’lab 
barqaror himoya muvozanati; 
d)aniq paytda (vaziyatda) hamjihatlik va harakat qilish 
qoidalarining oddiy va oydin tushunarliligi. 

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling