50
Himoyalanayotgan jamoa oldida to’rtta asosiy vazifa turadi:
1) raqib savatga aniq, to’siqsiz to’p tashlashiga yo’l qo’ymaslik;
2) raqibdan to’pni olib qo’yish va
qarshi hujum uchun sharoit
yaratish;
3) raqibning ba’zi bir aloqalarini va o’yin liniyalari orasidagi
aloqa va o’yinchilar o’zaro
harakatlarini buzib, hujum qilish uchun
tayyorlov operasiyalarini o’tkazishga qarshilik ko’rsatish;
4) raqibni tez qarshi hujumga o’tishga yo’l qo’ymaslik.
4.9. Yakka harakatlar
To’pli yoki to’psiz hujumchiga qarshi harakatlar turlicha,
garchand, ikkala holda ham raqibning
kuzatish va u bilan faol
kurashish kerak.
To’psiz hujumchiga qarshi harakatlar. To’psiz hujumchini
ta’qib
qilganda, himoyachi:
a) hujumchiga savatga hujum qilish uchun qulay pozisiyaga
chiqib ishga yoki shu pozisiyada to’pni qabul qilib olishga yo’l
qo’ymaslik;
b) raqib hujumchisi yoki lideriga yo’naltirilgan to’pni olib
qo’yish;
v) raqibning o’zaro harakat
qilish uchun siljishlarga, ayniqsa
maydonning o’rtasidan shchit tomonga keskin qo’yiladigan
blokirovkaga e’tibor bergan holda qarshilik ko’rsatish kerak.
Himoyachi o’zi ta’qib qilayotgan hujumchilar va o’zining savati
ostida shunday joylashishi kerakki, bunda u hujumchini ham, to’pni
ham ko’rishi lozim. Himoyachining hujumchiga
nisbatan holati va
ular orasidagi masofa har qanday aniq vaziyatga raqibning tezligi,
bo’yi va og’irligi hisobga olingan holda aniqlanishi kerak. Raqibning
markaziy o’yinchisini ta’qib
qilayotgan himoyachi, u bilan qulay
pozisiya va to’pni olish uchun kurashishi kerak. Markaziy o’yinchiga
to’pni
shchitdan uzoqlashib, u qo’shimcha harakat qilgan holdagina
to’pni egallashiga yo’l qo’yish mumkin. Agar u shchitning yaqinida