Yuqori ko‘rsatkichli sportda shaxs motivatsiyasining o‘ziga xos xususiyatlari - Sport bilan shug‘ullanish inson shaxsiyatini keskin ravishda o‘zgartiradi. Sportda yuqori natijalarni qo‘lga kiritish uchun sportchi shaxsiyatida bir qator xususiyat va sifatlarini shakllantirish hamda rivojlantirish kerak bo‘ladi. Ana shunday muhim xususiyatlardan biri – bu sport faoliyatining motivlaridir. Sport faoliyatining motivlari sportchining shaxsiy ehtiyojlariga xizmat qilib, ular induvidual xarakterga egadir. SHu sababli ham sportchilar turli motivlarga ega bo‘ladilar va bu motivlar sportchilar shaxsining g‘oyaviy yo‘nalishiga, ularning sport mahorati darajasiga, yoshiga, sport sohasidagi staji va hokazolarga bog‘liq bo‘ladi
Sportchi shaxs faoliyatiga asab tizimi va temperamentning ta’siri - Sportchilarning faoliyatiga asab tizimi va temperamentning o‘ziga xos xususiyatlari juda katta ta’sir ko‘rsatadi. I.P.Pavlovning ta’limotiga ko‘ra, temperamentning fiziologik asosi - oliy asab faoliyatining muayyan turi hisoblanadi. U asab tizimining qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarini kuchi, muvozanatliligi va xarakatchanliligi orasidagi xar xil mutanosibligi bilan xarakterlanadi.
- Qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarining kuchi asab hujayralarining ishchanligi, ularning kuchli va uzoq muddatga cho‘ziladigan qo‘zg‘atuvchilarga nisbatan chidamliligini ifodalaydi.
- Asab jarayonlarining muvozanatliligi – qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarining o‘zaro muvozanati – ya’ni balansini ifodalaydi. Asab tizimi qo‘zg‘alish jarayonining kuchi tormozlanish jarayonining kuchiga teng bo‘lgandagina muvozanat holatida bo‘ladi. Ulardan birining kuchi oshib ketganda esa asab tizimida muvozanatsizlik yuzaga keladi.
Sportchi shaxs faoliyatiga asab tizimi va temperamentning ta’siri - Asab jarayonlarining harakatchanligi asab hujayralari- ning qo‘zg‘alish holatidan tormozlanish holatiga tez o‘tishi bilan bog‘liq, aks xolat esa inertlik hisoblanadi.
- Temperamentning xususiyatlariga quyidagilar kiradi: senzitivlik, reaktivlik, aktivlik (faollik), reaksiya sur’ati, plastiklik-rigidlik, ekstraversiya-intraversiya (V.S.Merlin).
- Senzitivlik u yoki bu psixik reaksiyani keltirib chiqaruvchi qo‘zg‘atuvchining eng kam kuchi bilan ifodalanadi. Senzitiv kishilar sezgilar qo‘zg‘atuvchining minimal intensivligini xis etadi, chunki ularning sezuvchanligi juda yuqori bo‘ladi.
- Reaktivlik - emotsional javobning kuchi bilan belgilanadi. Reaktiv odam – bu o‘ta ta’sirchan bo‘lib, u har qanday tashqi va ichki ta’sirlarga emotsional tarzda o‘z munosabatini bildiradi.
- Aktivlik (faollik), ushbu xususiyat kishining shijoati va g‘ayratida namoyon bo‘lib, bu xususiyatga ega bo‘lgan kishilar o‘z maqsadlari yo‘lidagi barcha to‘siqlarni juda katta qat’iyat bilan engib o‘tadilar, o‘zlarining maqsadlari yo‘lidagi matonat va qat’iyatlilikni namoyon etadilar.
- Reaksiya sur’ati kishidagi bilish, emotsional, irodaviy, shuningdek nutqiy hamda xatti-harakat reaksiyalari kabi psixik jarayonlarning kechish tezligini anglatadi.
- Plastiklik-rigidlik. Plastiklik insonning tevarak-atrofida o‘zgarayotgan hayotiy shart-sharoitlarga, faoliyat turiga, atrof-muhitga engil va qiyinchiliklarsiz moslashuvchanligini anglatsa, rigidlik uning bu borada mo‘rtligini, ya’ni atrofidagi barcha o‘zgarishlarga tez moslasha olmasligini, xatti-harakatlarining bir qolipga tushib qolganligini ifodalaydi.
- Ekstraversiya-intraversiya. Ushbu xususiyatlar insonning ko‘proq tashqi muhitga murojaat qilishi (ekstroversiya) yoki o‘zining ichki timsollar olami, tuyg‘u va o‘ylari (introversiya)ga murojaat qilishini anglatadi. Kishilarning ruhiyatidagi ana shu ikki yo‘nalishdan qaysi biri ustun ekanligi ularning reaksiyasini, faoliyatini, ularning kirishimli ekanligini yoki odamoviligini belgilab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |