Sportchilarning normal va patologik davrlarida yurak qon tomir tizimining xarakteristikasi. Reja


Sportchilar yuragining struktur (tuzilish) xususiyatlari


Download 36.95 Kb.
bet2/4
Sana15.03.2023
Hajmi36.95 Kb.
#1270038
1   2   3   4
Bog'liq
3.Sportchilarning normal va patologik davrlarida yurak qon tomir tizimining xarakteristikasi

Sportchilar yuragining struktur (tuzilish) xususiyatlari

Sportchilar yuragining kattalashishi, yurak bo’shliqla-rining kengayishi, yurak qorinchalarining va yurak bo’lmachalari devorlarining qalinlashishiga bog’liqdir.


Dilyatatsaya – yurak bo’shliqlarining (qorinchalar va bo’lmachalar) kengayishidir. Yurak qorinchalarini kengayishi katta ahamiyatga ega. Bu sportchilarning yuragining eng muhim funktsional xususiyatlari yuqori ish qobilyatini ta’minlaydi. Sportchilarni yuragini katta kichikligini aniqlashda tele-rentgenometrik va ultratovushli exokardiografiya usullari qo’llaniladi.
Sog’lom, jismonan chiniqmagan 20-ZO yoshdagi erkaklarda yurak hajmi o’rtacha 760 sm ga teng bo’ladi, ayollarda esa 580 sm. Ma’lumotlarga qaraganda eng katta yuraklar chidamlilikni rivojlantiruvchi sport turlari bilan shug’ullanuvchilarda (velosiped, o’rta va uzoq masofaga yugurish, chang’i sporti) uchraydi va bu ko’rsatkich 800-1200 sm3 ni tashkil etadi. Boks, karate, sport o’yinlari bilan shug’ullanuvchi sportchilarning yuraklari ko’zga ko’rinarli kattalashmaydi.
Asosan tezkorlik va kuchni rivojlantiruvchi sport turlari bilan shug’ullanuvchilarning yuragi sport bilan shug’ullan-maganlarnikidan kam farqlanadi. Demak, dilyatatsiya asosan chidamlilikni rivojlantiruvchi sport turlari bilan shug’ulla-nuvchilarga ta’luqlidir. Ratsional ravishda mashq qilmagan vaqtda eng kuchli sportchi yuragining massasi kamdan-kam hollarda va juda oz miqdorda 500 g kattaligidagi kritik holatidan sal ortiq bo’ladi.
Haddan tashqari yurak hajmining kattalashuvi (1200-1700 sm3) noto’g’ri mashg’ulotlar uyushtirilishi natijasida yurak mushaklarini zararlanishini ifodalaydi. Sport tibbiyoti amaliyotida shaxsiy nisbiy yurak hajmi (yurak hajmi ko’rsatkichi sportchining vazniga bo’linadi) aniqlanadi.
Oxirgi yillarda sportchilarning yuragini tekshirishda ultra-tovush, exokardiografiya usuli keng qo’llanilmoqda. Exokardiogrammada yurakning sistola va diastola davridagi faoliyatini, bo’shliqlar diametrini, devorlarining va qorincha-lararo pardasining qalinlashganligini aniqlash mumkin.
Maxsus formulalar yordamida qorincha bo’shlig’ining oxirgi diastolik hajmi (ODX) va oxirgi – sistolik hajmi (OSX) miokard massasi (MM), urush hajmining (UX) hisoblab chiqish mumkin. ODX-sport yuragini kengayishi (dilyatatsiya) darajasini o’lchami bo’lib sportchilarda sport turiga qarab 100-200 ml atrofida, shug’ullanmaganlarda esa 80-140 ml bo’ladi.
Miokardning fiziologik gipertofiyasi (kattalashishi) sportchi yuragining ikkinchi struktur (tuzilish) hususiyatidir. Umumiy gipertrofiyaga o’xshab yurak gipertrofiyasi a’zoni ish qobilyatini oshirishni ta’minlashda muhim moslanish mexanizm-dir. Jismoniy mashg’ulotlarni bajarilishida sport yuragi bir qisqarishda tinch holatga qaraganda ikki baravar, qisqa vaqt davomida 2-3 marta ko’proq qonni haydashi kerak. O’z - o’zidan ko’rinib turibdiki, qon haydashda kuch oshmoqligi lozim. Bu miokard gipertrofiyasi yurak muskulini kattalanishi tufayli amalga oshadi.
Jismoniy yuklanishlar ta’siridagi miokardning kattala-nishi (qalinlanishi) sarkomerlarning soni, mitoxondriyalarning soni va ularni kattalanishi, ribosomalar va yurak mushagining qisqartiruvchi boshqa elementlarning soni ko’payishi evaziga yuzaga keladi.
Yurak massasini kattalanishi miokardning gipertrofiya-sini asosidir. Tabiyki, yurakning gipertrofiyasi, patologik gipertrofiyaga chalingan bemorlarga qaraganda bir muncha kichikroq. Yurakka tushadigan jismoniy yuklanishlarni kamayishi miokardning fiziologik gipertrofiyasiga qaytishi mumkin.
Marhum sportchilrni yuragini tekshirilganda ko’pchiligida yurakning massasi normaning yuqori darajasida yoki normadan oshganligi isbotlangan (N.D. Graevskaya, Raydel va boshqalar)
Yurakning ishchan gipertrofiyasi kapillyar tolalarini oshishi bilan xarakterlanadi, usiz yurakni kam darajali giper-trofiyasi ham miokard tolalarini nisbiy kislorod ochligiga olib kelishi mumkin.
Ishchan gipertrofiya rivojlanishida miokard tolalarining soniga nisbatan kapillyarlar soni oshadi (Komadel va boshqalar), shu tufayli mushak elementlarni qon bilan ta’minlanishi o’zgarmaydi. Maqsadga muvofiq rivojlangan miokardning ishchan gipertrofiyasi haqidagi so’zlar faqat uning mo’tadil daraja-rigagina ta’luqlidir. Ratsional ravishda mashq qilingan vaqtda eng kuchli sportchi yuragining massasini kamdan-kam hollarda va juda oz miqdorda 500g kattaligidagi kritik holatidan sal ortiq bo’ladi. Agarda gipertrofiya haddan tashqari bo’lsa, bunda miokardning qon bilan ta’minlanishi yomonlashadi. Bu holat-larda ayrim mushak elementlarining nisbiy kislorodga ochlik holatlari vujudga keladi. Bular natijasida yurak hujayralari nekrozga (o’lim) uchraydi. Keyinchalik o’lgan mushak to’qimalari qo’shimcha to’qimalar bilan almashladi, boshqacha aytganda kardiosileroz kasalligi rivojlanadi.
Bunday gipertrofiya (kattalanishi) sog’ sportchi yuragini isbotlamaydi. Yurak gipertrofiyasining bu turi sport mashg’ulotlarining noratsional qo’llanishida, sodir bo’lgan ayrim kasalliklarda vujudga kelishi mumkin. Haddan tashqari miokard gipertrofiyasi, haddan tashqari yurak dilyatatsiyasi kabi (yurak bo’shliqlarning kengayishi) sportchilar yuragining kasallanishi haqida ma’lumot beradi. Bunday yurakning qisqarish hususiyati pasayadi va uning ishqobiliyati kamayadi.

Download 36.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling