Sportning nazariy asoslari
Sport trenirovkasiga gigiyenik talablar
Download 39.93 Kb.
|
SPORTNING NAZARIY ASOSLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Trenirovka mashqlarini rejalashtirish va o`tkazishda gigiyenik talablar buzilishining salbiy oqibatlari.
Sport trenirovkasiga gigiyenik talablar.
Sport trenirovkasi – sportchilarni tayyorlashning asosiy shakli hisoblanadi. Trenirovkaning vazifasi rejalashtirilgan jismoniy mashg`ulotlarni muntazam qo`llash natijasida sportchi organizmining funksional imkonini takomillashtirish va sportda yuqori ko`rsatgichlarga erishishdir. Jismoniy tarbiya va sportning asosiy maqsadi shug`ullanuvchilar sog`lig`ini mustahkamlash bo`lganidek, trenirovkaning asosiy vazifasi va maqsadi sportchi organizmini tashqi muhitning noqulay ta`sirlariga chidamligini oshirish, jismoniy rivojlanishini yaxshilash, sog`lig`ini mustahkamlash, funksional imkonini oshirish va jismoniy chiniqtirishdan iboratdir. Trenirovkaning yuqorida bayon etilgan maqsad va vaziflari to`liq amalga oshishi uchun uning tashkil etilishi va o`tkazilishi gigiyenik talablarga to`liq mos bo`lishi kerak. Jumladan, 53 1. Trenirovka bilan shug`ullanuvchi sportchi gigiyenik talablar asosida tuzilgan kun tartibiga rioya qilishi shart. Kun tartibida sportchining trenirovka mashqini o`tkazish vaqti, dam olishi, ovqatlanishi va boshqa gigiyenik omillar aniq ko`rsatiladi. 2. Trenirovka mashqi yuklamasining hajmi sportchi organizmining funksional imkoniga mos bo`lishi kerak. 3. Trenirovka mashg`uloti o`tkaziladigan sport inshoati, uning jihozlari, sportchining kiyimi, poyabzali, himoya vositalari gigiyena talablariga to`liq javob berishi lozim. 4. Trenirovka mashqlari jarayonida sportchilarda o`ta charchash, zo`riqish va shikastlanish kabi noxush holatlarning oldini olishga qaratilgan va yuqoridagi 1, 2, 3 bandlarda bayon etilgan chora-tadbirlar trener tomonidan to`lig`icha amalga oshirilishi lozim. Trenirovka mashqlarini rejalashtirish va o`tkazishda gigiyenik talablar buzilishining salbiy oqibatlari. Trenirovka mashqlarini rejalashtirish va o`tkazishda gigiyenik talablarning buzilishi tufayli quyidagi salbiy holatlar yuzaga keladi: 1. Trenirovka mashqlarini bajarish jarayonida sportchi organizmi tez charchaydi. 57 2. Sportchida murakkab harakatlarni bajarishga shartli reflekslar hosil bo`lmaydi. Natijada u murakkab harakatlarni oson va tez bajarish imkoniga ega bo`lmaydi. 3. Trenirovka mashqlarini bajarish sportchi organizmining funksional imkonini oshirish o`rniga pasaytiradi, kuchsizlantiradi. 4. Sportchida jismoniy chiniqish belgilari yuzaga kelmaydi. Uning sport ko`rsatgichlari pasayadi. 5. Trenirovka mashqlarini bajarish jarayonida gigiyenik talablarga rioya qilmaslik sportchida o`ta charchash, o`tkir yoki surunkali zo`riqish hamda bular bilan bog`liq kasallik va shikastlanish holatlarining yuzaga kelishi ko`payadi. Download 39.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling