Ssyenariys I


Shu vaqtda cho‘li iroq musiqasi ostida Navoiy chiqib keladi va ohista gap boshlaydi


Download 64 Kb.
bet4/4
Sana22.03.2023
Hajmi64 Kb.
#1286084
1   2   3   4
Bog'liq
Navoiyxonlik 2020

Shu vaqtda cho‘li iroq musiqasi ostida Navoiy chiqib keladi va ohista gap boshlaydi:


Turk nazmida chu men tortib alam
Ayladim ul mamlakatni yak qalam
Olibmen taxti farmonimg‘a oson
Cherik tortmay Xitodin to Xuroson
Biroz sukut saqlaydi va deydi:
"Umidim uldurki va hayolimga andoq kelurki, so‘zim martabasi avjdan quyi enmagay va yozgan asarlarimning tantanasi a’lo darajadan o‘zga еrni yoqtirmagay"...
2-boshlovchi:
Alisher Navoiy ijodiy merosini baland tog‘ deb tasavvur qiladigan bo‘lsak, bu tog‘ bizning ortimizda emas, hamisha qarshimizda, biz intiladigan, cho‘qqilariga havas bilan qaraydigan, u sari yuksalishni orzu qiladigan tog‘. Bu tog‘ning viqori necha asrkim bizni o‘ziga maftun qiladi.
1-boshlovchi:
Mustaqillik yillarida esa Alisher Navoiy asarlarini yanada kengroq o‘rganish imkoniyati paydo bo‘ldi. Xususan, uning bir qator asarlarida din bilan bog‘liq bo‘lgan, oldin qisqartirib berilgan, bo‘laklari to‘liq chop etila boshlandi. Undan tashqari buyuk shoir va mutaffakir nomini ulug‘lash maqsadida Toshkentda Alisher Navoiy nomli Milliy bog‘ barpo etilib uning o‘rtasida shoir haykali o‘rnatildi. Undan tashqari O‘zbekistonda Alisher Navoiy nomli Davlat mukofoti ta’sis etildi, bir necha oliy o‘quv yurtlariga, Davlat kutubxonasi, Katta akademik opera va balet teatriga Alisher Navoiy nomi berildi. Shuningdek, Navoiy nomi O‘zbekistonning markaziy viloyatlaridan biriga ham berilgan.


2-boshlovchi:
Sen o‘zbek xalqining o‘chmas vijdoni.
Bilmak Navoiyni bu zo‘r ma’rifat nishoni.
Bilmak Navoiyni bu – o‘z naf’i yo‘q ziyoni,
Bilmak Navoiyni bu yuksakka eltar oni,
Bilmak Navoiyni bu oyinai jahoniy
E’tiboringiz uchun rahmat.
Download 64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling