Standart primitivlari avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari maqsad va vazifalari, klassifikatsiyasi hamda ta’minot turlari


Konseptual loyiha asosida analitik va sonli modellar yaratish


Download 0.92 Mb.
bet3/10
Sana15.03.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1269043
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
3. Konseptual loyiha asosida analitik va sonli modellar yaratish.
Chekli elementlar usuli
Chekli elementlar usuli (ChEU) ko’plab masalalarni sonli usulda hal etishga tadbiq etiladi, misol uchun turli xil mexanik konstruksiyalarni loyihalash, issiqlik va suyuqlik oqimlari (kompleks fizik jarayonlar) taxlilida, ximik jarayonlarni kuzatish, elektromagnetizm va h.k. soxalarda juda keng qo’llaniladi. Ushbu amaliy mashg’ulot orqali ChEUning faqat sodda konstruksiya yoki detalning tashqi kuchlar ta’sirida egilishi, bukilishi va siqilishi masalalarida qo’llanilishi bilan cheklanadi.
Ko’p xollarda ixtiyoriy detal yoki biror bir konstruksiyani ishlab chiqarishdan oldin uning prototipi yaratiladi va tekshiriladi. Agar tekshirishda ba’zi defektlar yoki kamchiliklar topilsa, ular bartaraf etiladi va prototip qaytadan yaratilib yana tekshiriladi. Bu odatiy usullarga boshqacha yondashuv – chekli elementlar taxlili (ChET). ChET yaratilayotgan detal yoki konstruksiyaning tashqi kuchlarga yoki tashqi ta’sirga reaksiyasini ko’rsatib beradi. ChET da detal yoki konstruksiya kichik (chekli) regionlarga (elementlarga) bo’linadi. Har bir element bu:

ChET usuli bir qator ustunliklarga va qulayliklarga ega, ya’ni:

  • Yaratilayotgan detal yoki konstruksiyaning fizik harakatini virtual sharoitda namoish eta oladi;

  • Detal yoki konstriksiyaning prototiplari sonini kamaytirishi oqibatida yangi mahsulotni ishlab chiqarishga sarflanadigan vaqt va mablag’ning keskin tejalishiga olib keladi;

  • Yaratilayotgan detal konstruksiyasini optimallashtiradi.

ChEU da siz loyihalanayotgan detal yoki konstruksiyani aynan geometriyasiga mos keluvchi model talab etilmaydi, balki uning matematik modelini berilgan chegaraviy shartlarga asoslanib, yozib bera oladigan model yaratsangiz kifoya. ChEU boshqa sonli usullarga nisbatan quyidagi afzallik va qulayliklarga ega:

    1. ChEU orqali kompleks va murakkab bo’lgan geometriyadagi va chegaraviy shartlarga (boundary conditions) ega detal va konstrukasiyalarni hisoblash imkoniyati mavjud;

    2. Bir necha turdagi masalalar uchun umumiy bo’lgan yagona dasturiy kodlarni yaratish va uni boshqarish qulay.

    3. Hozir juda ko’p tekshirilgan va foydalanuvchiga qulay dasturiy kodlar hamda mahsulotlari mavjud.

ChEU ma’lum aniqlik darajasiga ega, biroq topilgan yechimlarning aniqlik darajasini bir qator yo’llar bilan yana oshirish mumkin. Misol uchun:

  • Yaratilayotgan modelni yanada ko’proq elementlarga ajratish;

  • Masala shartiga va detal geometriyasiga asosan element turini tanlash;

  • Mos chegaraviy shartlarni qo’yish;

  • Masalaning qo’yilishiga ko’ra modelni turli elementlarga ajratish.

  • va h.k.





Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling