Chizish uskunalari
Odatda 2D-dasturlari tarkibida geometrik elementlarni yasash uchun to‘g‘ri va egri chiziq, aylana, ellips, uchburchak, to‘rtburchak hamda ko‘pburchak uskunalari mavjud. Bundan tashqari figuralarni ranglash, shtrixlash uskunalaridan ham foydalaniladi. Maxsus uskunlar matnli elementlar, izoh va annotatsiyalarni yaratishni ta’minlaydi. O‘lchamlarni avtomatik tarzda qo‘yish orqali maxsus standartlarga mos ravishda chizma o‘lchamlari tezroq qo‘yiladi.
2D dasturlarining foydalanuvchi interfeyslari juda qulay ko‘rinishga ega bo‘lib, AutoCAD interfeysini takrorlaydi. U buyruqlar satriga kiritiladigan tizimli buyruqlarni ishlatishga asoslangan. Ushbu buyruqlar menyu va uskunalar oynasida ham o‘z aksini topgan. Koordinatlarni ko‘rsatish uchun buyruqlar satrida qiymatlar kiritiladi yoki chizma maydoniga kursor joylashtiriladi. Shu kursorlar orqali chizma elementlari yakka yoki guruhli tanlanishi mumkin. Geometrik elementlarni tanlashda ob’ektlarni tahrirlash imkoniyatini beruvchi maxsus qo‘l (handles) hosil bo‘ladi, shuningdek ob’ektni sonli va matnli parametrlarini o‘zgartirish uchun alohida oyna (property sheets) taqdim etiladi.
Sohalarga oid maxsus dastur modullari
Aniq soha ish unumdoligini oshirish maqsadida chizmachilik amallarini bajarishni tezlashtiruvchi bir nechta maxsus modullar, ya’ni devorlarni qurish, truborovodlar, qotiriluvchi elementlar va boshqalar yaratilgan.
Shu tarzda, AutoCAD universal platformasi bazasi tarkibida sohalarga moslashtirilgan bir nechta dasturlar ishlab chiqildi:
AutoCAD Architecture – arxitektra-qurilish ishlarini loyihalash;
AutoCAD Civil 3D – infratuzilmalarni loyihalash;
AutoCAD Electrical – elektrotexnik ishlarni loyihalash;
AutoCAD Mar 3D – kartografik ma’lumotlarni yaratish va boshqarish;
AutoCAD Mechanical – mashinasozlik chizmalarini loyihalash;
AutoCAD MYeR – bino va inshootlarning muhandislik ishlarini loyihalash;
AutoCAD Raster Design – qog‘ozli hujjatlarn qayta ishlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |