Standart primitivlari avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari maqsad va vazifalari, klassifikatsiyasi hamda ta’minot turlari


-rasm. Loyihalashni avtomatlashtirishning asosiy maqsad va usullari


Download 0.92 Mb.
bet2/10
Sana15.03.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1269043
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
8.2-rasm. Loyihalashni avtomatlashtirishning asosiy maqsad va usullari


ALT klassifikatsiyasi
Muhandislik faoliyatini bir nechta ketma-ket bosqichlarga ajratish mumkin: loyihalash, konstruksiyalash, tayyorgarlik va ishlab chiqarishni tashkil etish. Bunga mos ravishda, muhandislik faoliyatini avtomatlashtirish vositalari o‘z vazifasiga ko‘ra quyidagicha klassifikatsiyalanadi:

  • SAD (Computer Aided Design) - loyihalashni avtomatlashtirish vositasi bo’lib 2 o’lchamli va 3 o’lchamli geometrik loyihalash yoki texnologik hujjatlarni tayyorlash dasturi hisoblanadi.

  • CAE (Computer Aided Engineering) - muhandislik hisoblashlarni avtomatlashtirish vositasi, fizik jarayonlarni foydalanishni tahlil qilish, dinamik modellashtirish, buyumlarni optimallash va tekshirish.

  • SAM (Computer Aided Manufacturing) - buyum ishlab chiqarishda texnologik tayyorgarlik vositasi, avtomatlashtirishni dasturlash va jihozlarni boshqarish. Rus analogi bo’yicha - ishlab chiqarish tizimini avtomatlashtirish.

  • SARR (Computer Aided Process Planning) - CAD va CAM tizimlari kesimida qo’llaniladigan texnologik jarayonlarni rejalashtirishni avtomatlashtirish vositasidir.

  • PDM (Product Document Management) - hujjat almashinuvini boshqarish vositasi.

  • GIS (Geoinformatics Systems)- geoaxborot tizimlari.

O‘z navbatida CAD vositalari turli sohalarda qo‘llanilishi bo‘yicha ajratiladi:

  • MCAD (Mechanical Computer Aided Design)- mashinasozlikda CAD

  • EDA (Electronic Design Automation)- elektron qurilmalarni avtomatik loyihalash tizimlari

  • AEC (Architecture Engineering and Construction)- qurilish- arxitekturani avtomatik loyihalash tizimlari

CAE vositalari esa mos ravishda quyidagi tizimlarga bo‘linadi:

  • mustahkamlikni hisoblash (asosan chekli elementlar usuli);

  • issiqlikni hisoblash;

  • (CFD, Computational Fluid Dynamics)- gidroaerodinamik hisoblash;

  • kinematik analiz;

  • (MES, Mechanical Event Simulation)- mexanik simulyatsiyalar;

  • oqim va bosimni qayta ishlash jarayonlarini boshqarish;

  • elektromagnitli va elektrodinamik hisoblashlar;

  • optimallashtirish tizimlari.

Holati va avtomatlashtirish darajalari bo‘yicha quyidagicha klassifikatsiyalanadi:
1) loyihalash ob’ektlarining xilma-xilligi va qiyinchilik darajasi bo‘yicha:
a) quyi murakkabli ob’ektlar uchun ALT (tarkibidagi qismlar soni 100 tagacha);
b) o‘rtacha murakkabli ob’ektlar uchun ALT (100-10 000);
v) yuqori murakkabli ob’ektlar uchun ALT (10 000 dan yuqori);
2) avtomatlashtirilganlik darajasi bo‘yicha:
a) quyi avtomatlashtirilgan (25% gacha);
b) o‘rta avtomatlashtirilgan (25-50%);
v) yuqori avtomatlashtirilgan (50-75%);

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling