Standartlash tizimi
Standartlashtirish bo’yicha boshqa xalqaro tashkilotlar. Sifat bo’yicha yevropa
Download 214.42 Kb. Pdf ko'rish
|
9-MAVZU. XALQARО ELEKTRОTEXNIKA KAMITETI. STANDARTLASH BO’YICHA BОSHQA XALQARО TASHKILОTLAR. XОRIJIY MAMLAKATLARNING STANDARTLASH TIZIMI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sinov laboratoriyalarining tasdiqlash bo’yicha konferesiyasi (ILAK)
- Standartlashtirish bo’yicha Skandinaviya davlatlari o’rtasidagi tashkilot (INSTA).
Standartlashtirish bo’yicha boshqa xalqaro tashkilotlar. Sifat bo’yicha yevropa tashkiloti(EOK) Sifatni nazorat qilish yevropatashkiloti YeOKK (Evropeskaya organizimsiya po kontrolyu kachestva)bo’lib, uning birinchi konferesiyasi 1957 yilda chiqarilgan va shu yilning o’zida uni imzosi xam tasdiqlandi. Sinov laboratoriyalarining tasdiqlash bo’yicha konferesiyasi (ILAK) ISO va MEK ishlab chiqqan xalqaro qoidalarga asosan laboratoriyalarni kreditlashdan maqsad sinov laboratoriyalarni aniq sinovlar yoki aniq tur sinovlari (ISO MEK Rukovodstvo 2. 86)o’tkazishga xuko’k berishdan iborat. Standartlashtirish bo’yicha Skandinaviya davlatlari o’rtasidagi tashkilot (INSTA). Skandinaviya davlatlari o’rtasidagi standartlashtirish tashkiloti 1952 yilda tashkil etilgan. Bu tashkilotning a’zolari bo’lib Daniya, Norvegiya, Finlyandiya va Shvesiya xisoblanadi. Ushbu tashkilotlar uzlarining standartlashtirish bo’yicha miiliy organlari xamda standartlashtirish masalalari bo’yicha shugullanidigan bir qator tashkilotlar bilan INSTA tashkilotining asosiy xususiyati shundan iboratki, bu tashkilot mintaqaviy umumskandinaviya standartlarini ishlab chikmaydi. Bu xolat shu bilan bog’liqki, ushbu mamlakatdlarda tashki savdo juda kuchli rivojlangan va ular uz faoliyatlarida xalqaro standartlardan foydalanishadi. Masalan, Daniya 70 - yillar boshlarida milliy standartlarni ishlab chiqishdan to’liq voz kechdi va xalqaro normativ xujjatlarga utdi. INSTA tashkiloti o’zining asosiy vazifalari sifatida quyidagilarni balgilab olgan: Skandinaviya mamlakatlarining muvofiqlashtirilgan milliy standartlarini yaratish, miiliy me’yoriy xujjatlardagi texnik talablarni ixchamlashtirish (unifikatsiya), takrorlashga yo’l kuymaslik uchun standartlashtirish bo’yicha ishlar to’g’risidagi axborotlar bilan ayirboshlashni tashkil etildi. ISO, MEK va SEN tashkilotlari va boshqa tashkilotlar bilanmuvofiqlashtirilgan siyosatni olib borish. Standartlarni muvofiqlashtirishda INSTA mutaxassislari «4F» foydasiga amal qilinadi: 1. Forbruker (iste’molchi); 2. Fabrikant (ishlab chiqaruvchi); 3. Forskrifter (xavfsizlik); 4. Forsksning (tadkikot natijalari). INSTA ga a’zo bo’lgan mamlakatlarda me’yoriy xujjatlarning ishlab chiqarishning asosi sifatida ISO va MEK, SEN va SENELEK tashkilotlarining me’yoriy xujjatlari asos qilib olinadi. Ishlab chikqilgan me’yoriy xujjatlar INSTA ga a’zo bo’lgan barcha mamlakatlarda ma’kullangandan keyin milliy me’yoriy xujjatlar sifatida qabul qilinadi. INSTA tashkiloti uz faoliyatining asosiy yo’nalishi sifatida Skandinaviya mamlakatlari orasida o’zaro tushunishni ustivor yo’nalish deb xisoblaydi. INSTA ga a’zo bo’lgan mamlakatlarda o’zaro axborot ayirboshlashda uyg’unlashgan stnadartlar kataloglari tashkil qilinadi. INSTA mamlakatlarida milliy standartlarni uyg’unlashtirish bo’yicha quyidagi yo’nalishlar ustuvor yo’nalishlar deb xisoblanadi: mashinasozlik va stanoksozlik, ish urishlarining xavfsizligi, foydalanish bo’yicha ishonchlilik, yonginga qarshi vositalarning xavfsizligi. Download 214.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling