Standartlashtirish maqsadi va asosiy tushunchalar Reja: Standartlashtirish maqsad va vazifalari. Asosiy tushuncha va atamalar


Download 7.21 Kb.
Sana03.12.2023
Hajmi7.21 Kb.
#1798235
Bog'liq
Презентация Microsoft PowerPoint


Standartlashtirish maqsadi va asosiy tushunchalar
Reja:
1. Standartlashtirish maqsad va vazifalari.
2. Asosiy tushuncha va atamalar.
3. Standartlashtirishning asosiy tamoyillari.

Standartlashtirish maqsad va vazifalari.

  • Standartlashtirish asosiy maqsadi mahsulotlar va xizmatlar sifati, havfsizligi va raqobatbardoshliligini ta'minlashdir.

Standartlashtirishning afzallik jihatlari.

  • Uni shunday ta'riflash mumkin, standartlashtirish iqtisodiyotni maksimallikka erishishiga qaratilgan. Standartlar jamiyatning turli jabhalarida bir qancha afzalliklar olib kiradi.

Standartlashtirishning ba’zi imtiyozlari quyidagicha:


Ishlab chiqaruvchilar uchun standartlar:
Ishlab chiqarishning mantiqiy jarayoni.
Isrof qilinayotgan material yoki mehnatni kamaytirish yoki yo’q qilish.
Xom ashyo va tayyor mahsulotlar anjomlarini kamaytirish.
Ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish.
Mijozlar uchun standartlar:
Yaxshi sifat uchun pul berish.
Yetkazib beruvchilar bilan har qanday nizolar bo'lsa, ularni hal qilish uchun qulay.
Savdogarlar uchun standartlar :
Tovarlar va xizmatlar uchun nizolarni qabul qilish yoki rad etish uchun asos bo'lib xizmat qiladi.
Noto'g'ri xat-xabarlar kelishini yoki to'liq spetsifikatsiya materiallari yoki mahsulotlarini kechikishini kamaytirish.
Texnologlar uchun standartlar:
Tovarlar va xizmatlarni yanada takomillashtirish uchun ilmiy tadqiqotlar va rivojlantirishning yangi bosqichlarini shakllanishida xizmat qiladi.

Asosiy tushuncha va atamalar. Standartlar va Standartlashtirish.


Standart -bu mahsulot yoki xizmatlar uchun talablar, qoidalar va ko'rsatmalarni o’zaro bir-biri bilan mutanosib kelishini ta’minlovchi hujjat hisoblanadi. Bu talablar, ba'zan, mahsulotlar yoki xizmatlar jarayonlari tavsifi bilan tushuntiriladi.
Standartlar kelishuvlar natijasidir va ular tegishli organ tomonidan tasdiqlanadi.
Standartlar maqsadi belgilangan doiradagi tartibini optimal darajasiga erishishdir.
Standartlashtirish - Standartlarni shakllantirish, ishlab chiqish va tadbiq etish jarayoniga aytiladi.
Standart - bu ko’pchilik manfaatdor tomonlar kelishuvi (konsensus) asosida ishlab chiqarilgan va ma’lum sohalarda eng maqbul darajali tartiblashtirishga yo’naltirilgan hamda faoliyatning har xil turlariga yoki natijalariga tegishli bo’lgan umumiy va takror qo’llaniladigan qoidalar, umumiy qonun-qoidalar, tavsiyalar, talablar va usullarini o’z ichiga olgan hamda, belgilangan va tan olingan idora tomonidan tasdiqlangan me’yoriy hujjatdir.
Standartlashtirish deganda mavjud yoki bo’lajak masalalarga nisbatan umumiy va ko’p marta tatbiq etiladigan talablarni belgilash orqali ma’lum sohada eng maqbul darajada tartiblashtirishga yo’naltirilgan ilmiy-texnikaviy faoliyat tushuniladi.
Standartlashtirish obekti sifatida standartlashtiriladigan narsa (mahsulot, jarayon, xizmat) tushuniladi.
Uyg’unlashtirilgan standartlar (ekvivalent standartlar): Bir va ayni shu obhektga tegishli bo’lgan va standartlashtirish bilan shug’ullanuvchi turli idoralar tomonidan tasdiqlangan standartlar bo’lib, ular mahsulotlar, jarayonlar va xizmatlarning o’zaro almashuvini, ushbu standartlarga muvofiq takdim etiladigan axborot yoki sinovlar natijalarining o’zaro tushunilishini tahminlaydi.
Mintaqaviy standartlashtirish deganda dunyo miqyosida birgina jug’rofiy yoki iqtisodiy mintaqaga qarashli mamlakatlarning tegishli idoralari uchun erkin holda ishtirok etishlari mumkin bo’lgan standartlashtirish tushuniladi.
Milliy standartlashtirish - bu muayyan bir mamlakat doirasida o’tkaziladigan standartlashtirish faoliyatidir.

Standartlashtirishning asosiy tamoyillari.


Standartlashtirish boyicha umumiy maqsad - bu mahsulot sifati, protsesslar va xizmatlar boyicha Davlat va istehmolchilarning qiziqishlarini qimoyalashdir.
Standartlashtirishning ushbu umumiy maqsadidan kelib chiqqan holda uning asosiy tamoyillarini keltiramiz:
1. Sistemalik va komplekslilik. Komplekslilik – bu murakkab sistemadagi barcha elementlarning muvofiqligidir.
2. Dinamiklik va standartlashtirishning o’suvchanligi. Standartlar fan va texnikadagi yuz berayotgan o’zgarishlarga «adaptatsiya», yahni moslashishi kerak. Standartlashtirish boyicha xalqaro tashkiloti «ISO»ning standartlari o’suvchandir.
3. Standartlashtirishning samaradorligi – bu normativ hujjat qo’llanilganda iqtisodiy yoki ijtimoiy samara berishidir, yahni standartlashtirishga sarflangan bir so’mning o’n so’m foyda keltirishidir.
4.Standartlarni ishlab chiqishning ustivorligi bu ustivorlik tovar va xizmatlarning o’zaro muvofiqligi, almashuvchanligi va xavfsizligini tahminlashdir.
5. Uyg’unlashtirish tamoyili - bu xalqaro savdoda to’siq bo’lmaydigan uyg’unlashgan standartlarni ishlab chiqishdir.
6. Afzallik tamoyili. Bu tamoyil afzalroq sonlar qatoridan foydalanishga asoslangan bo’lib, ulardan buyum, uskunalarning nomenklaturasini kamaytirishda foydaniladi.

E’tiboringiz uchun raxmat


Download 7.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling