Стандартлаштириш, сертификатлаштириш тўҒрисидаги қонунларнинг истеъмолчилар ҳУҚУҚларини ҳимоя қилишдаги роли
«Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to`g`risida»gi Qonunning iste`molchilar huquqlarini himoya qilishdagi roli
Download 57.5 Kb.
|
1 2
Bog'liqStandartlashtirish, sertifikatlashtirish to`g`risidagi qonunlarning iste`molchilar huquqlarini himoya qilishdagi roli
«Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to`g`risida»gi Qonunning iste`molchilar huquqlarini himoya qilishdagi roli
O`zbekiston Respublikasining «Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to`g`risida»gi Qonuni 1993 yil 28 dekabrda qabul qilindi. Bu qonun 4 ta bobdan tashkil topgan bo`lib 23 ta moddani qamrab oladi. Bugungi kunda Respublikamizda sertifikatlashtirish milliy tizimi joriy qilingan bo`lib, faoliyat ko`rsatmoqda. Mazkur qonunga binoan mahsulotlarni sertifikatlashtirish deganda – mahsulotlarning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlashga doir faoliyat tushuniladi. Muvofiqlik sertifikati degan so`zni ko`p eshitamiz. Bu nima o`zi? Muvofiqlik sertifikati – sertifikatlangan mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash uchun sertifikatlashtirish tizimi qoidalariga binoan berilgan hujjatdir. Iste`molchilar uchun tovar (ish, xizmat)larning xavfsiz bo`lishini ta`minlash vositalaridan eng ishonchlisi – bu tovarlarni markirovkalash va sertifikatlash hisoblanadi. Sertifikatlashtirishning maqsad va vazifalari Qonunda quyidagicha keltirilgan: a) odamlarning hayoti, sog`ligi, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki hamda atrof muhit uchun xavfli bo`lgan mahsulotlar realizatsiya qilinishini nazorat etib borish; b) mahsulotlarning jahon bozorida raqobat qila olishini ta`minlash; v) mamlakat korxonalari, qo`shma korxonalar va tadbirkorlar halqaro miqyosdagi iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy hamkorlikda va xalqaro-savdo-sotiqda ishtirok etishlari uchun sharoit yaratish; g) iste`molchini tayyorlovchining (sotuvchining, ijrochining) vijdonsizligidan himoya qilish; d) mahsulot tayyorlovchisi ta`kidlagan sifat ko`rsatkichlarini tasdiqlash maqsadlarida amalga oshiriladi. Foydalanilgan adabiyotlar: O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. Asosiy Qonun. T.: O`zbekiston, 1992, 45-бет. Iste`molchilarning huquqlarini himoya qilish to`g`risidagi Qonun. Karimov I.A. O`zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo`lmaydi. T.: O`zbekiston, 2005. O`zbekiston Respublikasi «Iste`molchilarning huquqlarini himoya qilish to`g`risida»gi qonuniga sharh. T.: «O`zbekiston» nashriyot matbaa ijodiy uyi, 2005, 288 б. «Standartlashtirish to`g`risida»gi 1993 yil 28 dekabrda qabul qilingan Qonun. «Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to`g`risida»gi 1993 yil 28 dekabrda qabul qilingan Qonun. «Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi to`g`risida»gi 1997 yil 30 avgustda qabul qilingan Qonun. «Fuqarolar sog`ligini saqlash to`g`risida»gi 1996 yil 29 avgustda qabul qilingan Qonun. «Davlat sanitariya nazorati to`g`risida»gi 1997 yil 3 iyulda qabul qilingan Qonun. «Dori vositalari va farmotsevtika faoliyati to`g`risida»gi 1997 yil 25 aprelda qabul qilingan Qonun. «Bank va bank faoliyati to`g`risida»gi 1996 yil 25 aprelda qabul qiligan Qonun. «Shahar yo`lovchilar transporti to`g`risida»gi 1997 yil 25 aprelda qabul qilingan Qonun. «Pochta aloqalari to`g`risida»gi 2005 yil 31 avgustda qabul qilingan Qonuni Download 57.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling