Стандартлаштириш ва ўзаро алмашинувчанлик
Funksional o‘zaro almashinuvchanlik
Download 486.5 Kb.
|
Kompleks standartlashtirish va o‘zaro almashuvchanlik
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Joizliklar va o‘tqazishlar to‘g‘risida asosiy tushunchalar
Funksional o‘zaro almashinuvchanlik
Foydalanish mobaynida buyumlarning o‘z funksional vazifalarini yoki foydalanish ko‘rsatkichlarini optimal ravishda, sifatli bajarishini ta’minlaydigan o‘zaro almashinuvchanlik funksional o‘zaro almashinuvchanlik deyiladi. Mashinalar va buyumlarning foydalanish ko‘rsatkichlariga ta’sir etadigan geometrik, elektr, mexaniqaviy ko‘rsatkichlar funksional ko‘rsatkichlarga kiradi. Masalan, silindr va porshen orasidagi tirqish (funksional parametr) dvigatel quvvat (foydalanish ko‘rsatkich) iga juda katta ta’sir etadi. Elektrodvigatel rotorining aylanish chastotasi (foydalanish ko‘rsatkichi) ga rotor va stator orasidagi tirqish (funksional parametr) ta’sir etishini matematik formula bilan isbotlangani ma’lum. Funksional o‘zaro almashinuvchanlikni mashinani loyihasini ishlab chiqilayotgan paytdan boshlab amalga oshirish kerak: foydalanish ko‘rsatkichlarining nominal qiymatlari aniqlanib, ruxsat etilgan og‘ishlar topiladi; foydalanish ko‘rsatkichlariga birinchi navbatda ta’sir etadigan asosiy uzellar va detallar aniqlanadi; ushbu detallar va uzellar uchun shunday materiallar va ishlab chiqarish texnologiyasi tanlanadiki, natijada ularning ishonchliligi va ishlashi vaqti optimal bo‘lishiga erishiladi; so‘ngra funksional parametrlar aniqlanib ularga optimal og‘ishlar belgilanadi. Funksional o‘zaro almashinuvchanlikda kinematik parametrlar (detallar, uzellarning harakat qonunlari) ham o‘zaro almashinuvchan bo‘lishi shart. Mahsulotlarning o‘zaro almashinuvchanligini ta’minlashda joizliklar va o‘tqazishlarning yagona tizimi muhim rol uynaydi. 4. Joizliklar va o‘tqazishlar to‘g‘risida asosiy tushunchalar Har qanday mashina ayrim detal va uzellardan iborat. Biri ikkinchisiga kiradigan ikki detal birikmasida qamrovchi va qamraluvchi sirtlar mavjud. 2-rasm. Silliq silindrsimon va yassi sirtli detallardan tashkil topgan birikmalarning sxemalari. Silindrsimon birikmalarda (2 – rasm, a) qamrovchi sirt teshik deb, qamraluvchi sirt val deb ataladi. Atamalarni shartli ravishda qamrovchi va qamraluvchi yassi sirtli detal birikmalarga nisbatan ham ishlatiladi (2 – rasm, b). Og‘ishlarning hisoblash boshi bo‘lib xizmat qiladigan va chakka o‘lchamlar unga nisbatan aniqlanadigan, joizlik qiymatlari ko‘rsatilmagan o‘lchamga nominal o‘lcham deyiladi. Teshik nominal o‘lchami D harfi bilan, val nominal o‘lchami d bilan belgilanadi. Detal va tutashmaning nominal o‘lchami quyidagicha aniqlanadi: detallar mustahkamlikka hisoblanadi va aniqlangan qiymatlarni GOST 6636-69 bo‘yicha yaxlitlanadi. O‘lchamlarni yirik gradatsiyali qatorlardan tanlash maqbul (R10 qatoriga ko‘ra R5 qatori, R20 qatoriga ko‘ra R10 qatori, R40 qatoriga ko‘ra R20 qatori afzalroqdir). Joiz xatolik bilan o‘lchash natijasida aniqlangan o‘lchamga haqiqiy o‘lcham deyiladi. Haqiqiy o‘lcham ruxsat etilgan eng katta (Dmax, dmax) va eng kichik chakka o‘lchamlar (Dmin, dmin) oralig‘ida yoki ularga teng bo‘lishi mumkin. Detalning xaqiqiy va nominal o‘lchamlari o‘rtasidagi algebraik ayirma haqiqiy og‘ish deyiladi. Eng katta chakka va nominal o‘lchamlar o‘rtasidagi ayirma yuqori og‘ish deyiladi. Valning yuqori og‘ishi es, teshikniki ES harflari bilan belgilanadi. Eng kichik chakka va nominal o‘lchamlar o‘rtasidagi ayirmaga quyi og‘ish deyiladi. Val quyi og‘ishi ei, teshikniki - EI harflari bilan belgilanadi (3 – rasm, a). 3- rasm. Silliq silindrsimon birikma detallarining joizlik maydonlari joylashish sxemalari. Ruxsat etilgan eng katta va eng kichik chakka o‘lchamlar o‘rtasidagi ayirmaga joizlik deb ataladi. Valning joizligi Td bilan, teshikniki – TD bilan belgilanadi. Chizmada detalning joizlik maydoni to‘g‘ri burchak shaklda tasvirlanadi (3- rasm, b). Musbat qiymatli chakka og‘ishlar ixtiyoriy masshtabda nol chizig‘ining yuqorisida, manfiy qiymatlisi nol chizig‘idan quyida qo‘yiladi. Nominal va chakka o‘lchamlar, teshik hamda vallarning joizliklari o‘rtalaridagi bog‘lanishlar quyidagi formulalar bilan ifodalanadi: Download 486.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling