Stanford language center
Tavakkalchiliklar tahlili
Download 46.29 Kb.
|
Loyiha Mahmudjon (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moliyaviy reja
- NPV = CF1/(1+r) + CF2/(1+r)² + … + CFn/(1+r)ⁿ - Io
Tavakkalchiliklar tahlili
Tavakkalchilik-bu muqarrar tanlov vaziyatidagi noaniqliklarni bartaraf etish bilan bog’liq jarayonda ko’zlangan natijalarga erishish omadsizlik va maqsaddan chekinish ehtimolini miqdor va sifat jihatdan baholash imkoniyati mavjud holdagi faoliyatidir. Tadbirkorlik subyekti faoliyati bilan bog`liq tavakkalchilik turlarini mohiyati va kelib сhiqish xususiyatlariga ko`ra quyidagicha turkumlash mumkin: 1. Tabiiy jarayonlar bilan bog`liq tavakkalchilik; 2. Ishlab сhiqarish faoliyatiga oid tavakkalchilik; 3. Mahsulotlarni tashish va saqlash jarayoni bilan bog`liq tavakkalchilik; 4. Tijorat faoliyatiga oid tavakkalchilik; 5. Moliyaviy faoliyatga oid tavakkalchilik; 6. Siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy xaraktyerdagi tavakkalchilik. Hozirgi vaqtda bizning loyihamiz uchun asosiy havflardan biri bu albatta xususiy oliy o’quv yurtlari soni o’rtishi deb aytish mumkin . Chunki xaridorlarimiz katta qismi til o’rganishdan maqsadi oliy o’quv yutrlariga kirish ,xususiy oliy o’quv yurtlari ortishi bu tilga bo’lgan talabni pasaytirishi mumkin. Buning uchun yo’nalishlarimizni diversifikatsiya qilish lozim deb xisoblayman. Faoliyat turini kengaytirish risklarni pasaytirishi mumkin qo’shimcha yo’nalishlar : logistika va IT yo’nalishlarini qo’shish rejamizda bor. Moliyaviy reja Loyihani moliyaviy tahlil qilish bir necha ko‘rinishga ega bo‘lib, loyiha turiga qarab, ikki yoki undan ko‘proq turdagi moliyaviy tahlil amalga oshirilishi mumkin. Moliyaviy tahlil quyidagi turlarni o‘z ichiga oladi: 1. Moliyaviy rentabellilik tahlili. 2. Moliyalashtirishga ehtiyoj va uning maqbul variantini tahlili.Buning uchun o‘z mablag‘lari va kredit mablag‘larining salmog‘i vashartlari tahlil qilinadi. 3. Loyihani ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning moliyaviy tahlili. 4. Xarajatlarning qoplanishining tahlili. 5.Loyihaning moliyaviy barqarorligini tahlili Moliyaviy tahlilning yuqorida sanab o‘tilgan turlari loyhaning masshtabiga, xarakteriga va maqsadiga bog‘liq holda qo‘llanadi. Shuningdek loyihaning moliyaviy jihatdan maqsadga muvofiqligi qanday nuqtayi nazardan turib ko‘rib chiqilayotganligiga ham bog‘liq. Loyihani moliyalashtirishda avvalo korxonalar maksimal darajada o‘z mablag‘larini kiritishlari maqsadga muvofiq. Albatta bu qarorga chuqur tahlil asosida kelish lozim. Moliyaviy rejaning ko’rinishi: Muddati bo’yicha Qisqa muddatli (bir oy, chorak, yil uchun) operativ faoliyatni qanday olib borishni ko'rsatadi; O'rta muddatli (3-5 yil) global maqsadlarni amalga oshirishni ta'minlaydi; Uzoq muddatli (10 yil) - kompaniya rivojlanishining ma'lum bir bosqichini strategik rejalashtirish.
Yuqoridagi jadvalda o’zgaruvchan va o’zgarmas xarajatlar xisob kitobi keltirilgan. Oʻzgaruvchi xarajatlar (ingliz til. Variable cost VC) ishlab chiqariladigan tovar miqdorining oshishiga yoki kamayishiga taʼsir qiladi va ishlab chiqarish hajmi oʻzgarishiga bogʻliqlikda oʻzgaradi. Unga xom ashyo, material, yonilgʻi-transport xizmati, ishchilar ish haqi va shu kabilarga qilinadigan sarflar kiradi Korxona foydalanadigan koʻplab resurslar miqdori, yaʼni jonli mehnat, xom-ashyo, yonilgʻi va energiya sarflari tovar hajmining oʻzgarishiga tez va oson taʼsir qiladi. Boshqa resurslar sarfi taʼsirida tovar hajmi oʻzgarishi uchun uzoq vaqt talab qilinadi. Masalan, ogʻir sanoat tarmoqlarining ishlab chiqarish quvvatlari ancha uzoq vaqt oraligʻida mahsulot miqdori oʻzgarishiga taʼsir qilishi mumkin. Demak, ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olishga vaqt omili, yaʼni xarajat qilingandan pirovard natija olinguncha oʻtgan davr sezilarli taʼsir koʻrsatadi. Ishlab chiqarish hajmining oʻzgarishiga (qisqarishi yoki ortishi) bogʻliq boʻlmagan tovarlarning hajmiga taʼsir etmaydigan xarajatlar oʻzgarmas(doimiy) harajatlar deyiladi. Oʻzgarmas(doimiy) (ingliz til. Fixed cost FC) ishlab chiqarish hajmiga bogʻliq boʻlmaydi, uning oʻsishiga ham bevosita taʼsir etmaydi va ishlab chiqarishning har qanday, hatto nolinchi hajmida ham mavjud boʻladi. Bunga korxonaning toʻlov majburiyatlari (zayomlar boʻyicha foiz va boshqa), soliqlar, amortizatsiya ajratmalari, ijara haqi, qoʻriqlash xizmatiga toʻlov, uskunalarga xizmat koʻrsatish sarflari, boshqaruv xodimlari maoshi va shu kabilar kiradi. Korxona foydalanadigan koʻplab resurslar miqdori, yaʼni jonli mehnat, xom-ashyo, yonilgʻi va energiya sarflari tovar hajmining oʻzgarishiga tez va oson taʼsir qiladi. Boshqa resurslar sarfi taʼsirida tovar hajmi oʻzgarishi uchun uzoq vaqt talab qilinadi. Masalan, ogʻir sanoat tarmoqlarining ishlab chiqarish quvvatlari ancha uzoq vaqt oraligʻida mahsulot miqdori oʻzgarishiga taʼsir qilishi mumkin. Demak, ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olishga vaqt omili, yaʼni xarajat qilingandan pirovard natija olinguncha oʻtgan davr sezilarli taʼsir koʻrsatadi.
Ushbu jadvalda yillik xisob kitoblar keltirilgan , CF1= 23 725 000 soʻm, CF2=294600000 so’mni tashkil qilmoqda , I= 89000000 , R= 20% deb olingan Investitsion loyihalarni moliyaviy-iqtisodiy baxolashni asosiy usullariga quyidagilar kiritiladi. Diskont usullar : NPV – sof joriy qiymat PI- loyihaning rentabelligi IRR- ichki foyda me’yori NPV = CF1/(1+r) + CF2/(1+r)² + … + CFn/(1+r)ⁿ - Io CF – pul tushumlari , R-diskont stavka va I – Investitsiya NPV = Download 46.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling