Podshipniklarni tanlashni dinamik yuk ko’tarishi bo’yicha amalga oshiramiz. Podshipniklar uchun
shart bajarilishi kerak, bu yerda dinamik yuk ko’tarishning talab qilingan miqdori, daN; S – tanlangan podshipnikning katolog jadvallarida ko’rsatilgan dinamik yuk ko’tarishi, daN.
Dinamik yuk ko’tarishining talab qilingan kattaliginiquyidagi formula bo’yicha aniqlaymiz
,
bu yerda podshipnikka keltirilgan yuk, ; –podshipnik halqasining aylanish chastotasi, ayl/min; – podshipnikning umrboqiyligi, soatda; (metall kesish stanoklari uchun soat); – kontakt toliqish egri chizig’i shaklidan bog’liq koeffitsiyent (sharikli podshipniklar uchun ).
Radial podshipniklar uchun keltirilgan yuk
bu yerda – mos ravishda podshipnikka ta’sir etuvchi radial va o’qiy yuklar (eng ko’p yuklangan val III uchun
), radial va o’qiy yuklar koeffitsiyenti
ish bo’yicha ); - aylanish koeffitsiyenti (ich.ki halqaning aylanishida ); – xavfsizlik koeffitsiyenti, ish bo’yicha ); – temperatura koeffitsiyenti ish bo’yicha 1000 C haroratgacha ).
Yukning va koeffitsiyentlarning ko’rsatilgan qiymatlari uchun
quyidagiga ega bo’lamiz
Val III uchun dastlab sharikli radial podshipnik 208 tanlangan (dich=40 mm; Dtash=80 mm), ular uchun katolog bo„yicha S=2510
shartning bajarilishi natijasida tanlangan podshipnikni qoldiramiz.
FREZALASH STANOGI BOSH HARAKATI YURITMASI UCHUN QAYTA ULASH DISKINI QURISHGA
MISOL
Qayta ulash diskini qurishni shpindelning o’n ikkita aylanishlar chastotasini ta’minlovchi uchta qo’zg’aluvchi bloklar shesternyalari bo’lgan tezliklar qutisi misolida ko’ramiz.Qurishni qulaylashtirish uchun qo’zg’aluvchan bloklar kinematik sxemada “a”, “b”, va “c” harflari bilan belgilangan. Shpindelning o„n ikkita aylanishlar chastotasini ketma-ket olishga mos keluvchi blok holatlari jadvalini tuzamiz va uchtalik blok “a” ni qayta ulash sxemasini chizamiz
Qayta ulovchi diskni qurishda uning diametri, reykali shesternyaning geometrik parametrlari va ularning o’zaro joylashishi, ular joylashgan reyka-shtang va aylanalarning diametrlarini prototip bo’yicha olamiz.
Diskda o’n ikkita (aylanishlar chastotasi soni bo’yicha) teng joylashgan nur olamiz va ularni soat strelkasiga qarshi n1 dan n12 gacha belgilab chiqamiz. Bunda birinchi nurni “a” shesternyalar bloki shtangasi I markazi orqali o’tkazamiz. Blok “b” va “c” shtangasi markazining holatini diskda mos ravishda belgilar 1` , 2` va 1``, 2`` bilan belgilaymiz.
Quyidagi rasmdan ko’rish mumkinki, shtanglar 1, 1`` va 2`` markazlari nurlarning mos aylanalar bilan kesishish joyida yotadi va shtanglar 2, 2`` va 1` markazlari o’sha aylanalarda, lekin nurlar orasi o’rtasida yotadi. 1,2 shtanglar uchun burchak qadam 1,5α ga teng. 1`, 2` va 1``, 2`` shtangalar uchun 2,5α ga teng (bu yerda α=2𝝅/z; z – aylanishlar chastotasi soni).
Shuni ham aytish kerakki, shtang burchak qadamini α burchak yarmiga karraligi shuning uchun ham kerakki, har bir shtang juftiga mos keluvchi diskdagi teshik bir-biri bilan mos kelmasligi kerak. Diametri d va D bo„lgan bu teshiklarga shesternyalar blokini qayta ulashda reyka- shtanglarning uchi kiradi.
Ko’rsatilgan shtanglar markazlari uchun diametri d va D teshiklarning joylashishini “a”, “b”, va “c” bloklarning n1 aylanishlar chastotasiga mos keladigan holatidan va uchtalik blok “a” na qayta ulash sxemasidan kelib chiqib aniqlaymiz
Do'stlaringiz bilan baham: |