Reja kirish birinchi va ikkinchi tartibli chiziqli yuklangan oddiy differensial tenglamalar uchun masalalar


Download 0.94 Mb.
bet1/6
Sana06.04.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1333816
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
rustam 6




REJA
KIRISH
Birinchi va ikkinchi tartibli chiziqli yuklangan oddiy differensial tenglamalar uchun masalalar
1.1-§. Birinchi tartibli chiziqli yuklangan oddiy differensial tenglama uchun Koshi masalasi
1.2-§. Yuklangan Bernulli tenglamasi uchun integral shartli masala
O‘ng tomoni noma’lum bo‘lgan birinchi va ikkinchi tartibli chiziqli oddiy differensial tenglama uchun masalalar
2.1-§. Birinchi tartibli chiziqli differensial tenglama uchun ikki nuqtali va ko‘p nuqtali chegaraviy masala
2.2-§. O‘ng tomoni noma’lum bo‘lgan birinchi tartibli chiziqli oddiy differensial tenglama uchun nolokal masalalar
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
KIRISH
Respublikamizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarda ilm fanning yutuqlardan foydalanish nazarda tutilgandir. Oliygohda ta’lim olayotgan barcha yoshlar asosiy e`tiborni fan asoslarini egallashga qaratmog‘i kerak. Hozirgi kunda taraqqiyotimizning yangi bosqichida mamlakatimizda Matematika fanini Oliy taʼlim muassasalarida o‘qitishga katta eʼtibor qaratilmoqda. Bunga sabab jahon bo‘ylab yuz berayotgan global o‘zgarishlar barcha fanlar singari aniq fanlarni ilmiy jihatdan yangi bosqichga olib chiqishga bo‘lgan intilishning natijasidir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Joriy yilda Matematika, Matematika-biologiya, geologiya kabi yo‘nalishlarda fundamental va amaliy tadqiqotlar faollashtirilib, olimlarga barcha shart-sharoitlar yaratib beriladi. Shuningdek, ilm-fan sohasida fundamental va innovatsion tadqiqotlar uchun maqsadli grant mablag‘larini ajratish mexanizmini tubdan qayta ko‘rib chiqish kerak” – deb, taʼkidlagani ahamiyatlidir.
“O‘zbekiston Respublikasida Oliy Taʼlimni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy taʼlimni modernizatsiya qilish, ilg‘or taʼlim texnologiyalariga asoslangan holda” rivojlantirish maqsad qilib qo‘yildi. Bu boradagi ishlar 2022 yil 28yanvardagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning “2022—2026-yillarga mo‘ljallangan yangi o‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60 sonli Prezident Farmonidan keyin yangi bosqichga ko‘tarildi.
O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ta’lim sohasidagi islohotlar o‘ziga xos jamiyati hayotini yangilashda muhim o‘rin tutadi.
Jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-madaniy taraqqiyotining asosi bugungi kunda ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan yoshlarning bilim darajasi va egallagan ko‘nikmalariga bog‘liq.
Yosh avlodga ta’lim berish jarayonini samarali tashkil etish, ularga ilmiy bilimlarni berish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish ustivor yo‘nalishlardan biri sifatida e’tirof etilgan. Bu ta’lim sohasining yuksak darajada rivojlanishinigina kafolati bo‘lmay balki xalq xo‘jaligini malakali yetuk kadrlar bilan ta’minlash imkonini ham beradi.
Oliy ta’limda ta’lim olayotgan iqtidorli o‘quvchilarni maqsadli tayyorlash va ularning noyob iste’dodini ro‘yobga chiqarish jarayonida zamonaviy pedagogik va axborot texnalogiyalarni joriy etish zarurati paydo bo‘ladi. Oliy ta’lim talabalariga, birinchi navbatda iqtidorli, yuksak iste’dod sohiblariga, bilimning tegishli sohalari va fanning aniq yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z tabiiy qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlantirish, o‘zlaridagi noyob iste’dodni ro‘yobga chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Ushbu yo‘nalishlarda dunyoning turli mamlakatlari mutaxassislari kabi respublikamiz mutaxassislari ham samarali izlanishlar olib bormoqda. Ular tomonidan turli tavsiyalar, maxsus psixologik, pedagogik testlar, iqtidorli o‘quvchilarni maqsadli tayyorlashga mo‘ljallangan maxsus o‘quv dasturlari va progressiv pedagogik texnologiyalar, o‘quv ijodiy, tarbiyaviy muammolar yechimlari ishlab chiqilmoqda.



Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling