«старость и настоящее время: текущая ситуация, тенденции развития и предстоящие проблемы»


“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”


Download 4.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/201
Sana15.11.2023
Hajmi4.8 Mb.
#1777178
TuriСборник
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   201
Bog'liq
Конференция 13-oktyabr 2022

“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar” 
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
112
sekinlashdi
38
. Shu bilan birga, dunyoda median yosh (aholini ikki boʻlakka bo‘lgan 
koʻrsatkich) doimiy ravishda oʻsib bormoqda va 1950-yildagi 23,6 va 2000-yildagi 
26,3 ga nisbatan 2020-yilda 31 yoshga yaqinlashmoqda, yana 20 yildan keyin dunyo 
aholisining yarmi 50 yoshdan oshiq bo‘ladi.
Aholining qarishi iqtisodiyotni sekinlashtiradi, yuklanishini oshiradi. Bu taʻsirni 
sogʻlom byudjet-soliq va ijtimoiy siyosat orqali yumshatish mumkin va odamlarning 
iqtisodiy faolligining oʻsib borayotgan davri oʻsishiga qoʻshimcha turtki berishi 
mumkin. Aholining tez qarishi dunyoni , byudjet-soliq, ijtimoiy va migratsiya siyosatini 
qayta koʻrib chiqishga majbur qilmoqda.
Demografik oʻzgarishlar mehnat va kapital bozorlari, tovarlar va xizmatlar, ijtimoiy 
taʻminot va sogʻliqni saqlash hamda pensiya tizimiga sezilarli iqtisodiy va ijtimoiy 
taʻsir koʻrsatadi. Mehnatga layoqatli aholining kamayib borishi natijasi mehnat 
unumdorligi va yalpi jamgʻarmalarning pasayishi boʻlib, bu investitsiyalar, talab 
va iqtisodiy oʻsishning sekinlashishini bildiradi. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot 
tashkiloti (IHTT) maʼlumotlariga koʻra amaldagi byudjet va pensiya tizimini 
saqlab qolgan holda, aholining jadal qarishi jahon yalpi ichki mahsulotini (YaIM) 
2015-yildagi 4 foizdan 2050-yilga kelib qariyb 2 foizgacha sekinlashtiradi. Bu vaqtga 
kelib ishlayotgan aholining har 100 nafariga 65 dan ortiq kishilar ulushi yoshi (keksa 
yoshdagi qaramlik nisbati) rivojlangan mamlakatlarda ikki baravar koʻpayadi, shuning 
uchun pensiya tizimi, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy himoya qoʻshimcha resurslarni 
talab qiladi, shu bilan birga ishlaydigan xodimlar soni, va shuning uchun sugʻurta 
mukofotlarini hisoblash bazasi kamayadi. Bu davlat byudjeti zimmasiga katta yukni 
yaratadi, pensiya va byudjet-soliq siyosatda oʻzgarishlar boʻlmagan taqdirda davlat 
qarzi hajmini 2050-yilga kelib iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda yalpi ichki 
mahsulotga nisbatan oʻrtacha 180 foizga va rivojlanayotgan mamlakatlarda yalpi ichki 
mahsulotga nisbatan 130 foizga oshirishi mumkin. 
Qarishning yana bir muhim oqibati bor, faol “qarigan” iqtisodiyotda tugʻilishning 
pasayishi yalpi talabning vaqtincha qisqarishiga olib keladi va deflyatsiya (narx 
darajasini pasaytirish; inflyatsiyaga qarama-qarshi jarayon) bosimini keltirib chiqaradi. 
Bu pul-kredit siyosati samaradorligini pasaytiradi, chunki xalqaro valyuta fondi (XVF) 
keksalar guruhining yalpi talabi foiz stavkalarining oʻzgarishiga nisbatan sezgir emas, 
deb topdi. Shu bilan birga, uzoq muddatli istiqbolda tugʻilish darajasining pasayishi 
mehnat bozorida taklifni kamaytiradi, bu esa tovarlar bozorida taklifning qisqarishiga 
olib keladi. Ammo sof isteʻmolchilar (pensionerlar) ulushining oshishi, sof tejamkorlar 
(yoshlar) ulushi kamayganda, tovarlar bozorida ortiqcha talabni keltirib chiqaradi, bu 
esa, oʻz navbatida, keyinchalik inflyatsiyani tezlashtiishi mumkin. 
38




Download 4.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling