«старость и настоящее время: текущая ситуация, тенденции развития и предстоящие проблемы»


“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”


Download 4.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/201
Sana15.11.2023
Hajmi4.8 Mb.
#1777178
TuriСборник
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   201
Bog'liq
Конференция 13-oktyabr 2022

“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar” 
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
113
1-jadval
O‘zbekiston Respublikasi aholisining yosh tarkibi bo‘yicha taqsimlanishi
Ko‘rsat-
kichlar
Yillar
2018
2019
2020
2021
2022
Jami
32 656 660
33 255 538
33 905 242 34 558 891 35 271 296
0-4
3 464 843
3 551 727
3 646 961
3 756 106 3 932 322
5-9
3 178 295
3 202 432
3 257 918
3 341 346 3 432 468
10-14
2 700 965
2 845 758
2 965 397
3 078 367 3 153 693
15-19
2 593 034
2 557 146
2 558 977
2 569 705 2 616 235
20-24
3 097 952
2 985 366
2 890 718
2 758 841 2 644 952
25-29
3 182 833
3 203 107
3 212 525
3 218 218 3 156 976
30-34
2 892 770
2 987 338
3 037 479
3 081 371 3 130 619
35-39
2 310 372
2 395 355
2 492 190
2 617 689 2 747 566
40-44
1 997 532
2 034 563
2 097 705
2 151 240 2 205 007
45-49
1 776 544
1 820 234
1 871 234
1 910 995 1 949 075
50-54
1 581 980
1 593 966
1 595 991
1 622 297 1 671 457
55-59
1 451 398
1 486 620
1 515 650
1 528 091 1 527 503
60-64
978 738
1 067 433
1 148 734
1 226 095 1 298 018
65-69
617 471
670 718
726 291
762 473
820 718
70-74
274 774
310 630
359 506
468 735
503 149
75-79
274 046
249 254
216 230
246 064
247 365
80-84
148 550
156 913
172 456
148 712
161 159
85+
134 563
136 978
139 280
72 546
73 014
Qarishning makroiqtisodiy jarayonlarga taʻsiri. Aholining qarishining 
mamlakatlar iqtisodiy oʻsishiga taʻsirining quyidagi yo‘nalishlarini ajratib koʻrsatish 
mumkin.
Mehnatga layoqatli aholi salmogʻining kamayishi va keksalar salmogʻining ortishi 
- demografik tuzilishning o‘zgarishi oqibatida ishchi kuchiga taklifning qisqarishi 
bo‘ladi; bu esa mehnat unumdorligining pasayishiga va mehnatga layoqatli aholiga 
demografik yuklmaning oshishiga olib keladi.
Aholida keksa odamlarning ulushi oshgani sayin jami jamgʻarmalar kamayishi 
mumkin, bu esa investitsiyalar uchun mablagʻlarni va demak, iqtisodiy oʻsish 


“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar” 
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
114
surʻatlarini kamaytiradi. Buning sababi, keksa odamlar mehnatga layoqatli yoshdagi 
odamlarga qaraganda jamgʻarishga kamroq moyildirlar.
Bunda isteʻmol, isteʻmol xarajatlarining qisqarishi modelining o‘zgarishi bo‘lib 
o‘tadi, bu esa tovar va xizmatlar narxlari va inflyatsiya surʻatlariga taʻsir qiladi. XVF 
hisob- kitoblariga koʻra
39
, aholining qarishi yalpi talabning pasayishi deflyatsion bosim 
(tovarlar va xizmatlar narxlarining umumiy darajasining pasayishi) bilan birga keladi
shu bilan birga, pul-kredit siyosati samarasiz boʻladi.
Pensiya tizimi, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy himoya xarajatlari ortib bormoqda, bu 
esa sugʻurta bazasini hisoblash bazasining qisqarishi bilan birga mamlakat byudjetiga 
sezilarli yuklamani keltirib chiqaradi, shu jumladan, bu vaqt bo‘yicha byudjet uzilishini 
shakllantirgan holda davlat qarzini YaIM ga nisbatining va byudjet beqarorligini 
oshishiga olib keladi. IHTT hisob-kitoblariga koʻra
40
, aholining qarishi siyosatida 
oʻzgarishlar boʻlmasa, davlat qarzini keyingi 30 yil ichida rivojlangan mamlakatlarda 
YaIMning oʻrtacha 180% ga, rivojlanayotgan mamlakatlarda esa YaIMning 130% ga 
oshirishi mumkin.
Hozirgi vaqtda aholining qarishi nafaqat iqtisodiy oqibatlarga olib keladigan 
demografik jarayon, balki turli sohalarda, jumladan, isteʻmol, turmush tarzi va 
turmush sifati, turmush darajasi, taʻlim, iqtisodiy rivojlanish kabi sohalarda ham 
yangi imkoniyatlar ochadigan murakkab ijtimoiy hodisa ekanligini ta’kidlash joizdir. 
Hukumatning zakovatli siyosati bilan oʻrtacha umr koʻrish davomiyligini oshirish, 
yaʻni odamlarning iqtisodiy faolligini oshirish iqtisodiy oʻsishning qoʻshimcha 
vositasiga aylanishi mumkin.
Pensiya yoshidan keyin mehnatni davom ettirishni ragʻbatlantirish uchun keksalarni 
o‘qitish va qayta tayyorlashni ragʻbatlantirish va ular uchun mehnat bozorida bandlik 
uchun sharoit yaratish muhim ahamiyatga egadir. Keksa yoshdagi ishchilarni yollagan va 
ushbu xodimlarni oʻqitgan va qayta tayyorlaydigan ish beruvchilarga davlat tomonidan 
soliq imtiyozlari va subsidiyalar berish, shuningdek ish beruvchilar tomonidan 
moslashuvchan ish jadvallarini, shu jumladan toʻliq boʻlmagan ish kunini yaratishni 
oʻz ichiga olishi mumkin. Bu chora-tadbirlarning barchasi pirovard natijada mehnat 
unumdorligini ragʻbatlantirish imkoniyatiga ega boʻlib, ularning oʻsishi iqtisodiy 
oʻsish surʻatlarining oshishini taʻminlaydi. 2019-yil yanvar oyida Yaponiyada boʻlib 
oʻtgan G20 simpoziumi doirasida aholining qarishiga javob sifatida pensiya yoshini 
avtomatik ravishda oʻrtacha umr koʻrish davomiyligini oshirish bilan moslashtirish 
39
https://www.imf.org/en/Publications/WP/Issues/2019/09/20/More-Gray-More-Volatile-Aging-and-Optimal-
Monetary-Policy-48532
40
https://www.oecd-ilibrary.org/economics/fiscal-challenges-and-inclusive-growth-in-ageing



Download 4.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling