“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
115
muhokama qilindi (bu mexanizm Daniya, Niderlandiya, Portugaliya va Finlyandiyada
joriy etilgan). Xalqaro iqtisodiyotda raqobatbardoshlikni va aholi jon boshiga yalpi
ichki mahsulotning yuqori darajasini taʼminlash uchun koʻp kapitalni talab qiladigan,
yuqori bilim talab qiladigan va texnologik intensiv tarmoqlarni rivojlantirish zarur,
chunki aholi qarishi doirasida ishlab chiqarish amaliyotiga mehnatni qo‘shish hissasi
pasayadi.
Tugʻilishning qisqarishi va umr koʻrish davomiyligining ortishi butun dunyo boʻylab
qarishning asosiy omili boʻlsa-da, baʻzi mintaqalarda aholi xalqaro migratsiya tufayli
“yosharmoqda”. Migratsiya oqimi katta boʻlgan mamlakatlarda bu qarish jarayonini
hech boʻlmaganda vaqtincha sekinlashtirishi mumkin, chunki migrantlar mehnatga
layoqatli yoshda boʻlishadilar. Biroq, mamlakatda qolgan migrant muhojirlar oxir-
oqibatda qariydilar, shuning uchun, agar malakali ishchilar mamlakatga kelib, soliqlar,
jumladan, sugʻurta badallarini toʻlasa, migratsiya iqtisodiy vaziyatni yaxshilashi
mumkin. Kelajakda, “valyuta” va “savdo” urushlariga oʻxshab, dunyoda yosh avlod
uchun migratsiya urushlari paydo boʻlishi mumkin (buning peshqadamlari allaqachon
tez “qarigan” Boltiqboʻyi mamlakatlarida paydo boʻlmoqda). Ushbu muammoni
hal qilish uchun yoshlarning immigratsiyasiga sharoit yaratish va mamlakatdan
emigratsiyaga qarshi kurashish uchun keskin choralar koʻrish kerak.
Yevropa Ittifoqi tajribasi shuni koʻrsatadiki, aholining yoshi oʻtgan sari hayotning
yuqori sifatini taʻminlaydigan samarali institutlarga talab ortib boradi. Jamiyatning
qarishi bilan birga, keksa avlod tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga taʻsir kuchayadi,
shuning uchun yosh avlodning jamiyatdagi rolini oshirish, qarorlar qabul qilish va
jamiyatning qadriyatli manzarasini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga
oshirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Aholining qarishi iqtisodiy oʻsish, davlat byudjeti va moliyaviy bozorlarga taʻsir
qiladi. Siyosiy va institutsional sharoitlarb innovatsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish
uchun qulay boʻlgan mamlakatlar “kumush iqtisodiyot”dan foydalanishlari mumkin
boʻladi.
Deyarli barcha mamlakatlar, ham rivojlangan, ham rivojlanayotgan mamlakatlar
maʻlum darajada oʻsib borayotgan keksa aholiga duch kelishmoqda. Ushbu vazifalar
quyidagilarga taalluqlidir:
Do'stlaringiz bilan baham: |