«старость и настоящее время: текущая ситуация, тенденции развития и предстоящие проблемы»


Download 4.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/201
Sana15.11.2023
Hajmi4.8 Mb.
#1777178
TuriСборник
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   201
Bog'liq
Конференция 13-oktyabr 2022

– iqtisodiy oʻsish va farovonlik: aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki 
mahsulotning oʻsishi mehnatga layoqatli fuqarolar ulushining qisqarishi bilan va 
buning natijasida umumiy ishlab chiqarish va investitsiyalar hajmining pasayishi 
hisobiga sekinlashadi;
– pensiyalarni moliyalashtirish: keksalar ulushining oshishi pensiyaga 
byudjet xarajatlarini oshirishni yoki soliqlarni oshirishni talab qiladi; foiz stavkalari 


“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar” 
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
116
pasayganligi sababli pensiya jamgʻarmasi tizimlari ham samarasiz boʻlib bormoqda, 
bu ham aholining qarishi bilan bogʻliq - keksalar biror iqtisodiy sohaga sarmoya 
kiritishga kamroq moyil boʻladilar;
– sogʻliqni saqlash: uzoq umr, shuningdek, yuqori kasallanish va nogironlikni 
anglatadi; nafaqat hayot, balki sogʻlom hayot davomiyligini oshirish uchun tibbiyotga 
investitsiyalar kiritish kerak boʻladi;
– ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash: moliyalashtirishning etishmasligi tufayli 
qashshoqlik faqatgina keksalarga ta’sir etmaydi; hozir yosh boʻlganlar ham kattaroq 
tengsizliklarga va keyinchalik qashshoqlik xavfiga duch kelishi mumkin, chunki 
ularning kutilayotgan pensiyagacha umr koʻrish davomiyligi uzoqroqdir;
– mehnat bozori: oʻrtacha umr koʻrish davomiyligini oshirish va pensiya yoshini 
oshirish keksa odamlarning bandligini oshiradi, bu keksalar uchun malaka oshirish 
dasturlarini va ularning sogʻligʻiga mos keladigan ish oʻrinlarini yaratish yoki 
moslashtirishni talab qiladi.
Aholining qarishi nafaqat xavf-xatarlarni, balki keksalar ehtiyojlarini qondiradigan 
va salomatlikni saqlaydigan, shuningdek, ishchi kuchi еtishmasligi muammosini hal 
qiladigan texnologiyalarni ishlab chiqish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi, deb yozadi 
IHHT. Siyosiy sharoitlar innovatsiyalar va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlaydigan 
mamlakatlar “kumush iqtisod”dan foyda olish uchun eng yaxshi holatda boʻladi.
2015-yilda dunyoda keksalarning eng yuqori ulushiga ega Yaponiyada 20-64 
yoshdagi 100 kishiga 65 va undan katta yoshdagilardan deyarli 50 kishi toʻgʻri keldi; 
qirq yil ichida koʻpchilik Yevropa mamlakatlarida, shuningdek, Rossiya, Braziliyada 
bir xil va undan ham koʻproq boʻladi. Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti boʻyicha oʻrtacha 
har 100 mehnatga layoqatli aholiga 65 yoshdan oshgan deyarli 60 kishi toʻgʻri keladi. 
G20 davlatlarining aksariyatida 2060-yilga kelib mehnatga layoqatli yoshdagi har 100 
kishiga 65 yoshdan oshganlar soni kamida ikki baravar, 80 yoshdan oshganlar soni 
esa 3 barobar ortadi.
Aholining qarishi oʻnlab yillar davomida mehnat samaradorligini pasayishiga olib 
kelishi mumkin. Bu taʻsir uchta asosiy kanal orqali namoyon boʻladi: keksalarning 
koʻnikmalari, ayniqsa, raqamlashtirish davrida tezda eskirmoqda; keksa odamlar odatda 
kam samarali va tadbirkor; keksalar ulushining oʻsishi isteʻmol usullarini, masalan, 
shaxsiy parvarish kabi oddiyroq (va unumdorligi past) xizmatlarga oʻzgartirmoqda. 
Biroq, bularning barchasi, agar davom etayotgan oʻzgarishlarga toʻgʻri javob beridsa, 
muammo emas.
Salomatlikni yaxshilash qarishning samaradorlikka taʻsirini bartaraf etishi mumkin, 
qariyalarning tajribasi va bilimlari koʻproq muntazam operatsiyalarda unumdorlikning 



Download 4.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling