“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
124
M.Yuldashev,
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mas’ul xodimi
KEKSALARGA HURMAT – INSONIY BURCH
Annotatsiya. Maqolada mamlakatimizda azaldan keksalarga va qariyalarga qaratilgan e’tibor,
hurmat va ehtirom holatlari milliy hamda diniy qadriyat darajasiga yetgani yoritilgan.
Kalit so‘zlar: keksalik, keksalarni ulug‘lash, keksalarni hurmat qilish, din, milliy qadriyat,
odob-ahloq.
Аннотация. В статье поясняется, что в нашей стране внимание и уважение к пожилым
людям достигли уровня национальной и религиозной ценности.
Ключевые слова: старость, прославление пожилых людей, уважение к старшим, религия,
национальные ценности, нравственность.
Annotation. The article explains that in our country attention and respect for the elderly have
reached the level of national and religious values.
Key words: old age, glorification of the elderly, respect for elders, religion, national values,
morality.
Keksalarni qadrlash asrlar davomida xalqimiz qoniga singib ketgan milliy,
diniy
va umuminsoniy qadriyatlarimiz hisoblanadi.
Davlatimiz doimiy ravishda keksalarga katta e’tibor qaratib, ularni ham ma’nan,
ham moddiy qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. 2017-yili Haj mavsumida yurtboshimiz
tashabbuslari bilan 100 nafarga yaqin Ikkinchi jahon urushi
qatnashchilarini muborak
Haj safariga imtiyozli yuborish bilan taqdirladilar.
Islom dinining go‘zal odob-axloqlaridan biri kishilarni doimo
bir-birlariga yaxshilik qilishga buyuradi. Xususan, go‘daklar,
ayollar va keksalar kabi
kishilarga e’tiborni yanada ko‘proq qaratishga chaqiradi. Keksa deganda uzoq yashab
katta yoshga еtgan kishilar ko‘zda tutiladi. Masalan: keksa odam, keksa ayol gohida
qariya ham deyiladi. Alloh taolo o‘z hikmati bilan har kimga turli muddatli umr beradi.
Ba’zilar yoshligida vafot etsa ba’zilar uzoq umr ko‘radilar.
Keksalik yoshiga еtgan kishilar boshqalarning yordamiga muhtoj bo‘ladilar.
Qur’oni karimning Yosin surasida Alloh taolo marhamat qiladiki:
Do'stlaringiz bilan baham: