«старость и настоящее время: текущая ситуация, тенденции развития и предстоящие проблемы»


“Kichiklarimizga rahm-shafqatda, kattalarimizga hurmat-izzatda bo‘lmagan


Download 4.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/201
Sana15.11.2023
Hajmi4.8 Mb.
#1777178
TuriСборник
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   201
Bog'liq
Конференция 13-oktyabr 2022

 
“Kichiklarimizga rahm-shafqatda, kattalarimizga hurmat-izzatda bo‘lmagan 
kishi bizdan emasdir” deganlar (Imom Abu Dovud va Termiziy rivoyati). 
Ya’ni yoshi ulug‘ kishilarni hurmat qilish musulmonlik belgisi bo‘lib, nafaqat bizning 
dinimizda, balki samoviy dinlarda ham ta’kidlangan. Masalan: Muso (alayhissalom) 
Madyan qishlog‘iga borganlarida u еrdagi quduq oldida bir to‘da odamlar chorvalarini 
sug‘orayotganlarini ko‘radilar. Chekkaroqda esa ikkita ayol o‘z chorvalarini sug‘ormay 
turardi. Shunda Muso (alayhissalom) u ayollardan nima uchun sug‘orishga aynan ular 
kelganliklarini so‘raydilar. Shunda ayollar oilada keksayib qolgan otalardan boshqa 
hech qanday erkak yo‘qligini, Bu yеrdagi erkaklar sug‘orib bo‘lganlaridan keyingina 
sug‘orishlarini aytadilar. Shundan so‘ng Muso (alayhissalom) ayollarga chorvalarini 
sug‘orib beradilar. Ular bo‘lgan voqeani otalariga aytib berishgach, u kishi Muso 
(alayhissalomni) huzuriga chaqirib tashakkur bildiradilar. Ushbu voqeaning yana 
bir e’tiborli tomoni shundaki, o‘z navbatida Muso (alayhissalom) ham u kishiga 
o‘zlarining bu diyorlarga qanday sabablar bilan kelib qolganlarini aytib, undan 
maslahat so‘raydilar.
Payg‘ambarimiz (s.a.v) keksalarni hurmat qilishda o‘zlari ibrat bo‘lganlar. Masalan: 
Makka shahrida sahobalar bilan birga turgan paytlarida bir keksa ayol qo‘lida og‘ir 


“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar” 
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
126
yuk bilan ketayotgan edi. Shunda Rasululloh (s.a.v) darhol borib qo‘lidagi og‘ir 
yukini ko‘tarib ayolning uyiga yеtkazib qo‘yganliklari, keksa ayolni esa o‘z navbatda 
minnatdorchik bildirib, haqiga duo qilganliklarini eslaymiz. Hazrati Ali (k.v) ham yoshi 
ulug‘ boshqa bir din vakilini hurmat qilib u kishidan oldin yurib ketishlikni o‘ziga 
lozim topmadi. Bunda albatta bag‘rikenglik va keksalarga hurmatni bilib olamiz.
Yana bir hadis sharifda Rasulluloh (s.a.v) shunday deganlar:

Download 4.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling